11-mavzu: Fuqarolik huquqida shaxslar
Davlat korxonalari - yuridik shaxs sifatida
Download 145.36 Kb.
|
11-маъруза
Davlat korxonalari - yuridik shaxs sifatida
O‘zbekiston Respublikasi FKning 70-moddasiga muvofiq, uni-tar korxona deb o‘ziga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor tomonidan mulk huquqi berilmagan tijoratchi tashkilotga aytiladi. Bu korxonaning mulki bo‘linmasdir va u qo‘shilgan hissa-lar (ulushlar, paylar) bo‘yicha, shu jumladan korxona xodimlari o‘rtasida ham taqsimlanmaydi. Unitar korxonaning mol-mulki unga xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida tegishli-dir. Unitar korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulk bilan javob beradi. Unitar korxona o‘z mol-mulk egasining majburiyati bo‘yicha javob bermaydi. FKning 71-moddasida belgilanishicha, yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan, xo‘jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona mulkdorning yoki u vakil qilgan organning qaroriga muvofiq tash-kil etiladi. Korxonaning ta’sis hujjati belgilangan tartibda tasdiqlangan ustavidan iborat. Xo‘jalik yuritish huquqiga asoslan-gan unitar korxona o‘z mol-mulkining bir qismini xo‘jalik yuritish uchun belgilangan tartibda topshirish yo‘li bilan yuridik shaxs bo‘lgan boshqa unitar korxona (sho‘ba korxona) tashkil etilishi mumkin. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat organining qaroriga muvofiq davlat mulki bo‘lgan mol-mulk negi-zida operativ boshqarish huquqiga asoslangan davlat unitar korxo-nasi (davlat korxonasi) tashkil etilishi mumkin. Operativ boshqa-ruv huquqiga asoslangan davlat korxonasining firma nomi uning davlat korxonasi ekanligini ko‘rsatib turadi, korxonaning mol-mulki yetarli bo‘lmaganida davlat korxona majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgar bo‘ladi. Davlat korxonasi uni tuzgan davlat organining qaroriga muvofiq qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin (FKning 72-moddasi). Davlat korxonasining asosiy ta’sis hujjati bu - uning usta-vidir. Davlat korxonasi ana shu ustav asosida ish olib boradi. Ustavda quyidagilar belgilanadi: korxonaning nomi, joylashgan yeri, mol-mulki va mablag‘lari, xo‘jalik faoliyati turi, faoliyat predmeti, mohiyatni tashkil qilish, unga haq to‘lash, korxona boshqa-ruvi, hisoboti, korxona faoliyatini qayta tashkil qilish va tuga-tish haqidagi qoidalar. Download 145.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling