Etiologiyasi. Quyidagi sabablar homiladorlikning dastlabki 3 oyida (ayniqsa, 6-7-haftalarida) homilaga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi va yurak tug‘ma nuqsonlarini keltirib chiqarishi mumkin:
Irsiy omillar - yaqin qon-qarindoshlarning oila qurish hollari.
Onaning turli xil virusli kasalliklar - qizilcha, gripp, parotit bilan og‘rishi.
Onaning turli radioaktiv nurlar ta’siriga uchrashi.
Turli xil kimyoviy moddalar - benzol, benzin, alkogol va boshqalar.
Homilaga ta’sir etuvchi dori vositalarini nazoratsiz iste’mol qilish.
Turli xil jismoniy va ruhiy zarbalar.
Shuningdek, homilador ayolning noto‘g‘ri ovqatlanishi, vitamin- laming (A, E va boshqalaming) yetishmovchiligi, endokrin kasalliklar (qalqonsimon bez va oshqozonosti bezi kasalliklari) bilan og‘rib qolishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |