11-mavzu. Kirish. Din madaniyat fenomeni
Urug’-qabila dinlarini o’qitish metodikasi. Fetishizm, totemizm va shamanizm: Qadimgi Avstraliya, Afrika, Amerika dinlaridagi unsurlar
Download 127.51 Kb.
|
Urug’-qabila dinlarini o’qitish metodikasi. Fetishizm, totemizm va shamanizm: Qadimgi Avstraliya, Afrika, Amerika dinlaridagi unsurlar.
Fetishizm. (fetish so’zi frantsuzcha fetishe- but, sanam, tumor ma’nosidagi so’zni anglatadi) U tabiatdagi jonsiz predmetlarga sig’inishdir. Fetish ham salbiy, ham ijobiy ta’sir etish kuchiga ega. Fetishizm yog’och, loy va boshqa materiallardan yasalgan buyumlarning paydo bo’lishi bilan bir paytda shakllangan. Butlarda, tumorlarda jamoalar g’ayri tabiiy dunyodan keladigan ilohiy qudratning timsolini ko’rdilar. Ibtidoiy odamlarning dastlabki diniy taassurotlari umumiy majmuasining shakllanish jarayonida fetishizm yakunlovchi bosqich bo’lib qoldi. Dunyo haqidagi tasavvurlar vaqt o’tishi bilan takomillashib bordi va insoniyat hayotida uzoq vaqt mobaynida o’z ta’sirini o’tkazib keldi. Barcha dinlardagi haykallar, suratlar, tumor, ko’zmunchoq va turli ramzlar hozirgi davrda saqlanib qolgan. Totemizm. Totem so’zi-SHimoliy Amerikada yashaydigan Ojibva qabilasi tilida «uning urug’i» ma’nosini anglatadi. Uning mohiyati «odamlarning hayvonot yoki o’simlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqalari bor», deb e’tqod kilishidir. Urug’dosh guruhlar o’zlarini umumiy belgilari va totemlari bo’lgan hayvon va o’simlikdan kelib chiqqan deb bilar edilar. Totemlar va odamlar orasidagi aloqalar uzoq o’tmishga tegishli bo’lib, uni qadimgi rivoyatlar tasdiqlaydi. Masalan Avstraliya Aborigenlari orasida saqlanib qolgan afsonalardagi tasavvurlar. Totemizm ta’sirida paydo bo’lgan urf-odatlar, normalar asrlar davomida qat’iy ravishda qo’llanildi. Tabu-ta’qiqlash, ya’ni totemni ozuqa sifatida iste’mol qilishni ta’qiqlash tizimi paydo bo’ldi. Faqatgina ba’zi diniy marosimlarda ruhoniylar yoki qabila boshliqlariga totemni yeyish ruhsat etilgan. Totemizm urug’chilik jamoasi-ijtimoiy jamoalarning eng birinchisida diniy ko’rinishlarning tarixiy asosi bo’lib qoldi. Totemizm asosiy vazifalari -birlashtiruvchilik va tartibga soluvchilik edi. Totemizm diniy shakllarining ilki bo’lishiga qaramasdan hozirda ham ba’zi xalqlarning urf-odatlarida, e’tiqodlarida uning qoldiqlari saqlanib qolgan. (Masalan, Hindistonda sigir, Avstraliyada kenguru, qirg’izlarda oq bug’u afsonaviy baxt keltruvchi hayvon sifatida ulug’lanadi). Download 127.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling