11-mavzu: Fuqarolik huquqida shaxslar


Matlubot kooperativi - yuridik shaxs sifatida


Download 145.36 Kb.
bet17/21
Sana28.01.2023
Hajmi145.36 Kb.
#1134814
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
11-маъруза

Matlubot kooperativi - yuridik shaxs sifatida
Ishtirokchilarning moddiy (mulkiy) ehtiyojlarini qondirish maqsadida fuqarolarning a’zoligiga asoslangan ixtiyoriy birlash-masi matlubot kooperativi hisoblanadi va birlashuv uning a’zolari tomonidan o‘z mulkiy (pay) badallarini qo‘shish yo‘li bilan amalga oshiriladi (FKning 73-moddasi).
Matlubot kooperativi ustavida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: kooperativ a’zolari qo‘shadigan pay badallarining miqdori, kooperativ a’zolari pay badallarining tarkibi va ularning qo‘shish tartibi, badalni qo‘shish majburiyatini buzganlik uchun javobgarlik, kooperativni boshqarish organlarining tarkibi va vakolatlari, ular tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi, shu jumladan qarorlar bir ovozdan yoki ovozning ko‘pchiligi bilan qabul qilinadigan masalalar va shuningdek kooperativ ko‘rgan zararlarni kooperativ a’zolari tomonidan to‘lash tartibi to‘g‘ri-sidagi masalalari ko‘rsatiladi.
Matlubot kooperativining nomidan uning faoliyatini asosiy maqsadi ko‘rsatilishi, shuningdek “kooperativ” so‘zi yoki “matlubot jamiyati” degan so‘zlar bo‘lishi kerak.
Matlubot kooperativining a’zolari uning majburiyatlari bo‘yicha har bir kooperativ a’zosi to‘laydigan qo‘shimcha badalning to‘lanmagan qismi doirasi subsidiar javobgar bo‘ladilar. Bu holda kooperativ a’zolari solidar javob beradilar (FKning 73-moddasi, 5-bandi).
Matlubot kooperativining tijorat faoliyatiga nisbatan Fuqarolik kodeksining tijoratchi tashkilotlar to‘g‘risidagi qoida-lari qo‘llaniladi.
Matlubot kooperativlarining huquqiy mavqei hamda a’zola-rining huquq va burchlari ushbu kodeks, shuningdek, boshqa qonunlar bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Matlubot kooperatsiyasi xalqaro kooperativ alyansida va boshqa xalqaro tashkilotlarda qatnashish mumkin.
Jamoat birlashmalari - yuridik shaxs sifatida
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonun-larida belgilangan huquqlari, erkinliklarini va siyosat, iqtisod, ijtimoiy rivojlanish, fan-madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildi-rish natijasida vujudga keladigan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasidir. Siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, fah-riy va nogironlar uyushmalari, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma’ri-fiy va boshqa ko‘ngilli jamiyatlar, ijodiy uyushmalar, yurtdoshlar birlashmalari, fondlar, assotsiatsiyalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari jamoat birlashmasi deb ataladi.
Yuqorida aytilganidek, faoliyati jamiyatning ahloqiy negiz-lariga zid bo‘lgan, shuningdek konstitutsiyaviy tuzumni g‘ayriqonu-niy o‘zgartirish, O‘zbekiston Respublikasi hududiy birligini buzish, irqiy, diniy, milliy adovatni avj oldirishga urinuvchi jamoat birlashmalari tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. Harbiylashtiril-gan jamoat birlashmalari, uyushmalari, diniy xarakterdagi, teng huquqligi, o‘z-o‘zini boshqarish tamoyillari asosida tuziladi. Jamoat birlashmalari qonunda ko‘rsatilgan miqdordan kam bo‘lma-gan tashabbuskor guruh tomonidan tuziladi. Buning uchun ta’sis qurultoyi yoki umumiy yig‘ilish chaqirib, unda Nizomi va rahbar organlari tasdiqlanadi.
Ustavda quyidagilar ko‘rsatiladi:
1. Jamoat birlashmasining nomi, maqsadi va vazifasi.
2. Jamoat birlashmasining o‘z faoliyatini amalga oshiradigan hudud ichki tuzulishi.
3. Jamoat birlashmasiga qabul qilish shartlari va tartibi.
4. Jamoat birlashmasi a’zolarining huquq va burchlari.
5. Jamoat birlashmasidagi uning tashkilotlari, rahbar organ-larining vakolatlari va ularning tuzish tartibi.
6. Jamoat birlashmasi mablag‘lari va uning vujudga kelish manbalari.
7. Jamoat birlashmasining manzilgohi.
8. Ustavga o‘zgartirishlar kiritish tartibi.
9. Jamoat birlashmasi faoliyatini to‘xtatish tartibi.
Xalqaro jamoat tashkilotlarining, respublika, viloyatlararo birlashmalarning ustavlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazir-ligida ro‘yxatga olinadi. Viloyat, tuman, shahar hududlarining doirasida amal qiluvchi birlashmalar viloyat hokimligi Adliya boshqarmalarida ro‘yxatga olinadi. Jamoat birlashmalari va ularning tashkilotlari ustavi ro‘yxatga olingandan boshlab yuridik shaxs huquqini oladi. Siyosiy partiyalar xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin emas.
O‘z oldiga siyosiy maqsadlarni qo‘ygan jamoat birlashmalari esa xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin, lekin bu haqda ularning ustavlarida ko‘rsatilishi kerak.
Jamoat birlashmalari faoliyati asosan O‘zbekiston Respubli-kasining jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi, Siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi, Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliya-tining kafolatlari to‘g‘risidagi, Nodavlat notijorat tashkilot-lari to‘g‘risidagi qonunlari bilan tartibga solinadi.

Download 145.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling