11-mavzu. Ijtimoiy menejment tizimi
Yordamchi-texnik personal
Download 315.66 Kb.
|
1-m ijtimoiy menejment tizizmi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
Yordamchi-texnik personal - rahbarlar va mutaxassislar faoliyatiga xizmat ko’rsatuvchi hodimlar. Ularni qoida bo’yicha, alohida boshqaruv operatsiyalariga qarab tasniflanadi. Bunday hodimlarga kotiblar, mashinistlar, texniklar va boshqalar kiradi. Texnik hodimlar tor va aniq kasbiy tayyorgarlikka ega, rahbarlar va boshqaruv mutaxassislariga texnik yordamni ta’minlash, xususan, boshqaruv qarorlarini qayta ishlash va amalga oshirish yordamida ta’minlashga chaqirilgan.
Boshqaruv kadrlarini bunday tasniflash har bir hodimga aniq talablar qo’yish va bunday hodimlarni tanlash, tayyorlash va ishlatish tizimini tashkil etishga imkon beradi. Bevosita menejerning qo’l ostida bo’lgan odamlar soni boshqaruv me’yori yoki nazorat sohasi deyiladi. Agar bevosita menejerning qo’l ostidagi odamlar soni ko’p bo’lsa, u yuqori boshqaruv me’yoriga ega bo’ladi, bu son kichik bo’lsa, menejerning boshqaruv me’yori pas bo’ladi. Tabiiyki qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun qancha kam menejer talab qilinsa, ular shuncha yuqori boshqaruv me’yoriga ega bo’ladi. Boshqaruv me’yorining shakllanishiga qator omillar ta’sir etadi. Ular orasida boshqaruvchining individual psixologik qobiliyatlari kasb darajasi va hodimlar madaniyati, ularni rag’batlantirish turlari va kasbiy faoliyati bor. Odatda yuqori malakali hodimlar kichik malakali hodimlarga nisbatan kamroq boshqaruvga muxtoj. Shuning uchun, deyarli olim bulgan tashkilot menejeri yuqori boshqaruv me’yoriga ega bo’lishi mumkin. Boshqaruv me’yori tashkilotdagi ierarxik darajalar soni bilan, ya’ni uni vertikal tuzilmasi yuqori yoki tekisligi bilan aniqlanadi. Yuqori tuzilma past boshqaruv me’yori va ko’p ierarxik darajalarga ega bo’ladi, tekkisi esa yuqori boshqaruv me’yori va kam ierarxik darajalariga ega bo’ladi. Yuqori tuzilmalar ko’p mablag’ talab qiladi, ish muomalasi va qarorlar qabul qilishni sekinlashtiradi, majburiyat va mas’uliyat aniqligini qiyinlashtiradi. Har qanday ijtimoiy tashkilotda rasmiy tuzilmalardan tashqari o’zaro munosabatlar tizimi mavjud. Ular norasmiy guruhlarda shaxslararo darajada hodimlar o’rtasida paydo bo’luvchi o’zaro aloqalar tarmog’idan iborat norasmiy tashkiliy tuzilma sifatida xarakterlanadi. Bu ijtimoiy loyihalashtirish, rasmiy va norasmiy tuzilmalarning maqbul variantini yaratish sohasining mutaxassislari bo’lgan ijtimoiy menejerlarining diqqat markazidagi obyektdir. Boshqaruv tuzilmasi shunday bo’g’inlarni o’z ichiga oladi: umumiy boshqaruv tuzilmasi, aniq boshqaruv organlari tizimi, boshqaruv kadrlari va boshqaruvning texnik vositalari. Bazaviy boshqaruv tuzilmasi - chiziqli funktsional boshqaruv kombi-natsiyasi asosida shakllanadi. Boshqaruv organlari boshqaruvning eng asosiy elementi hisoblangan boshqaruv kadrlaridan shakllanadi. Boshqaruv tuzilmasining keyingi tarkibiy qismi - boshqaruv mehnati samaradorligini oshirishni ta’minlovchi texnik boshqaruv vositalaridir. Qisqa xulosalar Ijtimoiy menejment tizimi elementlari, ularning ijtimoiy aloqadorligi. Ijtimoiy menejment tizimining asosiy elementlari. Ijtimoiy menejmentning tashkiliy tuzilmasi. Ijtimoiy menejment funktsiyalari. Ijtimoiy menejment kadrlari va me’yorlari. Ijtimoiy menejment tizimini takomillashtirish yo’llari. Nazorat savollar:Ijtimoiy menejmentning tizimining asosiy elementlarini sanab bering. Ular orasidagi mavjud aloqa qanday? Ijtimoiy menejment funktsiyalarini sanab bering. Ularni taxlil qilib bering. Ijtimoiy menejmentning tashkiliy tuzilmasini xarakterlab bering. Tayanch so’z va iboralar: Ijtimoiy menejment mexanizmlari. Boshqaruv funksiyalari. Chiziqli bo’g’inlar. Funksiona Download 315.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling