11. Mavzu. Galen va neogalen preparatlar, tayyor dorivor shakllarni ishlab chiqarishda mehnat gigiyenasi Mashg‘ulotning jixozlanishi
Download 65.01 Kb.
|
амалий 11
Granulalash - kukunga o‘xshash materialni ma’lum hajmdagi donalarga aylantirish. U tabletkalanayotgan aralashmaning qumoqligini yaxshilash va uning qatlamlanib qolishining oldini olish uchun amalga oshiriladi. Granulalashning har xil turlari mavjud: tuyish, bosish va tarkibiy granulalash.
Granulalash mahsus granulyator apparatlarida amalga oshiriladi. Ko‘pincha xo‘l granulalashdan foydalaniladi, bundan so‘ng granulalar quritilishi zarur. U quritish javonlarida 30-40°S xaroratda amalga oshiriladi. Xozirgi paytda infraqizil nurlar, yuqori chastotali toklar va boshqalar yordamida quritishning turli usullaridan foydalanilmoqda. Sifatli presslashni ta’minlash uchun olingan granulyatni maxsus upalovchi apparatda talk, kraxmal, tvin va boshqa sirpanuvchi moddalar bilan upalaydilar. So‘ngra tabletkalash mashinalarida presslash (tabletkalash) amalga oshiriladi. Tabletkalarni olish jarayoni materialni dozalash, presslash va tabletka)ni matritsadan chiqarish hamda uni qabul qiluvchiga tashlashdan iborat. Tabletkalash mashinasining asosiy detallari matritsalar (tabletka uchun silindrli teshiklarga ega po‘lat disk) va puansonlar (presslanadigan massani matritsaga chiqarish uchun xromlangan pulatdan sterjenlar) xisoblanadi. Tabletkalash mashinalari avtomatik ravishda ishlaydi. Trituratsion tabletkalarni presslanganlaridai farqli ravishda namlangan dorivor massani maxsus shaklga ishqalash, keyin uni puanson porshenlar yordamida chiqarish va 400 S ga yaqin haroratda quritish yo‘li bilan oladilar. Bu operatsiyalar maxsus mashinada amalga oshiriladi. Nitroglitserin tabletkalari shu usulda tayyorlanadi. Bu usul boshqa preparatlar uchun ham ishlatiladi. Tabletkalash sexidagi ishning barcha bosqichlarida ishlovchilarga turli dorivor va yordamchi moddalar changi ta’sir ko‘rsatadi. Bu tabletkalash sexining asosiy ishlab chiqarish zararidir. Aralashtirish, granulalash, granulyatni quritish va uni upalash chog‘ida eng katta chang konsentratsiyasi xosil bo‘ladi. Tabletkalash sexining o‘ziga xos jixati havoda aralash changning mavjudligi bo‘lib, bu o‘ta xavflidir, chunki bu changning ayrim komponetlari aralashgan aerozolining umumiy biologik ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Quritish bo‘limidagi yuqori xarorat sababli havoga eng ko‘p chang ajralib chiqadi. Quritilgan mayda dispers chang xavoda uzoq turadi. Ishlayotgan tabletkalash mashinalarining tinimsiz shovqini va yuqori xarorat xam muxitning noqulay ishlab chiqarish omillari xisoblanib, dorivor chang bilan birgalikda bu ta’sir yanada kuchayadi. SHu tariqa kuritish bo‘limida ishlovchilar kimyoviy va fizikaviy omillarni kompleks ta’sirini xis etadilar.
Download 65.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling