11-mavzu. Ijtimoiy menejment tizimi
Download 315.66 Kb.
|
1-m ijtimoiy menejment tizizmi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chiziqli bo’g’inlar
Boshqaruv tuzilmasiBoshqaruv tuzilmasi ikki pog’onali va ko’p pog’onali bo’lishi mumkin. Agar bo’g’inlar bir boshqaruv pog’onasida joylashgan bo’lsa, ularnining aloqasi gorizontal xarakterga ega bo’ladi, agar boshqa-boshqa pog’onada bo’lsa, vertikal bo’ladi. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasida boshqaruv bo’g’inlari (organlari) chiziqli va funktsionalga bo’linadi. Chiziqli bo’g’inlar - bu obyektni bevosita majmuaviy boshqarishni amalga oshiruvchi, ijtimoiy tuzimning ma’muriy alohidalashgan bir qismi (tarmoq vazirliklari, korporatsiyalar, trestlar, uyushmalar, korxonalar, tsexlar va h.k.). Funktsional bo’g’inlar - boshqaruvning bir yoki bir necha funktsiyalarini amalga oshiruvchi, boshqaruv appara-tining ma’muriy alohidalashgan qismlaridan iborat (ko’mitalar, boshqarmalar, bo’limlar, agentliklar, idoralar va h.k.). Boshqaruv tashkiliy tuzilmalarining uch asosiy turi farq-lanadi: chiziqli, funktsional va aralash: chiziqli - funktsional. Boshqaruvning murakkab tizimlari egiluvchanligini ta’min-lash uchun chiziqli-funktsional tuzilmalarga matritsali tuzilma ko’rinishidagi boshqaruvning dasturiy-maqsadli shakllari kiri-tiladi: loyiha bo’yicha boshqarish, maxsulot bo’yicha boshqarish, tekshiruv komissiyalari va h.k. Oqilona boshqaruv tizimlarining shartlari yoki mezonlari sifatida quyidagilar namoyon bo’ladi: a) boshqaruv bo’g’inlarining uning funktsiyalariga mosligi; b) boshqaruv ierarxiyasida iloji boricha pog’onalar sonining kamligi; v) har bir pog’onada barcha zarur boshqaruv funktsiyalariga diqqatni qaratish; g) funktsional bo’g’inlarning funktsional tarmoqlarga moslashishi; d) har bir funktsional bo’g’inning yagona boshqaruv jarayonida ishtirok etish xarakterining aniq namoyon bo’lishi; e) boshqaruvning xar bir bo’g’inida jamoalar «kirish» va «chiqish» manbalari sonining eng kam bo’lishi27. Menejmentning tashkiliy tuzilmasi boshqaruv tuzilmasi sxemasida, ish jadvallarida, tuzilmaviy bo’linmalar to’g’risidagi holatlarda, shuningdek, bajaruvchilar uchun lavozim instruk-tsiyalarida hujjatlashtiriladi. Download 315.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling