11-mavzu. Ijtimoiy menejment tizimi


Download 315.66 Kb.
bet5/9
Sana15.01.2023
Hajmi315.66 Kb.
#1094138
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-m ijtimoiy menejment tizizmi

Jamoa strukturasi.


Google kompaniyasining asoschilari Larri Peydj va Sergey Brin yiriy loyihalarni kichik jamoalarda hal qilish imkoniyatini beruvchi korporativ strukturani yaratdilar. Bunday strukturada butun tashkilot uning vazifalarni amalga oshiruvchi guruhlarga bo’linadi.Bu strukturada ishchilarga vakolatlar berish juda ham muhimdir, chunki bunda yuqoridan pastga qarab boruvchi yagona boshqaruv tizimi yo’q. Aksincha, ishchilar jamoalari o’zlariga berilgan vazifani o’zlari eng yaxshi deb hisoblagan yo’lda bajaradilar, shunga qaramasdan, ular o’zlarining sohalaridagi ish natijalari uchun ham javobgarlikni saqlab qoladilar.
Yirik tashkilotlarda, jamoa strukturasi funktsional va divizional strukturalarni to’ldirib turadi va tashkilot byurokratiyaning samarali jihatlarini va jamoalarning o’zgaruvchanligidan foydalanishiga yo’l ochadi. Amazon, Boeing, Hewlett- Packard, Louis Vuitton, Motorola va Xerox kompaniyalari samaradorlikni oshirish uchun ishchilar jamoalaridan foydalanishadi.

Matritsa - loyiha strukturasi.


Zamonaviy dizaynning boshqa turlari – bu matritsa va proekt strukturalaridir. Matritsa strukturasi turli hil sohalarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislarni loyiha menejeri qo’l ostida birlashtiradi. Bu dizaynning o’zgacha xususiyati shundan iboratki, bu ishchilarning matritsa tizimida ikki menejerga – o’zlarining funktsional menejeriga va loyiha menejeriga bo’ysunishiga olib keladi. Loyiha

menejerida esa funktsional menejerlar ustidan nazorat qilish huquqi ham bo’ladi. Shunga qaramay, mansabni ko’tarish, ish haqini oshirish yoki yillik dividend olishga doir qarorlar funktsional menejerlarning vazifasi bo’lib qolaveradi. Matritsa strukturasi buyruqbozliq tizimini buzadi, chunki bu tizimga ko’ra har bir ishchi faqatgina bir shaxsga bo’ysunishi kerak. Shunga qaramasdan, agar menejerlar muntazam ravishda muloqot olib borib turishsa, ish talablarini moslashtirib borishsa va muammolarni birgalikda echishsa, bu tizim ham juda samarali ishlaydi.


Ko’pchilik tashkilotlar loyiha strukturasidan foydalanishadi.Bunda ishchilar muntazam ravishda loyihaning ustida ishlashlari mumkin. Matritsa strukturasidan farqli o’laroq, ishchilar loyihani tugatganlaridan so’ng ular murojaat qilishi mumkin bo’lgan formal bo’limlar mavjud emas. Aksincha, ishchilar o’zlarining iqtidor va tajribalarini boshqa loyihalarda sinab ko’rishadi. Bundan tashqari, bunday strukturada barcha ishlar ishchilar guruhlari tomonidan bajariladi. Masalan, IDEO kompaniyasida loyiha jamoalari yig’ilishadi, tarqalishadi va yana boshqa loyihalarni tashkillashtirish uchun yig’ilishadi.Ishchilar bunday guruhlarga qo’shilishining sababi ularda kerakli tajriba va qobiliyatning borligidir. Loyiha yakuniga etganidan so’ng esa, ular keyingi loyihaga o’tishadi.
Loyiha strukturalari anchayin o’zgaruvchan bo’lib, ular qaror qabul qilish jarayonini sekinlashtiruvchi tashkiliyal ierarxiyasiz ishlaydi. Bu strukturada, menejerlar murabbiy sifatida faoliyat yuritishadi.Bunda tashkiliy to’siqlar butkul yo’qotiladi yoki ularning zararlari minimallashtiriladi va jamoalar o’zlarining samarali ishlashlari uchun barcha kerakli resurslarga ega bo’ladilar.

Download 315.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling