11-mavzu: Fuqarolik huquqida shaxslar
Jamoat fondi - yuridik shaxs sifatida
Download 145.36 Kb.
|
11-маъруза
Jamoat fondi - yuridik shaxs sifatida
FKning 75-moddasida jamoat fondlarga quyidagicha ta’rif berilgan: fuqarolar va(yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qo‘shish asosida tashkil etilgan, hayriya, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni ko‘zlaydigan, a’zolari bo‘lmagan nodavlat notijorat tashkiloti jamoat fondi hisoblanadi. Jamoat fondiga uning muassislari(muassisi) yoki vasiyat qiluvchi tomonidan o‘tkazilgan mol-mulk fondning mulkidir. Fond muassislari(muassisi) yoki fond vasiyatnoma bo‘yicha tashkil etilganda vasiyatnomani ijro etuvchi fondning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar. Fond esa, o‘z muassislari(muassisi) ning yoki vasiyatnomani ijro etuvchining majburiyatlari uchun javob bermaydi. Jamoat fondining mol-mulkidan o‘z ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish hamda ma’muriy xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi. Jamoat fondi qonun hujjatlariga muvofiq, o‘z ustavida nazarda tutilgan maqsadlarga to‘g‘ri keladigan doirada tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ulla-nishga haqli. Jamoat fondlar tijorat tashkilotlari ustav fondi-dagi(ustav kapitalidagi) ishtiroki qonun hujjatlarida belgilan-gan tartibda amalga oshiriladi. Jamoat fondlari har yili o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobot e’lon qilishi shart. Jamoat fondini boshqarish tartibi va uning organlarini shakllantirish tartibi ustavi bilan belgilanadi. Ijtimoiy fond ustavida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: Jamoat fondining ustavida fondning nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili), jamoat fondi faoliyatini boshqarish tartibi, fond organlarining tuzilishi,vakolatlari va shakllantirilish tartibi, fond organlarining mansabdor shaxslarini tayinlash(saylash) va ularni lavozimidan ozod qilish tartibi, fondning mol-mulkini shakllantirish manbalari, fondning, uning vakolatxonalari hamda filiallarining mol-mulkini boshqarish borasidagi huquq va majburiyatlari, fond vakolatxonalarini ochish va filiallarni tashkil etish tartibi, fondni qayta tashkil etish va tugatish tartibi, fond tugatilganida uning mol-mulkidan foydalanish tartibi, fondning ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi kabi masalalar. Jamoat fondining ustavida fondning belgilangan tartibda rqyxatdan o‘tkazilgan ramziy belgisining tavsifi, shuningdek qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa qoidalar ham bo‘lishi mumkin. Jamoat fondlari asosan, FK va O‘zbekiston Respublikasi-ning Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonuni bilan tartibga solinadi. Ushbu qonunlarning samarasi sifatida bugungi kunda mamlakatimizda yuzlab jamoat fondlar, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarda joylashgan fondlarning filiallari yoki vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda. Download 145.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling