11-mavzu: Fuqarolik huquqida shaxslar
Fuqarolarning muomala layoqati
Download 145.36 Kb.
|
11-маъруза
Fuqarolarning muomala layoqati
Muomala layoqati fuqarolarning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlarini olish, amalga oshirish, o‘zlari uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqatidir (FKning 22-moddasi). Muomala layoqatini yuridik harakatlar qilish, ya’ni qonun bo‘yicha ma’lum huquqiy oqibatlar qilish layoqati deb ham ta’riflash mumkin (masalan, shartnomalar tuzish, yetkazilgan zararni to‘lash va hokazolar). Muomala layoqatining huquq layoqatidan farqi shuki, barcha fuqarolar ham muomala layoqatiga ega bo‘lavermaydilar. Muomala layoqatiga ega bo‘lishning sharti shundan iboratki, muomala layoqatiga ega bo‘lgan fuqarolar aqli rasolik bilan o‘z harakatlarining oqibatlarini tushunib harakat qiladilar. Ma’lumki, yangi tug‘ilgan bola to‘liq huquq layoqatiga ega bo‘lsa ham, o‘z harakatlari bilan bironta huquq va majburiyat olmaydi. Ongli harakatlar qilish layoqati faqat ma’lum yoshga yetgandan keyingina boshlanadi. Binobarin, fuqarolik muomala layoqatining fuqaro to‘la hajmda voyaga yetish bilan vujudga kelishini ko‘rsatadi. Voyaga yetish 18 yoshga to‘lish bilan boshlanadi. Bu yoshga yetish bilan kishi fuqarolik huquqiy munosabatlarda, jumladan. Mulkiy munosabat-larda to‘la qatnashuvchigina bo‘lib qolmay, siyosiy huquqlar bilan birga boshqa fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini ham oladi. Qonun voyaga yetish yoshini belgilash bilan bir qatorda, voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdan o‘tgan fuqaro nikohdan o‘tgan vaqtdan e’tiboran to‘la hajmda muomala layoqatiga ega bo‘lishi belgilaydi (FKning 22-moddasi). Voyaga yetgan fuqarolar teng darajada muomalaga layoqatli hisoblanadilar. Fuqarolarning muomala layoqati faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina cheklanishi mumkin. Fuqaroning muomala layoqatini cheklashga qaratilgan bitimlar o‘z-o‘zidan haqiqiy emas (FKning 23-moddasi). To‘la muomala layoqati yuqorida ko‘rsatilganidek, o‘n sakkiz yoshga yetgan fuqarolarga berilgani sababli bu yoshga to‘lmagan shaxslarning huquqiy holatini belgilashda ular ikkiga bo‘linib, ya’ni o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan va o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxslar muomala layoqati o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. O‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bola-lar) to‘la ravishda muomalaga layoqatsiz hisoblanadilar. Olti yoshdan o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1) mayda maishiy bitimlar; 2) tekin manfaat ko‘rishga qaratilgan, notarial guvohlanti-rish yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni talab qilmaydigan bitim-lar; 3) qonuniy vakil yoki uning roziligi bilan uchinchi shaxs tomo-nidan muayyan maqsad yoki erkin tasarruf etish uchun berilgan mab-lag‘larni tasarruf etish borasidagi bitimlarni amalga oshirishga haqlidirlar (FKning 29-moddasi). N.Ashurovaning fikricha, kichik yoshdagi bolalar mustaqil tuza oladigan mayda maishiy bitim deganda, bola yoki uning oila a’zo-larining odatdagi, xar kungi ehtiyojini qondirishga qaratilgan va yuqori bo‘lmagan bahodagi bitim tushuniladi. Bitimning mayda maishiy bitim ekanligini belgilovchi ikki shart mavjud bo‘lishi talab etiladi. Birinchisi, odatdagi, har kungi ehtiyojlarni qondirishga qaratilganligi va ikkinchisi, yuqori bo‘lmagan bahoda bo‘lishi talab etiladi. O‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar uchun bitimlarni ularning nomidan ota-onalari, farzandlikka oluvchilar yoki vasiylari tuzadilar. Birovga yetkazilgan zararlari uchun ham kichik yoshdagi bolalar javobgar bo‘lmaydilar. Ular uchun ota-onalari yoki boshqa nazorat-chilari javobgardir. O‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarning banklarga omonat qo‘yish va ularni tasarruf qilish huquqlari qonun bilan belgilanadi. O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar (o‘smirlar) qisman muomalaga layoqatli bo‘lib, qonuniy vakillari (ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylari)ning roziligi bo‘lgan taqdirda o‘z harakatlari bilan huquq va majburiyatlar olishlari mumkin. O‘smirlar bitimlarni ota-onalari, farzandlikka oluvchilar yoki homiylarining roziligi bilan tuzadilar. Ammo ular mustaqil ravishda o‘zlarining ish haqlari yoki stipendiyalarini tasarruf qilishga, o‘z asarlari, ixtirolariga bo‘lgan mualliflik hamda ixtirochilik huquqlarini, o‘z kashfiyotlariga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirishga, kredit muassasalariga mablag‘lar qo‘yish va ularni tasarruf etishga, shuningdek, mayda maishiy bitimlarni tuzishga haqlidirlar. Ular 16 yoshdan kooperativlarga a’zo bo‘lib kirishlari mumkin. Yetarli asoslar mavjud bo‘lganida sud qonuniy vakillari yoxud vasiylik va homiylik organining iltimosnomasiga ko‘ra o‘smirning o‘z ish haqi yoki stipendiyasini mustaqil tasarruf qilish huquqini cheklashi yoki bu huquqdan mahrum etishi mumkin (FKning 27-moddasi 8-bandi). O‘smirlar boshqa shaxslarga yetkazilgan zararlari uchun FK bilan belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. Ruhiy kasallar va aqli zaiflar to‘la hajmda muomalaga layoqatsiz hisoblanadilar. Ongli harakatlar qilish va o‘z harakatlarining yuridik oqibatlarini hisobga olish layoqati (muomala layoqati)ga, ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli ega bo‘lmagan fuqaro - muomala layoqatiga ega emas deb tanilishi mumkin. Har qanday ruhiy kasallik yoki aqli zaiflik fuqaroni ongli harakatlar qilish va fuqarolik muomalasida qatnashish layoqatidan mahrum qilmaydi. Ruhiy holat buzilishi faktining o‘zigina kishini muomalaga layoqatsiz deb topishga asos bo‘lmaydi. FKda ko‘rsatilishicha, ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni idora qila olmaydigan fuqaro sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilishi mumkin, shu munosabat bilan unga nisbatan vasiylik belgilanadi (FKning 30-moddasi). Ta’kidlash joizki, yuqoridagi asoslarga ko‘ra fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish uchun fuqaro 18 yoshga to‘lgan bo‘lishi zarur. Ruhiy kasalni yoki aqli zaif kishini sud tomonidan tayinlangan psixiator (ruhshunos)larning ishtiroki bilan bo‘ladigan maxsus komissiya tomonidan ko‘rib tekshirish va uning natijalari haqida dalolatnoma tuzish sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topish haqida hal qiluv qarori chiqarish uchun asos bo‘ladi. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan bitimlarni vasiylari tuzadilar. Fuqaroning muomalaga layoqatsiz deb topilishiga sabab bo‘lgan asoslar bekor bo‘lsa, sud uni muomalaga layoqatli deb topadi va belgilangan vasiylikni bekor qiladi (FKning 30-moddasi). Qonun ba’zi hollarda voyaga yetgan fuqarolarning muomala layoqatini cheklash hollarini nazarda tutadi, chunonchi, FKning 31-moddasida ko‘rsatilishicha, spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik vositalarini suiiste’mol qilish natijasida o‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolga solib qo‘yayotgan fuqaroning muomalaga layoqati FPKda belgilangan tartibda sud tomonidan cheklab qo‘ylishi mumkin. Lekin, bularni u mayda maishiy bitimlarni istisno qilganda, bitimlarni homiyning roziligisiz tasarruf eta olmaydi. Agar fuqaro spirtli ichimlik yoki narkotik moddalarni sui-iste’mol qilishni tashlasa, sud uning muomalaga layoqati cheklan-ganligini bekor qiladi. Sud qaroriga asosan unga nisbatan belgilangan homiylik ham bekor qilinadi. Download 145.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling