11-MAVZU. DINAMIKANI STATISTUK O’RGANISH USULLARI
Amamliy mashg’ulot savollari
Dinamika qatorlarini qayta ishlash zaruriyatini asoslang va uning qanday usullari mavjud?
2. Dinamika qatorlari ko‘rsatkichlarining bir-biriga bog‘liqligi asosida jadvalni to’ldiring.
1–jadval
Yillar
|
Mln m
|
Zanjirli dinamika ko‘rsatkichlari
|
Mutloq qo‘shimcha o‘sish,
mln. m
|
O‘sish darajasi, %
|
Qo‘shimcha o‘sish darajasi, %
|
1 % qo‘shimcha o‘sishning mutloq mohiyati, mln. m
|
2010
|
95,2
|
|
|
|
|
2011
|
|
4,8
|
|
|
|
2012
|
|
|
104,0
|
|
|
2013
|
|
|
|
5,8
|
|
2014
|
|
|
|
|
|
2015
|
|
7,0
|
|
|
1,15
|
3. Agar korxona mahsulotlari bazis davrda 54 mln. so‘mdan 61 mln. so‘mgacha oshsa, hisobot davrida barcha asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati 6 %ga oshganda va barcha fondlar qiymatida jihozlar ulushi 10 %ga oshirilganda, hisobot davrida quyidagilar hisobiga qo‘shimcha olingan mahsulot (mutloq o‘zgarishi) hajmini aniqlang: a) asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmining o‘zgarishi b) asosiy ishlab chiqarish fondlari tarkibida jihozlar ulushini oshirish v) yaxshi jihozlardan foydalanish (fond qaytimdorligi).
4. Sanoat korxonasining ish haqi fondi to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan:
1–jadval
Yillar
|
Ish haqi fondi, mln. so‘m
|
2016
|
3220
|
2017
|
3500
|
2018
|
3680
|
2019
|
3830
|
2020
|
3940
|
Aniqlansin:
1) 5 yil uchun ish haqi fondining o‘rtacha yillik o‘sish va qo‘shimcha o‘sish sur’atlari
2) dinamik qatorning o‘rtacha darajasi va ish haqi fondining yillik o‘rtacha mutloq qo‘shimcha o‘sishi.
3) Vaqt o‘tishi bilan ish haqi fondi ko‘rsatkichlarini o‘zgarishini, trendning chiziqli tenglamasini hosil qiling.
Testlar
Dinamika qatorlarning o‘ziga xos xususiyati:
barcha belgilar tarkibini ifodalaydi
makondagi ayrim o‘zgarishlarni ifodalaydi
barcha hodisalarni vaqt bo‘yicha o‘zgarishini ifodalaydi
makondagi barcha o‘zgarishlarni ifodalaydi
Dinamika qator darajasi – bu:
to‘plamda belgi variatsiyasining ahamiyati
ko‘rsatkichlarning aniq vaqt yoki momentdagi o‘lchovi
to‘plamdagi ayrim hodisalarning o‘zgarishi
ko‘rsatkichlarning ma’lum davrdagi o‘lchovi
Davriy dinamika qatorlarida qatorning o‘rtacha darajasi qanday aniqlanadi:
o‘rtacha arifmetik
o‘rtacha garmonik
o‘rtacha geometrik
o‘rtacha xronologik
Momentli qatorda o‘rtacha darajani aniqlash qanday hollarda qo‘llaniladi:
sanalar orasida teng oraliqli darajada
barcha hodisalarni vaqt bo‘yicha o‘zgarishda
sanalar orasida teng bo‘lmagan oraliqli darajada
to‘plamdagi ayrim hodisalarning teng oraliqli o‘zgarishida
Agar dinamika qatorining yonma-yon darajasi teng bo‘lsa, bu ko‘rsatkich:
baholi
zanjirsimon
mavsumiy
bazisli
Agar dinamika qatorining barcha darajalari bir va bir necha darajalarga teng bo‘lsa, bu ko‘rsatkich:
baholi
mavsumiy
zanjirsimon
bazisli
Mutloq o‘sish qanday aniqlanadi:
qator darajalarining yig‘indisi bo‘yicha
qator darajalarining munosabati bo‘yicha
qator darajalarining bir xilligi bo‘yicha
qator darajalarining har xilligi bo‘yicha
O‘sish darajasi qanday aniqlanadi:
darajalarning bir xilligi bo‘yicha
darajalarning munosabati bo‘yicha
darajalarning ko‘paytmasi bo‘yicha
darajalarining har xilligi bo‘yicha
Asosiy tendensiyani aniqlash uchun qaysi usul keng tarqalgan:
intervalni yiriklashtirish usuli
sirg‘anchiq o‘rtacha usuli
analitik tekislash usuli
Fure qatori
Mavsumiylik indeksini u yoki bu oyning haqiqiy darajasini quyidagiga nisbati shaklida hisoblash mumkin:
bir yil uchun o‘rtacha oylik darajasi
joriy oy uchun tenglik darajasi
bir yil uchun o‘rtacha tenglik darajasi
bir yil uchun o‘rtacha oylik tenglik darajasi
Dinamika qatorlari deganda:
ijtimoiy hodisalarning vaqt ichida o‘zgarishi tushuniladi
ijtimoiy hodisalarning vaqt ichida o‘zgarishini ta’riflovchi ko‘rsatkichlar qatori tushuniladi
ijtimoiy hodisalarning makon ichida o‘zgarishi tushuniladi
ijtimoiy hodisalarning makon ichida o‘zgarishini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar o‘rtachasi tushuniladi.
Ilgarilash koeffitsienti deyilganda bir xil davr uchun hisoblangan ikkita dinamika qatoridagi bazisli o‘sish sur’atlarining:
ko‘paytmasi tushuniladi
nisbati tushuniladi
yig‘indisi tushuniladi
ayirmasi tushuniladi
Dinamika qatorlarida boshlang‘ich davr:
bazis davr deb yuritiladi
joriy davr deb yuritiladi
rejalashtiriladigan davr deb yuritiladi
joriy-rejalashtiriladigan davr deb yuritiladi
Sirg‘anchiq o‘rtacha darajalarni hisoblash usulining mohiyati shundaki, dinamika qatorlaridagi haqiqiy darajalar:
sirg‘anchiq o‘rtacha miqdorlar bilan almashtiriladi
sirg‘anchiq mutlaq miqdorlar bilan almashtiriladi
sirg‘anchiq nisbiy miqdorlar bilan almashtiriladi
o‘rtacha mutloq miqdorlar bilan almashtiriladi
Momentli dinamika qatorlarida o‘rtacha mutlaq daraja:
o‘rtacha arifmetik ko‘rinishdagi formula yordamida hisoblanadi
o‘rtacha xronologik formula yordamida hisoblanadi
o‘rtacha garmonik formula yordamida hisoblanadi
o‘rtacha kvadratik formula yordamida hisoblanadi
Qo‘shimcha o‘sish yoki kamayish sur’ati:
qator darajalari orasidagi tafovut bilan aniqlanadi
o‘sish va kamayish sur’atidan 100ni ayirish yo‘li bilan aniqlanadi
mutlaq qo‘shimcha o‘sishni bazis davr deb qabul qilingan davr darajasiga nisbatan bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi
qator darajalarini bir-biriga qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi
Davriy dinamik qatorlar darajalarini:
qo‘shish mumkin emas
qo‘shish mumkin
ko‘paytirish mumkin
ayrish mumkin
O‘rtacha o‘sish (kamayish) sur’ati:
o‘rtacha geometrik formula yordamida aniqlanadi
o‘rtacha arifmetik formula yordamida aniqlanadi
o‘rtacha garmonik formula yordamida aniqlanadi
o‘rtacha kvadratik formula yordamida aniqlanadi
Bir foiz qo‘shimcha o‘sish (kamayish)ning mutlaq mohiyatini hisoblash uchun quyida qayd etilgan formulaning qaysi biri qo‘llaniladi:
.
O‘rganilayotgan hodisadagi umumiy qonuniyatlarni aniqlash maqsadida empirik qatorlar quyidagi usullarda qayta ishlanadi:
qatorlarni yagona asosga keltirish va ularni ulash
davrlar oraligini kengaytirish
sirg‘anchiq o‘rtacha darajalarni hisoblash
noto‘g‘ri javob yo‘q
Do'stlaringiz bilan baham: |