11-mavzu: Fuqarolik huquqida shaxslar


Ishlab chiqarish kooperativlari - yuridik shaxs sifatida


Download 145.36 Kb.
bet16/21
Sana28.01.2023
Hajmi145.36 Kb.
#1134814
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
11-маъруза

Ishlab chiqarish kooperativlari - yuridik shaxs sifatida
Fuqarolarning shaxsiy ishtiroki, a’zolarning (ishtirokchi-larning) mulki bilan qo‘shiladigan pay badallarini birlashtirish asosida birgalikda ishlab chiqarish yoki boshqa xo‘jalik faoliyatini olib borish uchun a’zolik negizidagi ixtiyori birlashmasi ishlab chiqarish kooperativi hisoblanadi. Qonunda va ishlab chiqarish kooperativining ta’sis hujjatlarida uning faoliyatida a’zolik asosida yuridik shaxslar ham ishtirok etishi nazarda tutilishi mumkin (FKning 69-moddasi).
Ishlab chiqarish kooperativining a’zolari kooperativning majburiyatlari bo‘yicha qonunda va kooperativ ustavida nazarda tutilgan miqdorlarda va tartibda subsidiar javobgar bo‘ladilar.
Kooperativning firma nomi kooperativ nomini va “ishlab chiqarish kooperativi” degan so‘zlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish kooperativlarining huquqiy mavqei va a’zolari-ning huquqiy burchlari ushbu kodeks hamda boshqa qonunlar bilan belgilanadi. Kooperativ fuqarolar istagi bilan yoki yuridik shaxslarning tashabbusi bilan mutaqo ixtiyorlik asosida tashkil etiladi. Kooperativ a’zolari bo‘lgan fuqaro-larning soni uch kishidan kam bo‘lmasligi kerak.
Kooperativ mustaqil tarzda ham mulkning har qanday shakliga mansub korxonalar, muassasalar, tashkilotlar huzurida ham tashkil etilishi va faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
Kooperativning ustavi kooperativ ta’sis etishni istagan fuqarolarning umumiy yig‘ilishida yoki yuridik shaxslar muxtor vakillarining yig‘ilishida qabul qilinadi va kooperativ joylash-gan yerdagi hokimlikda ro‘yxatda olinadi.
Kooperativning oliy boshqaruv irodasi umumiy yig‘ilishi-konferensiya, s’ezd bo‘lib, ular kooperativ raisini (boshqaruvi-ni), taftish komissiyasini (taftishchini) saylaydi va ularga kooperativni boshqarish bo‘yicha o‘z vakolatlarini topshiradi.
Kooperativning mol-mulki o‘z a’zolarining pul va moddiy badallari, banklarning kreditlari, o‘zi ishlab chiqargan mahsulot-lar, bu mahsulotlarni sotishdan, kooperativ ustavida nazarda tutilgan o‘zga xil faoliyatdan kelgan daromadlar hamda qonunlarda man etilmagan boshqa manbalar hisobiga hosil bo‘ladi.
Kooperativ o‘z faoliyatini quyidagi hollarda tugatadi:
1. Mol-mulk egasining yoki u vakolat bergan organning qarori-ga yoxud sudning hal qiluv qaroriga muvofiq;
2. Agar ro‘yxatga olingandan bir yil o‘tgach ishlab chiqarish, xo‘jalik faoliyatini boshlamasa yoki amalda to‘xtatib qo‘yilgach, daromadlar to‘g‘risidagi dekloratsiyani topshirgan vaqtdan boshlab bir yil davomida faoliyatini boshlamasa;
3. Olti oydan ko‘proq vaqt davomida to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lsa;
4. O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan boshqa hollarda.
Kooperativ tugatilgan taqdirda unga nisbatan haqdorlar va yollanib ishlovchilarning da’volari qondirilgandan keyin qolgan mol-mulki kooperativ a’zolari o‘rtasida ustavda ko‘rsatilgan tartibda taqsimlanadi.

Download 145.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling