11-mavzu. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo„nalishlari (2 soat) Reja
Kambag‘allikni qisqartirish borasida vazirlikning quyidagi vazifalari
Download 92.82 Kb. Pdf ko'rish
|
11-mavzu. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtiris ustuvor yo‘nalishlari
Kambag‘allikni qisqartirish borasida vazirlikning quyidagi vazifalari
belgilandi: davlat boshqaruvi organlari, NNT, jamoat tashkilotlari hamda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda kambag„allikni qisqartirish bo„yicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish; kambag„allikni qisqartirishning aniq dastak va mexanizmlarini ishlab chiqish, xorijiy tajribani asosida kambag„allik darajasini aniqlash mezonlari va baholash uslubiyatini, ijtimoiy ta‟minotning minimal standartlari va meyoriy asoslarini ishlab chiqish va joriy etish; barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarga erishish chora- tadbirlarini amalga oshirish, yashash minimumi va minimal iste‟mol savatini hisoblash metodologiyasini ishlab chiqish hamda aholi daromadlari tabaqalashuvini o„rganish bo„yicha tizimli ishlarni olib borish hamda ularning davlat maqsadli dasturlari bilan o„zaro muvofiqligini ta‟minlash; mehnat bozori va uning tarkibini sifat jihatdan rivojlantirish, ishchi kuchi migratsiyasi jarayonlarini tahlil qilish, takomillashtirish hamda mehnat resurslarini taqsimlash borasida o„zaro muvofiqlikdagi ishlarni olib borish; inson kapitalini rivojlantirish bo„yicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. Hududlarda “mahallabay” tarzida kambag„allikni qisqartirish bo„yicha birinchi navbatda quyidagi amaliy ishlar amalga oshiriladi. Jumladan: mahallalarda har bir xonadon va oilalarning turmush sharoiti va ijtimoiy ahvoli og„ir bo„lgan qatlamini o„rganish asosida dastlabki ro„yxati hamda mahallalar pasportlari shakllantiriladi; aholining ushbu qatlamini bevosita moddiy va nomoddiy yordam ko„rsatilishi lozim bo„lgan yoki kasbga o„qitish va tadbirkorlikka o„rgatish orqali daromadini oshirish mumkin bo„lgan guruhlarga ajratib olish orqali, shuningdek, zarur manbalarni aniqlash va hududlarning o„ziga xos xususiyatlariga asoslangan chora- tadbirlar ishlab chiqilib, amalga oshiriladi. Respublikada «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali kam ta‟minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to„lashning yangi tartibi bosqichma-bosqich joriy etildi. Pandemiya sharoitida aholi bandligini ta‟minlash va ijtimoiy qo„llab- quvvatlash bo„yicha «temir daftar» yuritilishi yo„lga qo„yildi. «Temir daftar» karantin sharoitida ishsiz, daromadsiz qolgan ehtiyojmand, yordamga muhtoj oilalarning mahallada shakllantirilgan shaffof ro„yxatidir. Mazkur ro„yxatga kiritilgan aholiga ehtiyojmandlikdan chiqarish uchun doimiy zarur yordam kursatiladi. “Temir daftar”ga kiruvchilar ro„yxatini mahalla shakllantiradi. Ijtimoiy parvarishga muhtoj oila a‟zolarini mehnat turi bilan shug„ullanish istagi hamda salohiyati borligi aniqlanib, ular quyidagi guruhlarga ajratiladi: Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida faoliyatni yo„lga qo„yish. Hunarmandchilik sohasida faoliyatni yo„lga qo„yish. Jamoat ishlariga jalb qilish. Tomorqa xo„jaligida va boshqa sohalarda o„zini o„zi band qilish. Sanoat va xizmat yo„nalishida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalariga ishga joylashtirish. Qishloq xo„jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash loyihalariga ishga joylashtirish. G„alladan bo„shagan yerlarga takroriy ekin ekish va oborotdan chiqib ketgan yerlarni o„zlashtirish hisobiga bandlikni ta‟minlash. Markazlashgan manbalari hisobiga amalga oshiriladigan qurilish obyektlariga ishga joylashtirish. Uy-joy qurilish obyektlariga ishga joylashtirish. Iqtisodiyotda tarkibiy o„zgarishlarni amalga oshirishda davlat kompaniyalarini transformatsiya qilishni jadallashtirish. - Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “O„zbekneftgaz”, “O„zbekgidroenergo”, “O„zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatlari xalqaro moliya bozoriga chiqib, davlat kafolatisiz mablag„ jalb qilish imkoniyatiga ega bo„ladi. - Elektr energetikasi, neft-gaz va kimyo sanoati, mashinasozlikdagi yirik korxonalar hamda tijorat banklarini isloh qilishga Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki hamda “MakKinzi”, “Boston konsalting Grupp”, “Rotshild” kabi xalqaro tan olingan kompaniyalar jalb etildi. - 2021 yilda strategik ahamiyatga ega bo„lgan 32 ta yirik korxona va tarmoqni transformatsiya qilish ishlari amalga oshirilishi belgilangan. Davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki quyidagi ikkita yo„nalishda ko„zga tashlanadi: Download 92.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling