11. Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning yurak qon-tomir tizimining yosh hususiyatlari va kasalliklari. Reja


Download 235.74 Kb.
bet3/15
Sana05.01.2022
Hajmi235.74 Kb.
#205632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning yurak qon-tomir tizimining yosh hususiyatlari va kasalliklari

Klinikasi. Yurak tug‘ma nuqsonlari bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ilgan zahotiyoq aksariyat hollarda sianoz, hansirash kuzatilishi, sezilarli yurak shovqinlari eshitilishi mumkin. Sianozsiz yoki oq poroklarni aniqlash ancha qiyinroq bo‘lsa-da, bunday poroklari bor bolalarda ham hansirash saiga paydo bo‘lishi yoki jismoniy zo‘riqish natijasida arzimas sianozning kelib chiqishi kuzatiladi[1].

Ba’zi tug‘ma yurak nuqsonlarida badan terisi va shilliq pardalaming ko‘karib turishidan tashqari, ko‘krak qafasining oldingi yuzasi, qorin, yelkaning ichki yuzasi, oyoq panjalari terisidagi venalar to‘rining kengayib ketganligi ham ko‘rinib turadi.



Yurak tug‘ma nuqsoni (Fallo lelradasi).

29-rasm.

Bolalarning yurish-turishi xarakterli bo‘lib, bunday bola ko‘proq yotish yoki o‘tirishni ma’qul ko‘radi, kamharakat bo‘ladi. Ba’zi bolalar esa qo‘llari bilan tizzalarini quchoqlagan holda cho‘kka tushib majburiy vaziyatda o‘tiradi yoki orqasi yo bo‘lmasa i yonboshiga suyanib, yarim yotgan holatni ma’qul ko‘radi (29-rasm). Ba’zi bolalarda turli jismoniy zo‘riqishlardan so‘ng, o‘tkir kislorod yetishmov- chiligiga xos xurujlar (nafas olishning tezlashuvi, burun qanotlarining uchishi, oyoq-qo‘llar va lablar atrofidagi terida sianozning kuchayishi, qusish, ayrim hollarda talvasaga tushish, qisqa muddat o‘zidan ketib qolish) kuzatilishi mumkin.

Aksari bunday bo|alar

jismoniy rivojlanishdan orqada qoladi. Bolaning qo‘l va oyoq tirnoqlari sianoz natijasida tez orada «soat oynalari» shakliga kiradi, keyin esa «nog‘ora cho‘plari» ko‘rinishini oladi (30-rasm).

Murakkab va aralash yurak nuqsonlarida ko‘krak qafasida yurak bukurini ko‘rish mumkin.

Palpatsiya qilib ko‘rilganda chap tomondan yurak titrashi aniqlanadi.

Perkussiyada esa yurak chegaralarining kengayganligi ko‘riladi.

Tug‘ma yurak nuqsonlarida auskultatsiyada o‘ziga xos yurak shovqinlari eshitiladi[2].

Yurak tug‘ma nuqsonlarini klinik maqsadda ikkiga - sianoz bilan birga davom etmaydigan nuqsonlar (oq nuqsonlar) va hamisha sianoz bilan birga davom etib boradigan nuqsonlar(ko‘k nuqsonlar)ga bo‘lish hammadan ma’qul hisoblanadi.

  1. Eng ko‘p uchraydigan ko‘k nuqsonlarga aorta atreziyasi, Fallo triadasi (o‘pka arteriyasining torayishi, qorinchalararo to‘siq nuqsoni, o‘ng yurak gipertrofiyasi), Fallo tetradasi (o‘pka arteriyasi stenozi, aortaning o‘ng tomonga yo‘nalganligi-dekstropozitsiyasi, qorinchalar o‘rtasidagi to‘siq nuqsoni, o‘ng yurak gipertrofiyasi), uch kamerali yurak -Eyzenmenger kompleksi (qorinchalar orasidagi to‘siqda yuqori joylashgan nuqson bo‘lishi, aortaning o‘ng tomonda joylashganligi, o‘ng qorincha gipetroflyasi), tomirlarmng boshqacha joylashgani (transpozitsiyasi) va boshqalar kiradi .

  2. Sianoz bo‘lmaydigan yoki bo‘lsa ham notayin va anchadan keyin boshlanadigan oq nuqsonlarga aorta koarktatsiyasi, bo‘lmalar orasidagi to‘siq nuqsoni, qorinchalar orasidagi to‘siq nuqsoni, arterial yo‘l(Botallo yo‘li)ning ochiq qolgani va boshqalar kiradi.


Download 235.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling