11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/213
Sana07.11.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1753372
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   213
Bog'liq
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи

Muammoli darslar 
Yangi o‘quv materialini o‘rganish va mustahkamlash darsning yana bir turi 
muammoli darslardir. O‘quvchilarning mustaqil aqliy faoliyati bunday darslarning 
psixologik zamini sanaladi. Bu darslarga ham an‘anaviy darslarga o‘xshab qator 
pedagogik talablar qo‘yiladi. Ilmiylik,sistemalilik, izchillik, onglilik va didaktik 
talablar sanaladi. Shu bilan birga, muammoli darslarning o‘ziga xos hususiyatlari 
ham mavjud. Muammoli dars ta‘limning boshqa turlari, tizimlarini, metodlarini 
tamomila inkor etmaydi. Uning asosiy hususiyati ta‘lim jarayonining ma‘lum 
bo‘limida yangi bilimlarni o‘rganish jarayonida yangicha bilim, yangicha faoliyat 
ko‘rsatish metodlarni ijodiy egallash bilan harakterlanadi. 
Muammoli darslar quyidagicha tashkil etiladi: -darsning boshlanishi, bu 
bosqichda bolalarning o‘quv materialiga qiziqishlarini oshirishga oid ishlar 
qilinadi, mavzuga doir muammo yoki muammolar qo‘yiladi; 
-qo‘yilgan muammo ustida o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikda 
ishlashi. Bu bosqichda o‘quvchilar muammo, uni bajarish bo‘yicha o‘z fikrlarini 
o‘rtaga tashlashib fikrlashadi; 
-muammoni еchish metodini tanlash. Bu bosqichda bolalar aytgan 
metodlar(farazlardan) biri tanlanadi; 
-tanlangan metod asosida ko‘plab muammo bajariladi; 
-muammo yuzasidan xulosa chiqariladi, chiqarilgan xulosa yangi o‘quv 
sharoitiga tatbiq etiladi. 
O‘tganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darslari 


O‘quv fanlari bo‘yicha o‘rganilgan bilimlarning puxtaligi ko‘p jihatdan 
takrorlash va malaka hosil qilish darslarini tashkil qilishga bog‘liq. Bunday 
darslarda oldin o‘rganilgan bilimlarga, qoida va ta‘riflarga takroriy duch kelinadi. 
O‘rganilgan o‘quv materialiga takroriy qaytish va shu mavzuga oid omil to‘plash, 
tahlil etish, solishtirish asosida olib boriladi, mavzu bo‘yicha еtarli mashq qilinadi. 
Mashq qilish, bilimlarni turli o‘quv sharoitlariga tatbiq etish yo‘li bilan o‘rganilgan 
bilimlar takroriy tasavvur etiladi. Ana shunga ko‘ra bu dars turi oldin o‘rganilgan 
bilimlarni qayta esga tushirish va esga tushirilgan bilimlarni turli o‘quv 
sharoitlariga tatbiq etish shakli sanaladi. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling