Tezkor tugmalar asosiy menyu bilan yonma-yon joylashgan.
19-rasm.Tezkor tugmalar
Bu tugmalar ko’p ishlatiladigan, tez-tez murojaat qilinadigan bo’lganligi uchun alohida guruhlarga ajratilgan holda kichik piktogrammalar yordamida berilgan. Bu tugmalar asosiy menyuda ham mavjud, ammo vaqtdan yutish uchun ajratib ham qo’yilgan.
Standard (Standart) tugmalar.
Dasturning obyektlarini hosil qilish uchun Standart tugmalardan foydalaniladi. Bu obyektlarga dasturlar, yangi formalar, fayllar, biblioteka lar va hakozolar kirishi mumkin. Yangi obyektni hosil qilish uchun New tugmasini bosamiz. Bunda New Items (20-rasm) muloqot oynasi paydo bo’ladi, bundan ilova tuzish uchun kerakli obyektni tanlaymiz. Bu oynada ko’plab obyektlar ma’lum guruhlarga ajratilgan holda joylashgan.
Bu guruhning boshqa tugmalari faylni saqlash (Save) va ochish (Open) uchun xizmat qiladi. AddFileToProject tugmalari orqali ilovaga fayl qo’shish va RemoveFileFromProject fayl o’chirish imkonini beradi.
20-rasm. New Items muloqot oynasi
Do'stlaringiz bilan baham: |