11-mavzu. Kirish. Din madaniyat fenomeni


Download 127.51 Kb.
bet5/19
Sana28.12.2022
Hajmi127.51 Kb.
#1013131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
SHomonlik yohud sehrgarlik(«shomon»so’zi tungus tilidagi ma’nosi «sehrgarlik»). Sehrgarlik (afsun, magiya) real natija olish uchun ilohiy kuchlarga ta’sir etish maqsadida amalga oshiriladigan ritual urf-odatlar majmuasidir. U totemizm va animizm bilan bir vaqtda paydr bo’lgan bo’lib, u orqali kishilar o’z totemlari, ota-bobolarining ruhlari bilan hayolan bog’lanishni amalga oshirib kelganlar. U qadim o’tmishda paydo bo’lgan bo’lib, minglab yillar davomida rivojlangan. Afsungarlik urf- odatlari bilan maxsus kishilar-shomonlar, afsungarlar shug’ullanganlar. O’tmishda ko’proq ayollar shamanlik bilan shug’ullanganlar. SHamanlar, afsungarlar jazavali , asabiy kishilar bo’lib, odamlar ularning ruhlar bilan muloqotda bo’lishlariga ularga jamoaning umid va niyatlarini yetkazish, ularning irodasini talqin qilish qobiliyatiga ega ekanligiga chuqr ishonganlar. SHomonlar ritual harakatlari orqali - ovoz chiqarish, ashula aytish, raqsga tushish, sakrash yo’li bilan nog’oralar va qo’ng’iroqlar ovozlari ostida o’zlarini jazavaga solib, o’zini yo’qotish, jazavani yuqori natijaga yetkazish bilan afsungarlik qilishgan. SHomon marosim oxirida bir holatga kelib hech narsani eshitmay, ko’rmay qolar edi. SHuning uchun uning ruhlar dunyosi bilan muloqoti huddi shu holatda amalga oshadi deb hisoblanardi. Afsungarlik odamlarning fikr yuritishi, ongining mustahkamlanishida katta rolь o’ynadi. Bu diniy ongning shakllanishida muhim o’rin tutdi.
Sehrgarlik marosimlari yakka holda yoki jamoa bo’lib amalga oshirilishi mumkin edi.
Afsungarlik maqsadga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:

  1. Zarar keltiruvchi;

  2. Harbiy afsungarlik (qurol aslahani sehrlash);

  3. Sevgi afsungarligi («issiq», «sovuq» qilish)

  4. Tibbiy afsungarlik (davolash maqsadida)

  5. Ob-havo afsungarligi( yomg’ir chaqirish)

Sehrgarlik zamonaviy dinlarda va turli xalqlar urf-odatlarida saqlanib qolgan.
Ibtidoiy mifologiya. Ibtidoiy odamning tasavvuri, e’tiqodlari majmuasi, hayotdagi qiyinchiliklari, muammolari, yutuqlari og’zaki ijodda aks etib, u odamlarning ongida qolib, turli afsonalarning yaratilishiga sabab bo’lgan. Ibtidoiy mifologiyani tashkil etgan ijod doim odamlarning ma’naviy hayoti, ibodati, hissiyotlari va diniy tasavvurlari bilan chambarchas bog’liq edi. Masalan, olovni topish, oila va nikohlar shaklini o’rnatish, mehnat va ov qurollarini yasash, boshqa jasoratlarga oid aqidalarni tashkil qilish. Kosmogonik syujetlar ibtidoiy mifologiyada katta o’rin egallagan, ya’ni yer va osmon. quyosh va oy, o’simlik va hayvonot, odamning yaratilishi to’g’risida rivoyatlar, afsonalarda diniy tasavvurlarning ta’siri namoyon bo’lgan. Hayot va o’lim, tabiat va madaniyat, ayol va erkaklar orasidagi aloqalar ibtidoiy mifologiyada tasvirlangan edi.

Download 127.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling