11-Mavzu: Dasturlash asoslari. Asosiy savollar
MoveUp buyrug’i orqali Standard dan
Download 485.81 Kb.
|
2 5465462316428429474
- Bu sahifa navigatsiya:
- Object Inspector
- Height va width
MoveUp buyrug’i orqali Standard dan tepaga joylashtiramiz va OK ni bosamiz. Endi System sahifasi Standard, sahifasidan oldin joylashgan bo’ladi. Xuddi shuningdek komplnentalarni MoveUp va MoveDown buyruqlari, joylashish ketma-ketligini o’zgartirish mumkin.
25-rasm. Komponentalar palitrasini o’rnatish oynasi. Yaratilayotgan ilova, ya’ni yangi loyixa ustida ishlash dialog oynasini, ya’ni boshlang‘ich formani qurishdan boshlanadi. Boshlang‘ich forma Form1 formasining hususiyatlarini o‘zgartirish hamda unga extiyojga qarab kerakli komponentalarni (kiritish va chiqarish maydonlar, buyruqli tugmalar) ni o‘rnatish orqali yaratiladi. Formaning hususiyatlari (1-jadval) uning tashqi ko‘rinishi, o‘lchamlari, sarlavha matni hoshiyasining ko‘rinishini belgilaydi. Forma va uning komponentalari hususiyatlari va qiymatlarini o‘zgartirish uchun Object Inspector oynasidan foydalaniladi. Bu oynaning yuqori qismida ob’ektning nomi hamda hususiyatlarining joriy vaqtdagi qiymatlari ko‘rsatiladi. Properties (xususiyati) qistirmasining chap kolonkasida ob’ektning hususiyatlari, o‘ng tomonda esa ularning qiymatlari keltiriladi. Formaning (mform ob’ektining) hususiyatlari 1-jadval
Forma yaratishda birinchi navbatda caption (sarlavha) xususiyatining qiymatini o‘zgartirish lozim. Bizning misolimizda "Form1" matning "yugurish tezligi" bilan almashtirish kerak. Buning uchun Object Inspector oynasida sichqoncha tugmasini Caption satrida chertamiz. Natijada hususiyatning joriy qiymati ajratib ko‘rsatiladi va shu satrda kursor paydo bo‘ladi. SHundan keyin "YUgurish tezligi" matnini kiritish mumkin. (12-rasm). Xuddi shu usul bilan formaning kengligi va balandligini aniqlovchi Height va width hususiyatlarni o‘zgartirish mumkin. Formaning o‘lchamlari, uning holati hamda boshqa boshqaruv elementlarining o‘lchamlari va ularning forma sirtidagi holatlari piksellarda (ekrandagi nuqtalar) beriladi. Height va width hususiyatlarini mos ravishda 250 va 330 qilib belgilang. Hususiyat qiymatini qiymatni kiritish orqali o‘zgartirish Forma — bu oddiy oynadir. SHuning uchun uning o‘lchamlarini boshqa oynalar kabi sichqoncha yordamida o‘zgartirish mumkin. Bunda Height va Width hususiyatlarining qiymatlari avtomatik tarzda o‘zgaradi. Dialog oynasining ekrandagi holati formani tashkil qilishdagi holatiga mos keladi. Bu holatni Tor (ekranning yuqori chegarasidan chekinish) va Left (ekranning chap chegarasidan chekinish) hususiyatlarining qiymatlari belgilab beradi. Bu qiymatlarni ham sichqoncha yordamida o‘zgartirish mumkin. Ayrim hususiyatlarni tanlashda, masalan, Borderstyle, hususiyatning joriy qiymatini belgilashda, o‘ng tomonda ochiladigan ro‘yxat taklif qilinadi. Qiymatni ana shu ro‘yxatdan tanlash mumkin.
Ayrim hususiyatlar murakkab hisoblanadi, chunki ularning qiymatlari boshqa hususiyatlarning qiymatlaridan kelib chiqib aniqlanadi. Bunday hususiyatlarning oldida "" nishoni turadi. U chertilsa, aniqlovchi hususiyatlar ro‘yxati taklif qilinadi. Masalan, BorderIcons xususiyati oynalarni boshqarishning qaysi tugmalari bilan dastur ishi davomida ishlash mumkinligini belgilaydi. Agar biMaximize xususiyatiga False qiymati berilsa, dasturning ishlashi jarayonida Razvernut tugmasi oyna sarlavhasida ko‘rinmaydi. Ayrim hususiyatlarning yonida uch nuqtali tugma joylashgan. Bu hususiyat qiymatini aniqlashda yangi dialog oynasidan foydalanish mumkinligini anglatadi. Masalan, Font murakkab xususiyatining qiymatini belgilashda shrift tanlashning standart oynasidan foydalanish mumkin. 2 - jadvalda yaratilayotgan formaning o‘zgartiriladigan hususiyatlari keltirilgan. O‘zgarmaydigan hususiyatlar bu jadvalga kiritilmagan.
Download 485.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling