11-mavzu: Fuqarolik huquqida shaxslar


Yuridik shaxslarning tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlariga bo‘lgan huquq


Download 145.36 Kb.
bet21/21
Sana28.01.2023
Hajmi145.36 Kb.
#1134814
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
11-маъруза

Yuridik shaxslarning tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlariga bo‘lgan huquq
O‘zbekiston Respublikasida tovarlar ishlab chiqaradigan, xizmatlar ko‘rsatadigan va xo‘jalik-tijorat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan hamda fuqarolik muomalasida qatnashadigan har bir yuridik shaxs o‘zigagina xos tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisiga ega bo‘ladi. Bu belgilar bir yuridik shaxsning tovarlari va xizmatlarini o‘zga yuridik shaxslarning turdosh tovarlari va xizmatlaridan farqlash uchun xizmat qiladigan belgilardir.
Tovar belgisi sifatida so‘zlar, tasvirlar, qabariq va boshqa belgilar yoki ularning jamlama ifodasi ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi talabnoma yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan shaxsan yoki patent ido-rasida ro‘yxatga olingan patent vakili orqali berilishi mumkin.
Jamoat manfaatlariga, insoniylik va ahloq qoidalariga zid bo‘lgan belgilar tovar belgisi yoki tovar belgisining qismi sifa-tida ro‘yxatdan o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tovar belgisining egasi ushbu belgidan foydalanishda va uni tasarruf etishda, shu jumladan undan o‘zga shaxslar foydalanishiga ruxsat berish yoki ta’qiqlab qo‘yishda mutlaq huquqqa egadir.
Tovar belgisidan qonunga zid ravishda foydalangan yuridik va jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari tovar belgi-larini boshqa davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazish yoki xalqaro miqyosda ro‘yxatdan o‘tkazish huquqiga ega.
Chet el yuridik shaxslari xalqaro shartnomalarga yoki o‘zaro hamkorlik asosida tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunida nazarda tutilgan huquqlardan O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari bilan bab-baravar foydalanidalar. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida O‘zbekiston Respublikasi tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari to‘g‘risidagi qonundan farq qiluvchi o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari to‘g‘risidagi qonunning qo‘llanilishi bilan bog‘liq nizolar tegishli sudlar tomonidan, O‘zbekiston Respublikasining protsessual qonunlarida belgilangan tartibda qarab chiqiladi.
Har bir mamlakat, mintaqa, ma’lum bir hudud o‘z iqlimi, havosi, tuproq tarkibi, o‘simlik va hayvonot dunyosi va boshqa tabiiy sharoitlari bilan o‘ziga xosdir. Ba’zan bu o‘ziga xoslik o‘sha hudud doirasida ishlab chiqariladigan tovarlar, bajariladigan ishlar, ko‘rsatiladigan xizmatni o‘ziga xos alohida sifat belgilariga ega bo‘lishini ta’minlaydi. Boshqa joydagi aynan o‘shanday ishlab chiqilgan tovarlar, bajariladigan ishlar yoki ko‘rsatiladigan xizmatlar o‘shanday sifatga, belgilarga ega bo‘lmaydi. Binobarin, ma’lum geografik hududning tabiiy sharoitlari yoki boshqa omillar (asosan o‘sha joyda yashovchilarning kasbikor malakasi, mahorati) bilan uzviy bog‘liq ravishda tayyorlangan tovarlar boshqa joyda tayyorlangan aynan shunday tovarlarga nisbatan xaridorgir, yuqori sifatli, alohida xususiyati, raqobatbardoshli hisoblanadi. Bozorda ushbu tovar tayyorlangan joyning nomi tovarni ma’lum sifati, xususiyatga ega ekanligi haqida o‘ziga xos sertifikat hisoblanadi. Masalan, «Borjomi», «Essentuki», «Toshkent» suvlari, Uchqora mayizi, Urgut tamakisi, Yangiqo‘rg‘on anjiri, Quva anori, va h.k. Ba’zan tovar tayyorlangan joyning tabiiy shart-sharoitlari emas, balki o‘sha joyda yashovchi aholini ma’lum bir kasb-hunarga, mahsulot tayyorlashga bo‘lgan alohida mahorati, malakasi ushbu tovarning sifatini belgilashda alohida muhim omil bo‘lishi ham mumkin, masalan, Chust pichog‘i, Samarqand noni, Xiva gilami va h.k.
Tovar chiqarilgan (tayyorlangan) joy nomi sifatida mamlakat nomi ishlatilishi (Braziliya kofesi, Eron gilami, Gruziya choyi), aholi punkti yoki mintaqaviy hudud nomi (Toshkent suvi, Chust pichog‘i) umuman qandaydir geografik ob’ekt nomi (masalan, Tyan-Shan suvi) qo‘llanilishi mumkin. Bunday maqsadlarda o‘sha geografik ob’ekt tarixiy nomi ishlatilishi mumkin (Shampan sharobi, Kogor sharobi va h.k.) Bunda eng asosiysi o‘sha joyda ishlab chiqarilgan tovarni yuqori sifati, alohida belgilarga ega ekanligi va xuddi shu holat tovarlar bozorida, xaridorlar orasida ma’lum ahamiyatga ega ekanligidir.
Tovarlarni kelib chiqish mamlakatlarini aniqlash qoidalari 1988 yil 8 aprelda Adliya Vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan.
Tovar kelib chiqqan joy nomi O‘zbekiston Respublikasi Patent idorasi ro‘yxatidan o‘tkazdiriladi. Bunda asos bo‘lib FK 1108-moddasining ikkinchi qismida belgilangan talablarga ishlab chiqariladigan tovarning javob berishi va ayni o‘shanday tovar ishlab chiqaruvchining o‘sha hudud doirasida faoliyat yuritishi hisoblanadi (masalan, Surxondaryoda faoliyat yuritayotgan hunar-mand o‘z mahsulotiga Chust pichog‘i deb bozorda sotishi maqsadga muvofiq emas).
Tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi, bu muddat tugagach uzaytirilishi mumkin.
Download 145.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling