Asoratlari. Tug‘ma yurak nuqsonlari o‘pka gipertenziyasi, qon aylanishi yetishmovchiligi, bakterial endokardit, tez-tez qaytalanadigan respirator kasalliklar, gipotrofiya, anemiya, yurak ish maromining har xil buzilishlari, miya tomirlari trombozlari natijasida boshlanadigan gemiplegiyalar kabi asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Oqibati. Oval teshik ochiq qolgan, bo‘lmalararo yoki qorinchalararo to‘siqda arzimas nuqson bo‘lganda, arterial yo‘l ochiq qolganda oqibat yaxshi. Bunday kamchiliklar bolalarda hech qanday yoqimsiz sezgilami keltirib chiqarmaydi, yurakning ish qobiliyatini cheklab qo‘ymaydi. Biroq nuqsonlar katta bo‘lib, yurakning chap yarmidan o‘ng yarmiga anchagina qon o‘tib turishiga olib keladigan va o‘pka gepertenziyasi boshlanishiga sahab bo‘ladigan holda oqibat anchagina yomonlashib qolishi mumkin.
Yurakning murakkab, kombinatsiyalangan tug‘ma nuqsonlarida oqibat xavotirli bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |