11-mavzu. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo„nalishlari (2 soat) Reja
rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo„nalishlari” deb nomlangan
Download 92.82 Kb. Pdf ko'rish
|
11-mavzu. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtiris ustuvor yo‘nalishlari
rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo„nalishlari” deb nomlangan
uchinchi yo„nalishida: 3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o„sish sur‟atlarini saqlab qolish; 3.2. Tarkibiy o„zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va difersifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish; 3.3. Qishloq xo„jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish; 3.4. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulkning xuquqlarini himoya qilish va uning istiqbolli rolini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xusuiy tadbirkorlik rivojlanishini rag„batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom etish; 3.5. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarning kompleks va muvozanatli ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish, ularning salohiyatidan samarali va optimal foydalanish; 3.6. Turizm sohasini rivojlantirish masalalari o„z aksini topgan. Harakatlar stretegiyasida tarkibiy o„zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish borasidagi yirik islohotlar tarkibiga quydagilarni amalga oshirish belgilab berildi: Milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta‟minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko„rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko„paytirish; ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish; yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo„shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o„tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish; iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish; prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o„zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta‟minlash; ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag„batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste‟mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o„rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish; iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish; faoliyat ko„rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish; xizmat ko„rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o„rni va ulushini oshirish, ko„rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o„zgartirish; turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish; eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish; yo„l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, boshqaruv tizimiga axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish kabi muhim masalalar belgilandiki yurtimizda keyingi besh yilda amalga oshiriladigan islohotlar ushbu bandlarda belgilangan ishlarning ijrosi tufayli xalqimizning ravnaq topishiga, yalpi ichki mahsulotimimzning keskin oshishiga xizmat qiladi. Harakatlar strategiyasida belgilangan muhim vazifalardan biri mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash va investorlarni keng jalb etish borasidagi islohotlar bo„ldi. Keyingi yillarda yurtimizda investitsa muhiti yanada yaxshilandi. Bu boradagi qonunchilik yangilanib, investorlar uchun huquqiy kafolatlar mustahkamlandi. Misol uchun, 2019 yilda to„g„ridan-to„g„ri xorijiy sarmoyalar 4,2 milliard dollarni tashkil etgan edi. Bu ko„rsatkich 2018 yilga nisbatan 3,1 milliard dollar yoki 3,7 barobar o„sdi. 2020 yilda esa mamlakatimiz iqtisodiyotiga 5,8 milliard dollar to„g„ridan- to„g„ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish belgilandi 2 . Mana shu maqsadlarni inobatga olib mamlakatimizda xalqaro investorlarni yanada jalb etish maqsadida Toshkent xalqaro investitsiya forumini tashkil etish belgilangan edi. Forumning asosiy maqsadi iqtisodiyot drayverlari hisoblangan energetika, mashinasozlik, elektrotexnika, axborot texnologiyalari, to„qimachilik, qishloq xo„jaligi va oziq-ovqat sanoati, qurilish sohalari hamda hududlarga to„g„ridan-to„g„ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirishdir. Jahon tajribasiga nazar tashlasak kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyati barqaror iqtisodiy o„sishning asosiy omili, iqtisodiy konyukturaning o„zgarishlariga tez moslasha oladigan, yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tez joriy qiladigan, mehnat unumdorligi yuqori bo„lgan ho„jalik subyektlari sifatida keng faoliyat yuritib kelayotganiga guvoh bo„lamiz. Mamlakatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev O„zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to„qqiz yilligiga bag„ishlangan tantanali marosimdagi nutqida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga to„xtalib o„tib shunday degan edilar: “Xususiy tadbirkorlik va kichik biznes sohasini rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Pandemiya davrida tadbirkorlarni qo„llab-quvvatlash hamda ular o„z faoliyatini davom ettirishi uchun biznes subyektlariga turli imtiyoz va yengilliklar berilgani sizlarga yaxshi ma‟lum”. Tadbirkorlik va kichik biznes uchun yaratilgan shart-sharoitlar tufayli mamlakat yalpi ichki mahsulotida bu subyektlarning ulushi 2019 yilda 56,5 foizga yetgani shundan dalolat beradi. Iqtisodiyotning mazkur muhim tarmog„i mavqeini yanada mustahkamlash maqsadida ularga ko„proq erkinlik berish, qo„shimcha imtiyoz va preferensiyalar qo„llash, moliya, soliq hamda statistika idoralariga hisobot topshirish mexanizmini takomillashtirish bo„yicha islohotlar izchil davom ettirilmoqda. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar tub mazmun mohiyati bilan inson va uning manfaatlarini ta‟minlashga qaratilgan. Aholi daromadlari tarkibida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromad ulushi tobora ortib bormoqda va barcha daromadlarning 76 foizdan ortig„i ushbu soha hissasiga to„g„ri keladi. Bundan ko„rinib turibdiki, mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishini taxmin qilish ayni shu sohani tez va samarali rivojlantirish eng asosiy omillardan biri hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo„jaliklarining muhim funksiyalaridan biri bu oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish bo„lib hisoblanadi. “Oilaviy tadbirkorlik – bu oilaviy kapitaldan samarali foydalanib, foyda olishga yo„naltirilgan tashabbusli mustaqil faoliyatdir. Oilaviy kapital bu yerda oila a‟zolarining jismoniy, ijtimoiy, moliyaviy va intelektal kapitallari sifatida namoyon etilgan”. 1 Oilaviy tadbirkorlikni keng miqyosda rivojlanishiga turtki bergan muhim omil bu iqtisodiyotdagi tarkibiy o„zgarishlar natijasida xizmat ko„rsatish sohasini (savdo, umumiy ovqatlanish, dam olish va x.k.) keskin o„sishi bo„lib hisoblanadi. Bunda kichik oilaiy tadbirkorlik korxonalari nisbatan samarali va maqsadga muvofiq faoliyat olib boradi. Oilaviy tadbirkorlikni muhim xususiyatlaridan biri bu uning foydani maksimallashtirishga intilmasligi, balki uning asosiy maqsadi uy xo„jaligining (oilaning) daromadga, bandlikka va o„zining imkoniyatlarini o„zi ro„yobga chiqarishga bo„lgan ehtiyojini qondirish talablaridan kelib chiqadi. Oilaviy tadbirkorlik faoliyatining muvaffaqiyati, birinchidan, oilaning moddiy resurslariga, ikkinchidan, uning a‟zolarining tadbirkorlik qobiliyatiga tanlangan faoliyat yo„nalishiga, uning obyektiga hamda demografik tavsiflariga, oila a‟zolarining soniga, jinsiga, yoshi, sog„ligining holatiga bog„liq. Uy xo„jaliklari ushbu funksiyalarini davlat va nodavlat tashkilotlarining xizmat ko„rsatish tizimi sohalari orqali yo„lga qo„yadi. Uy xo„jaliklarining oilaviy tadbirkorlik shakllari qadimdan (shaxsiy tomorqa xo„jaligidagi faoliyati) va ular tomondan amalga oshirilgan turli xil xizmat turlari bo„lib hisoblanadi. O„zbekiston Respublikasini mustaqillik yillarida ijtimoiy yo„naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o„tish sharoitida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida bu jarayon yanada tez sur‟atlar bilan o„sdi. Respublikamizda uzoq yillar mobaynida oilaviy biznes va tadbirkorlik bilan aholi asosan norasmiy, ya‟ni rasman oilaviy korxonalar tashkil etmasdan shug„ullanib kelgan. Endilikda har bir oilaning tadbirkorlik bilan shug„ullanishi va barqaror daromad manbaiga ega bo„lishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida O„zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2012 yil 26 aprelda “Oilaviy tadbirkorlik to„g„risida”gi qonuni qabul qilingandan keyin oilaviy korxona tashkil etish orqali oilaviy tadbirkorlik bilan rasman shug„ullanish imkoniyatlari tug„ildi. O„zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to„g„risida”gi qonunining 3-moddasida Oilaviy tadbirkorlik oila a‟zolari tomonidan tavakkal qilib va o„z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyatidir. Oilaviy tadbirkorlik o„z ishtirokchilarining ixtiyoriy- ligiga asoslanadi. Oilaviy tadbirkorlik yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda amalga oshirilishi mumkin. Yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakli oilaviy korxonadir. Yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi” - deb ta‟rif berilgan. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 iyundagi «Har bir oila- tadbirkor» dasturini amalga oshirish to„g„risida PQ-3777 son Qarori respublikamiz uy xo„jaliklarini iqtisodiy faolligini oshirishning huquqiy, iqtisodiy-moliyaviy asoslarini belgilab beruvchi muhim meyoriy hujjat bo„lib hisoblanadi. Dastur doirasida qishloq va mahallalarning ixtisoslashuvini (hunarmandchilik, tikuvchilik, qishloq xo„jaligi mahsulotlarining ayrim turlarini yetishtirish, ixcham issiqxonalar tashkil qilish va boshqalar) hisobga olgan holda mazkur sohada ijobiy natijalarga erishgan ishbilarmonlik tajribasiga ega tadbirkorlarni mahallalarda yangi biznes faoliyati bilan shug„ullanishni boshlagan uy xo„jaliklariga biriktirish – mini-klasterlar tashkil etish rejalashtirilgan. Joylarda oilaviy tadbirkorlikka ko„rsatiladigan xizmatlar ko„lamini tubdan kengaytirish, tadbirkor oilalarning ishlab chiqargan mahsulotlari savdosini tashkil qiluvchi bozor infratuzilmasi obyektlari, xizmat ko„rsatish va servis shahobchalarini barpo etish ko„zda tutilgan. Qishloq va mahallalarda bo„sh turgan yer maydonlarini yangi tashkil etilayotgan oilaviy tadbirkorlik subyektlariga berish orqali aholi uchun qo„shimcha ish o„rinlari va daromad manbalari yaratiladi. Bundan tashqari, vaqtinchalik moliya-xo„jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan hamda davlat ro„yxatidan o„tmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlab, ular faoliyatini tiklash va qonuniylashtirish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Respublikamizda uy xo„jaliklarining “Oilaviy tadbirkorlikni yuritishning muhim yo„nalishlaridan biri bo„lgan o„zini – o„zi band qilishning quyidagi faoliyat turlarini kiritishimiz mumkin: shaharlik fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo„jaliklar faoliyatini yuritishi; qo„shimcha pul daromadi topish va xo„jalikning ichki ehtiyojlarini qondirish maqsadida qishloq xo„jalik mahsulotlari ishlab chiqarish borasida dehqon (tomorqa) xo„jaliklarini yuritish; fermer xo„jaliklari faoliyatini tashkil etish; uy xo„jaligining ichki ehtiyojlarini qishloq xo„jaligi tavsifiga ega bo„lmagan yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug„ullanish; ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish va qo„shimcha pul daromadi olish maqsadida kichik jamoalar tarkibida qishloq xo„jaligi tavsifiga ega bo„lmagan ishlab chiqarish–tadbirkorlik faoliyati va yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug„ullanish (dala hovlilari, xo„jalik binolari va shu kabilar qurish); kichik biznes korxonalari va kichik jamoalar tarkibida aholiga individual tartibda pullik xizmatlar ko„rsatish (turli ta‟mirlash va ta‟mirlash-qurilish ishlari); kichik biznes korxonalari faoliyatini tashkil etish va yuritish (oshxona, tamaddixona, kir yuvish va kiyimlarni kimyoviy tozalash va shu kabilar); yakka tartibda mayda chakana savdo faoliyati bilan shug„ullanish; boshqa ixtisoslashgan korxona va tashkilotlar tomonidan pullik asosda ko„rsatilishi mumkin bo„lsada, uy xo„jaliklari doirasida an‟anaviy tarzda bajarilib kelinuvchi uy yumushlari va o„ziga o„zi xizmat ko„rsatish turlari. Xorijiy tajriba dunyo miqyosida yangi yaratilayotgan ish joylarining 3 tadan 2 tasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda yaratilganligini ko„rsatmoqda. 20 ta rivojlangan mamlakatlarda barcha yaratilayotgan ish joylarining 68 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda yaratilmoqda. O„zbekiston Respublikasida ishbilarmonlik muhitining yaxshilanishi kichik biznes sektorining mustahkam asosda rivojlanishiga turtki berdi. Mamlakatni modernizatsiyalash va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish bo„yicha olib borilgan islohotlar natijasida 2019 yil 1 fevral holatiga respublikada faoliyat ko„rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning soni 274,9 mingtani tashkil qilgan. Bu ko„rsatkich o„tgan yilga nisbatan 18,1 foizga oshgan. Statistika qo„mitasi xabariga ko„ra, 2019 yil yanvar oyida 12,8 mingdan ziyod kichik korxona va mikrofirmalar yangi tashkil etilgan. Bu esa o„tgan yilning shu davriga nisbatan solishtirilganda 8,4 mingtaga ko„proqdir 1 . O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida (2020 yil 29 dekabr) iqtisodiy sohani rivojlantirishga keng o„rin ajratildi. Jumladan, 2021 yilda iqtisodiyotni kamida 5 foizga o„sishini, budjet defitsiti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5,4 foizdan oshmasligini ta‟minlash masalasi belgilandi. Bu davr uchun asosiy vazifa sifatida: Kambag„allikni qisqartirish borasida kompleks yondashuv va nostandart usullarni joriy etish; Tovar va moliya bozorlarida erkin raqobat muhitini shakllantirish hamda tadbirkorlarga xomashyo sotib olish uchun teng imkoniyatlar yaratish; Tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish bo„yicha yanada qulay sharoitlar yaratish; Iqtisodiyotda tarkibiy o„zgarishlarni amalga oshirishda davlat kompaniyalarini transformatsiya qilishni jadallashtirish; Iqtisodiy o„sishga, avvalo, raqobatdosh sanoat zanjirlarini yaratish hamda bunday loyihalarga investitsiyalarni ko„paytirish va boshqa qator masalalar belgilandi Download 92.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling