Debug tugmasi.
Bu guruhdagi tugmalar ilovani ishga tushirish uchun mo’ljallangan. Run (F9) tugmasi ilovani bajarish va ishga tushirish uchun, Pause ilovani vaqtincha to’xtatib turish uchun, TraceInto (F7) va Stepover (F8) ilovani qadamba-qadam bajarish uchun mo’ljallangan.
Custom tugmasi guruhi.
Bu guruhda Help contents tugmasi mavjud bo’lib, muhitning yordam tizimini chaqirish uchun ishlatiladi. Bu tugmalar guruhining joyi qat’iy tayinlanmagan, o’zimiz xoxishimizga qarab asosiy panelning istalgan joyiga joylashtirishimiz mumkin. Buning uchun kursorni tugmalar guruhining chap chekkasiga olib boramiz va sichqonchaning chap tugmasini bosib istalgan joyga joylashtirishimiz mumkin. Agar sichqonchaning o’ng tugmasini bossak 21-rasmdagi kabi menyu paydo bo’ladi.
21-rasm. Tugmalar guruhini o’rnatish
Do'stlaringiz bilan baham: |