11-mavzu: Fuqarolik huquqida shaxslar
Yuridik shaxslarning turlari
Download 145.36 Kb.
|
11-маъруза
Yuridik shaxslarning turlari
Yuridik shaxslarning turlari jamiyatda mavjud bo‘lgan mulk shakllariga bevosita bog‘liqdir. Ma’lumki, O‘zbekiston Respubli-kasida mulk xususiy mulk va ommaviy mulk shakllarida bo‘lib, yuridik shaxslar ham o‘z navbatida davlatga tegishli va xususiy (nodavlat) yuridik shaxslar ko‘rinishidadir. FKning 40-moddasida aytilganidek, foyda olishni o‘z fao-liyatining maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki foyda olishni ana shunday maqsad qilib olmagan tashkilot (tijoratchi bo‘lmagan tashkilot) yuridik shaxs bo‘lishi mumkin. Tijoratchi bo‘lgan yuridik shaxslar jumlasiga xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari, ishlab chiqarish kooperativlari hamda unitar korxonalar kiradi. Tijoratchi bo‘lmagan yuridik shaxslar jumlasiga jamoat bir-lashmalari, jamoat fondlari va mulkdor tomonidan moliyaviy ta’minlab turiladigan muassasalar kiradi. Tijoratchi bo‘lmagan tashkilotlar o‘z ustavida belgilangan maqsadlarga mos keladigan doiralarda tadbirkorlik faoliyatlari bilan ham shug‘ullana oladi. Nodavlat, notijorat tashkilotlar-ning davlat va jamiyat hayotidagi ahamiyatidan kelib chiqib, 1999 yil 14 aprelda O‘zbekiston Respublikasining Nodavlat notijorat tashkilotlar to‘g‘risidagi qonuni qabul qilindi va amalga kiritildi. FKning 77-moddasiga ko‘ra yuridik shaxslar o‘zlarining fao-liyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek mushtarak manfaatlari-ni ifoda etish hamda himoya etish maqsadida uyushmalar (ittifoq) shaklida birlashmalar tuzishlari mumkin. Uyushma yuridik shaxs hisoblanib, uning a’zolari o‘z mustaqilliklarini va yuridik shaxs huquqlarini saqlab qoladilar. Uyushma o‘z a’zolarining majburiyat-lari bo‘yicha uyushmaning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda va tartibda subsidiar javobgar bo‘ladi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ham yuridik shaxs sifatida fuqarolik-huquqiy munosabatlarning qatnashchila-ridir (FKning 78-moddasi). Umuman, yuridik shaxslar o‘z faoliyatlarida Fuqarolik kodek-si normalariga, soha qonunlariga shuningdek ustavlari va boshqa ta’sis hujjatlariga asoslangan holda ish olib boradilar. Download 145.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling