File buyruqlari guruhi
Menyuning birinchi File (Fayl) buyrug’i guruhi 7-rasmda berilgan
7-rasm. File buyrug’i guruhi
Bu menyu buyruqlari fayllar bilan ishlashga mo’ljallangan va qo’yidagi amallarni bajaradi: (New) yangi fayl hosil qilish, forma (oyna) ochish, mavjud fayllarni (Open) ochish, fayllarni saqlash (Save) va (Close) yopish, ilova dastur kodi matnini (Print) chop qilish mumkin.
Edit buyruqlari guruhi. Edit (Muharrir), 8-rasmda ifodalangan.
8-rasm. Edit buyruqlari guruhi
Menyuning bu buyruqlari guruhi tahrir qilish uchun zarur bo’lgan buyruqlardir. Masalan inkor qilish (Undelete) va (Redo) takrorlash, qirqib olish(Cut), nusxa olish (Copy), nusxa olinganni qo’yish (Paste) va o’chirish (Delete) kabi amallarni o’z ichiga olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |