11-mavzu. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo„nalishlari (2 soat) Reja


Download 92.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana31.01.2024
Hajmi92.82 Kb.
#1833033
1   2   3   4   5
Bog'liq
11-mavzu. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtiris ustuvor yo‘nalishlari

Birinchidan, boshqaruv amaliyoti bo„yicha meyoriy-huquqiy hujjatlarni qabul 
qiladi va korporativ tuzilmalarning faoliyati davomida qonunchilikda belgilab 
qo„yilgan talablarning bajarilishini nazorat qilib boradi. Mazkur jihat barcha 
mamlakatlar tajribasida qo„llaniladi; 
Ikkinchidan, davlat ishtirokidagi korxonalarda bevosita ishtirok etadi va 
aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga doir qarorlar qabul qilinishiga o„z ta‟sirini 
ko„rsatadi. Bunda davlat ustav kapitalidagi ma‟lum bir ulushga egalik qilish orqali 
mulkdor sifatida ishtirok etadi. 
Davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokining afzalliklari va kamchiliklari 
Afzalliklari: 
iqtisodiyotning strategik ahamiyatga ega soha va tarmoqlarida samarali davlat 
nazorati o„rnatiladi; 
– Strategik muhim tarmoqlarning rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratiladi; 
– iqtisodiyotda tarkibiy o„zgarishlar amalga oshiriladi; 
– yirik aksiyadorlik jamiyatlari bankrotligining oldi olinadi va tugatilishiga yo„l 
qo„yilmaydi; 
– davlat budjeti soliqlardan boshqa daromadlarga ham ega bo„ladi; 
– monopoliya tartibga solib turiladi va narxlar barqarorligi ta‟minlanadi; 
– professional boshqaruv amalga oshiriladi va boshqalar. Kamchiliklari: 
– davlatning haddan tashqari ko„p aralashuvi korporativ tuzilmaning 


mustaqilligini chegaralaydi; 
– oltin aksiya asosida veto qo„yish huquqining berilishi qarorlar qabul 
qilishning ortga surilishiga olib keladi; 
– veto qo„yish huquqi davlat vakili tomonidan qaror qabul qilishda 
aralashtirib yuborish holatlari uchraydi;
– aksiyadorlik jamiyatlariga investorlarning qiziqishlari nisbatan past bo„ladi;
– xususiy mulkdorlar sinfining shakllanishiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi; 
– boshqa aksiyadorlar huquqlarining chegaralanishiga olib keladi; 
– dividend amaliyotlari deyarli kuzatilmaydi va boshqalar. 
Davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki faqatgina strategik ahamiyatga ega soha va 
tarmoqlarida samarali davlat nazoratini o„rnatishda bo„lishi maqsadga muvofiq. 
Mamlakatimizda bunday soha va tarmoqlarga: harbiy sanoat, qazib chiqarish, 
infratuzilma sohalarini kiritish mumkin. Yaqin istiqbolda strategik muhim tarmoq va 
sohalarni aniq belgilab olish orqali ularda davlat ulushini saqlab qolish hamda boshqa 
soha va tarmoqlardagi davlat ulushini xususiylashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. 
2017-2021 yillarda O„zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo„yicha 
Harakatlar 
strategiyasida 
belgilangan 
davlatning 
iqtisodiyotdagi 
ishtirokini 
optimallashtirish bo„yicha belgilangan vazifalar ijrosi xorijiy investorlarning qiziqishi 
ortishiga ham olib keladi. darajasi, barcha mezonlar bo„yicha samaraliroq ekanligi 
o„z tasdig„ini topgan. 
Davlat korxonalarining samarasizligi muammosi umumiy dunyo trendi 
hisoblanadi. Kator taniqli iqtisodchilar, jumladan, 2001 yilda Nobel mukofotining 
sovrindori bo„lgan Dj.Stiglits, A.Shleyfer, R.Vishnilar ham davlat ishtirokidagi 
korxonalar xususiy kompaniyalarga nisbatan samaradorligi ancha past ekanligini 
ta‟kidlashadi. Shuning uchun davlat kompaniyalari faoliyatini cheklash lozimligi 
uqtiriladi. 
Iqtisodiyotda tarkibiy o„zgarishlarni amalga oshirishda davlat kompaniyalarini 
transformatsiya qilishni jadallashtirish. 
Tarkibiy islohotlarning yana bir yo„nalishi bu – davlatning iqtisodiyotdagi 
ishtirokini kamaytirishdir.
“Farg„ona azot” va “Dehqonobod kaliy” zavodlari, “Koka-kola ichimligi” 
korxonasi, “Bildirsoy” va “Chorvoq” oromgohlari, “Ichan qal‟a” va “Hayat Rejensi” 
mehmonxonalari, “Poytaxt” biznes majmuasi, Alkogol, Yog„-moy 
kabi 
tarmoqlardagi 83 ta yirik korxonadagi davlat ulushi sotuvga qo„yiladi. 
“Sanoatqurilishbank”, “Asaka bank”, “Ipoteka bank”, “Aloqa bank”, “Turon 
bank” hamda “Qishloq qurilish bank”ni xususiylashtirish yuzasidan zarur choralar 
ko„riladi.

Download 92.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling