11-Mavzu: Gaz-qattiq tizimlarni ajratish uchun apparatlar Reja


Trubali (a) va plastinali elektrodlar


Download 1.41 Mb.
bet3/3
Sana24.11.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1796636
1   2   3
Bog'liq
11 mavzu

Trubali (a) va plastinali elektrodlar
1-«tojli» elektrod; 2-cho‘ktiruvchi trubali elektrod; 3-kuch yo‘nalishlari; 4-cho‘ktiruvchi, plastinali elektrod, 1-changli gaz; P-tozalangan gaz.

Gazli aralashma trubali-elektrod ichiga yoki plastinalar orasiga uzatiladi. Elektrodlardagi yuqori potensiallar farqi va elektr maydonining turli jinsliligi tufayli manfiy elektrod-katod atrofidagi gaz qatlamida anodga qarab yo‘nalgan elektronlar oqimi xosil bo‘ladi. Natijada gaz neytral molekulalarining elektronlar bilan to‘qnashuvi tufayli gaz ionizatsiyaga uchraydi. Ionizatsiya o‘z navbatida gazni musbat va manfiy ionlar ajralishiga olib keladi. Musbat ionlar katod, manfiylari esa katta tezlikda anod tomon xarakat qiladi. Odatda, chang va tuman zarrachalari anodga cho‘kadi va uni cho‘kma qatlami bilan qoplaydi. Elektr maydoni ta’sirida cho‘ktirish tezligi sekundiga bir necha santimetrdan bir necha o‘nlab santimetrgacha oraliqda bo‘ladi. Cho‘ktirish tezligi zarracha o‘lchami va gazning gidravlik qarshiligiga bog‘liq.


Elektr maydonida zarrachalarning cho‘kish tezligini aniqlash uchun jarayon laminar rejimda amalga oshadi deb qabul qilamiz.
Elektr maydoni zaryadlangan zarrachaga F = ne0 Ex (bu erda n - zarracha olgan zaryad; e0 - elementar zaryad kattaligi; Ex - katod o‘qidan x masofadagi elektr maydon potensiali gradienti) kuch bilan ta’sir etadi.



3.36-rasm. Trubali elektrofiltr.
1 - silkituvchi moslama; 2 - izolyator; 3 - rom; 4 - "toj' xosil qiluvchi elektrod; 5 — trubali elektrod - anod; 6 - teshikli panjara; 7 - chang yig’gich.


Trubali elektrofiltrlar. Chang va tutun gazlari qurilmaning pastki qismi bo‘lmish elektrodlar maxkamlangan teshikli panjara (6) tagiga uzatiladi va trubali elektrod (anod)lar ichiga taqsimlanadi (3.36-rasm).
Trubali elektrodlar ichiga "toj" xosil qiluvchi elektrodlar- katodlar o‘rnatilgan. Elektrodlar izolyatorga tayanib turuvchi umumiy romda maxkamlanadi. Elektr maydoni ta’sirida gaz tarkibidagi zarrachalar cho‘kadi. Anodga cho‘kib, qatlam xosil qilgan zarrachalar vaqti-vaqti bilan silkitib turiladi va qurilmaning pastki qismidagi konussimon tubda yig‘iladi. Yig’ilgan chang zarrachalardan iborat cho‘kma pastki shtutserdan to‘kiladi, tozalangan gaz esa - filtrning tepa qismidagi shtutserdan atrof muxitga chiqarib yuboriladi.
Xozirgi kunda, bir nechta ketma - ket ulangan seksiyalardan gaz o‘tadigan seksiyali elektrofiltrlar yaratilgan.
Odatda, trubalar diametri 150-300mm va uzunligi 3-4m qilib yasaladi. Trubalar ichida tortilgan simlar diametri 1,5...2,0 mm.
Gazlarning tozalanish darajasi 99%, ayrim xollarda 99,9% ni tashkil etadi.
Plastinali elektrofiltrlarda anod vazifasini plastinalar, katodni esa - plastinalar orasiga tortilgan simlar bajaradi. Elektrofitrlarda gazlarni tozalanish darajasi, changlarning elektr o‘tkazuvchanligiga bog‘liq.
Agar, zarrachalar elektr tokini yaxshi o‘tkazsa, unda zarrachalar zaryadini bir zumda beradi va elektron zaryadini egallaydi. Bunda, bir - biridan qochish Kulon kuchi xosil bo‘lib, filtrdan gaz bilan zarrachalar uchib ketishga olib keladi va tozalanish darajasini kamayadi.
Agar, zarrachalar elektr tokini yomon o‘tkazsa, unda elektrodda manfiy zaryadlangan zarrachalardan iborat zich qatlam xosil bo‘lib, asosiy elektr maydonga qarshi ta’sir qiladi.
Gaz tarkibidagi zarrachalar konsentratsiyasi yuqori bo‘lganda xam, gazning tozalanish darajasi past bo‘ladi. Chunki, ionlarning zarrachalarda cho‘kishi, olib o‘tilgan zaryadlar sonini kamayishiga sababchi bo‘ladi. Demak tok kuchi xam pasayadi.
Gaz tarkibidagi zarrachalar konsentratsiyasini pasaytirish uchun elektrofiltrdan oldin qo‘shimcha gaz filtrlar o‘rnatiladi.
Plastinali elektrofiltr elektrodlariga cho‘kgan changlar trubali filtrnikidan osonroq tozalanadi va sim uzunligi birligiga kamroq energiya ishlatadi. Undan tashqari, bu filtrlar ixcham, kam metall sarflaydi va yig’ilishi oson.
Agar, elektrodlar soni va qurilmaning ko‘ndalang kesimi ma’lum bo‘lsa, elektrofiltrlarni xisoblash uning "tojli" elektrodining uzunligini aniqlashdan iborat bo‘ladi.
Elektrofiltrdagi tok mikdori I = iL ga teng bulib, bu erda i - tok zichligi; L - elektrod uzunligi.
Quyida keltirilgan tenglamadan potensialning kritik gradienti topiladi:

bu erda: σ - bosim 0.1 MPa da ushbu sharoitdagi xavo zichlishning 25°C temperaturadagi zichligiga nisbati.
Agar, elektrodlar orasidagi masofani bilsaq elektrodlardagi potensiallar farqini topish mumkin.
Gazlarni tozalanish darajasi ushbu umumiy formula yordamida aniqdanishi mumkin:

bu erda: x1 va x2 - elektrofilrlarga kirayotgan va undan chiqayotgan gazlarda qattiq zarrachalar konsentratsiyasi, kg/m3; w - elektrod yuzasiga qarab xarakat qilayotgan zaryadlangan zarracha tezligi, m2 (m3s) f- solishtirma cho‘kish yuzasi, m2/(m3/s).
Trubali elektrofiltrlar uchun:

Plastinali elektrofiltrlar uchun:

bu yerda: l - truba yoki plastina uzunligi, m;
r - cho‘ktirish elektrodli trubasining radiusi, m;
h — cho‘ktiruvchi va «tojli» elektrodlar orasidagi masofa, m;
w - elektrofiltrlarda gazning tezligi, m/s
Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling