11-Mavzu: iqtisodiy indekslar reja
Download 154.84 Kb.
|
11 Мавзу.Иқтисодий индекслар
11.5. Vaznsiz umumiy indekslar
Bu indekslar murakkab hodisa o`zgarishida ayrim elementlar teng vazmindorlikda qatnashadi degan ilmiy gipotezaga asoslanadi. Vaznsiz indekslarni tuzishning ikkita usuli bor, ular oddiy o`rtacha miqdor va oddiy agregat tushunchalarining qo`llanishiga asoslanadi. Bu usullar bilan vaznsiz umumiy baholar indeksini tuzish misolida yaqindan tanishib chiqamiz. Birinchi usulda o`rtacha baho indeksi yakka baho indekslaridan hisoblangan oddiy o`rtacha miqdor shaklida tuziladi. Ko`pincha u oddiy arifmetik o`rtachaga asoslanadi. (11.15) 12.1-jadvalda % Demak, bozorda baholar 2,3 foizga otrgan. Bu indeksni birinchi marotaba italyan iqtisodchisi Djon Rinaldo Karli 1751 yilda, Italiyada don, vino va zaytun yoi baholarining 1500-1750 yillarda o`sishini aniqlashda qo`llagan. SHuning uchun uni Karli indeksi deb yuritiladi. Oddiy o`rtacha arifmetik indeksning muqobil varianti sifatida oddiy o`rtacha garmonik indeksni qarash mumkin: (11.16) 12.1-jadvalda % Demak, 1 so`mning sotib olish qudrati 3,9 % pasaygan. Bu formulaning maxrajidagi 1ip ifoda milliy valyuta (so`mning) sotib olish qudrati qanday o`zgarishini aniqlaydi. SHuning uchun 11.16 formuladan so`mning sotib olish qudrati indekslari asosida baholarning o`rtacha o`zgarishini aniqlashda foydalanish mumkin. Vaznsiz o`rtacha indekslarning yana bir turi oddiy geometrik o`rtacha indekslardir: (11.17) Bu erda P-ko`paytirish shartli belgisi. 12.1-jadvalda yoki 99,93 %. Bu indeksga baho katta miqdorda oshgan (60 %) gilam kuchsiz ta`sir etadi, vaholanki Karli indeksiga sezilarli ta`sir etgan edi. Oddiy o`rtacha geometrik indeksni ingliz iqtisodchisi Uil`yam Stenli Jevons 1863 yilda taklif etgan. Oddiy agregat indeks shaklida umumiy baho indeksi joriy baholar yig’indisini bazis baholar yig’indisiga bo`lishdan hosil bo`ladi: (11.18) Bu indeksni frantsuz moliyachisi SHarli Dyuti 1738 yilda qo`llagan. Aslida u yakka indekslarni bazis baholari bilan tortib olingan vaznli indeksdir: (11.19) 12.1-jadvalga binoan Barcha vaznsiz indekslar o`zaro bog’lanishni ifodalovchi tizimdan indekslashtirilayotgan hodisalarni ajratib, alohida olib qaraganda ular dinamikasida kuzatiladigan sof o`zgarishlarni miqdoran baholaydi. Ular predmetlik xususiyatiga, iqtisodiy ma`noga ega. Ammo har qanday sharoitda hamma vaznsiz indeks turlaridan foydalanib bo`lmaydi. Masalan, oddiy agregat indeksni turli jinsli mahsulotlar jismoniy hajmi o`zgarishini aniqlashda qo`llab bo`lmaydi, chunki ular taqqoslamalik, umumo`lchovlik xususiyatiga ega emas. Bunday sharoitda geometrik o`rtacha indekslarni qo`llash asoslidir. Hodisalar barqarorligini aniqlash maqsadida indekslarni turli tashqi kuchlar, jumladan mavsumiy, ayritabiiy sharoit ta`siridan chetlanib hisoblash zaruriyati tug’ilganda geometrik o`rtacha indekslar juda qo`l keladi. Umuman vaznsiz indekslarni qisqa vaqt davomida hodisalarda kuzatiladigan o`zgarishlarni chamalash vositasi sifatida qo`llash mumkin. Download 154.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling