11. Mavzu. Galen va neogalen preparatlar, tayyor dorivor shakllarni ishlab chiqarishda mehnat gigiyenasi Mashg‘ulotning jixozlanishi


Amaliy mashg‘ulotda qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalar usuli


Download 65.01 Kb.
bet4/4
Sana09.01.2022
Hajmi65.01 Kb.
#262650
1   2   3   4
Bog'liq
амалий 11

Amaliy mashg‘ulotda qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalar usuli:

«MIYAGA XUJUM » USULI
Bu usulda dastlab o‘qituvchi amaliy mashg‘ulotga tayyorlanib kelgan talabalarni aniqlaydi va o‘qituvchi savol beradi – talaba javob beradi, o‘qituvchi javobga qoniqmasa, navbatdagi talabaga savolni takrorlaydi – javob to‘g‘ri, aniq, bo‘lgunga qadar o‘rtaga tashlangan jumboqli savol takrorlanaveradi.

Masalan: “Galen va neogalen preparatlar, tayyor dorivor shakllarni ishlab chiqarishda mehnat gigiyenasi” mavzusida o‘qituvchi tomonidan 4-5 ta savol (talabalarning tayyorgarligiga qarab) beriladi:

1. Fitopreparatlarni, ya’ni dorivor o‘simliklar xom ashyosini ajratib olish usullari

2. Ampulalarni tayyorlashda ishlab chiqarish sikli

3. Ampulalarni tayyorlash tartibi

4. Nazorat bosqichida olib boriladigan ishlar

5. Tabletkalarni ishlab chiqarishda mehnat gigiyenasi

6. Ishchilar organizmiga ta’sir qiluvchi salbiy omillar

7. Draje ishlab chiqarishda mehnat gigiyenasi

O‘qituvchi guruhdagi har bir talabaning muhokamada ishtirokini kuzatib boradi – talaba 3 ta savolga javob bera olmasa, eng past ball beriladi – amaliy mashg‘ulotning nazariy qismini o‘zlashtirmagan talaba sifatida savol-javoblarda qatnashmaydi, ammo amaliyotni bajarishda ishtirok etadi.

Bu usulning ahamiyatli tomoni shundaki, qisqa vaqt ichida guruxdan ko‘p miqdordagi javob variantlarini olish, talabalar bilimini aniqlash, ulardan kutilmaganda so‘rash oqibatida mashg‘ulotga tayyorgarlik darajasini bilish, xotirada fan bo‘yicha saqlanib qolgan barcha bilimlarni aniqlash imkoni tug‘iladi.

Talabalar tomonidan berilgan barcha javoblar, ma’nosi va mazmunidan qat’iy nazar, muhokama qilinadi. Barcha talabalar o‘z fikrlarini aytadilar, o‘qituvchi tomonidan yuqori kasbiy va pedagogik mahorat bilan yo‘naltirilgan savol-javoblar, bahs-munozarada haqiqat qaror topadi, kuchli nazariy bilim va tayyorgarlikka ega talabaning yuqori ball to‘play olishiga erishiladi, shuningdek tayyorgarligi past talaba ham ko‘plab bilimlarni o‘z xotirasida saqlab qolishiga erishiladi



Testlar

1. Galen va novogalen ishlab chiqarishda nimadan foydalaniladi?

1. mineral moddalardan 2. o‘simliklardan

3. hayvon to‘qimalaridan 4. barcha javoblar to‘g‘ri


2. Fitopreparatlar nimadan olinadi?

1. mineral moddalardan 2. Dorivor o‘simliklardan

3. hayvon to‘qimalaridan 4. barcha javoblar to‘g‘ri
3. fitopreparatlar nechta guruhga bo‘linadi?

1. 2 2. 3 3. 4 4. 6


4 YAngi terib olingan o‘simliklardan qanday preparatlar olinadi?

1. damlama 2. surtma 3. sharbat 4. 1 va 3


5. Quritilgan o‘simliklardan mahsulotidan olinadigan preparatga nimalar kiradi?

1. damlama 2. sharbat 3. ekstrakt 4. 1 va 3


6. Konsentratsiyasiga ko‘ra ekstraksiyaning necha turi mavjud?

1. 2 2. 3 3. 4 4. 6


7. Ampulalar nimadan olinadi?

1. drotdan 2. shisha trubadan 3. plastmassadan 4. 1 va 2


8. Ampulani tayyorlash nechta bosqichdan iborat?

1. 6 2. 8 3. 10 4. 7


9. Tayyor dori preparatlarining kukun yoki aralashmasini presslab tayyorlangan dozalangan qattiq dori shakli bu-?

1. draje 2. tabletka 3. shamcha 4. kapsula


10. Kerakli massaga etkazish maqsadida tabletkaga qo‘shiladigan moddalarni toping

1. agar-agar 2. glyukoza 3. jelatina 4. barcha javoblar
Download 65.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling