11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsga qo‘yiladigan talablar
Dars ijodiy jarayon
Dars-jamoa mehnati jarayoni. Darsni ijodiy tashkil etish, vaqtdan unumli foydalanish, mashg‘ulotlarni o‘z vaqtida o‘tkazish bolalarda jamoa bo‘lib ishlay olish ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘zaro yordam va bolalar o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish yo‘llari bilan mashg‘ulotlar jamoa mehnati jarayoniga aylantiriladi. Dars ta‘limning boshqa shakllaridan o‘zining ichki va tashqi hususiyatlariga ko‘ra farq qiladi. Muayyan yoshdagi va ma‘lum tayyorgarlikka ega bo‘lgan o‘quvchilar guruhi, rejim, dars tartibi, mashg‘ulotlarni ma‘lum xonada o‘tkazish kabilar darsning tashqi hususiyatlari, darsning maqsadi, ta‘lim mazmunini his qilish, qiziqish, anglash, tushunish uning ichki hususiyatlari sanaladi. Dars ana shu ikki xil tashqi va ichki hususiyatlarning o‘zaro uyg‘unlashuvi asosida tashkil etiladi. Darsga qo‘yiladigan talablar Didaktik yoki ilmiy talablar sirasiga quyidagilar kiradi. 1. Har bir darsning maqsadini aniq belgilash 2. Darslarning optimal mazmunini, o‘rganiladigan bilimlar ko‘lami, shakllantiriladigan ko‘nikma va malakalarni oldindan aniqlab qo‘yish. 3. Darsni tashkil etishga oid ta‘lim metodlarini, vositalarini tanlash, o‘quvchilar bilish faolligini rag‘batlantirish, o‘quv topshiriqlari, mustaqil ishlarni ta‘limga tatbiq etish. 4.Ta‘lim qoidalarini (ilmiylik, faollik, izchillik, fanlararo aloqa va h.k) og‘ishmay amalga oshirish. Darsga qo‘yiladigan tarbiyaviy talablar qatoriga quyidagilar kiradi: 1.Darsda o‘rganiladigan o‘quv materiallari bo‘yicha tarbiyaviy xulosalar chiqarish. 2.Nazariy bilimlar asosida ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish. 3.Bolalarda o‘qishga oid ijodiy motivlarni uyg‘otish, bilish, o‘qish- o‘rganishga havas ishtiyoq, qiziqishni shakllantirish. 4. Dars jarayoniga, pedagogik takt qoidalariga rioya qilish. Darsga qo‘yiladigan tashkiliy talablar jumlasiga quyidagilar kiradi. 1.Dars uchun puxta yo‘nalgan konspekt yoki reja tuzish. 2.Darsning bosqichlariga (dars bosqichlarining o‘zaro bog‘liqligi, darsda amalga oshiriladigan ishlar, o‘quv topshiriqlarining o‘zaro aloqadorligiga) rioya qilish. 3.Dars tezligini o‘quvchilarning tayyorgarligiga moslashtirish. 4.Dars uchun ajratilgan vaqtdan to‘laqonli foydalanish. Yangi o‘quv materialini o‘rganish va mustahkamlash darslari Yangi o‘quv materialini o‘rganish va mustahkamlash darslari ta‘lim jarayonining eng ko‘p qismini ishg‘ol qiladi. Bu dars turining asosiy vazifasi turli o‘quv fanlariga oid qonuniyatlarni, g‘oyalarni, omillarni o‘rgatish va ularni dastlabki mustahkamlashdir. Bilimlarni o‘zlashtirish keng tushunchadir. O‘zlashtirishniig uch xil darajasi mavjud: bilimlarni idrok etish, ma‘nosiga tushunish, xotirada saqlash darajasida o‘zlashtirish; bilimlarni o‘xshash sharoitlarga tatbiq eta olish darajasida o‘zlashtirish. O‘quvchilar yangi o‘quv materialini o‘rganish va mustahkamlash darslarida bilimlarni o‘z so‘zlari bilan aytib bera bilish, o‘rganilgan bilimlarga doir omil keltira olish, bugun o‘rganilgan bilimlarni oldin egallagan bilimlardan ajrata bilish darajasida o‘zlashtirmog‘i lozim. Bu dars turida quyidagicha vazifalar hal etiladi; o‘quv materialining asosiy g‘oyasi, maqsadni anglash; shu bilimlarning inson faoliyatidagi ahamiyatini fahmlash; yangi o‘quv materialiga oid bilimlarni idrok etish; ularning asosiy hususiyatlarini tushunish; o‘rganilgan bilimni qayta esga olish yo‘lini, uni amaliyotda qo‘llash yo‘llarini egallash. Yangi bilimlarni o‘rganishda deduksiya va induksiya O‘quv materiallari,asosan,ikki xil yo‘l bilan o‘rganiladi; deduktiv yo‘l, induktiv yo‘l. Yangi o‘quv materiali deduktiv yo‘l bilan o‘rgatilganda bolaning aqliy faoliyati ta‘rif, qoida, xulosalar, umumlashmalardan amaliyotga qarab boradi. Avval asosida materialning umumiy tomonlari izohlanadi, keyin materialning xususiy tomonlari izohlanadi. O‘quv fanlari (masalan, matematika)ga oid materiallarni izohlashda deduktsiyadan foydalangan ma‘qul. Yangi bilimlarni o‘rgatishning ikkinchi yo‘li induksiyadir. Bundan oldin omillar asosida o‘quv materialining hususiyatlari alohida tahlil etiladi. So‘ngra qoida, qonuniyat, ta‘rif, aksioma shaklida xulosalar chiqariladi. Yangi o‘quv materialini o‘rganishda o‘quvchilarning oldin o‘rgangan bilimlari, hosil qilingan malakalari, hayotiy tajribalariga tayanish ta‘limning samaradorligini oshiradi. O‘rganilgan bilimlarni, malakalarni, tajribalarni esga tushirish va undan bilimlarni ongli o‘zlashtirish vositasi sifatida foydalanish turli yo‘llar bilan amalga oshiriladi: yangi mavzuni o‘rganish uchun kerakli bilimlarni, malakalarni o‘qituvchining o‘zi eslatadi va yangi bilimlar o‘zlashtirilgan mavzuning davomi sifatida tushuntiriladi: oldin o‘rganilgan materialni o‘quvchilardan birontasi esga tushirib aytib beradi, o‘qituvchi o‘quvchi fikriga bog‘lab o‘z tushuntirishlarini boshlaydi; o‘tilgan mavzu yuzasidan sinf jamoasi bilan suhbat o‘tkazadilar, keyin yangi mavzuni tushuntirishga o‘tiladi; o‘tilgan mavzuga oid mustaqil ish tashkil etiladi, bajarilgan mustaqil ish ustida suhbat o‘tkaziladi, so‘ngra mavzuni izohlashga kirishiladi. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling