11-Mavzu: Kommunal xo‘jalik tarmog‘ining rivojlanishi Reja
Biosferadagi suv resurslarining zahirasi
Download 71.3 Kb.
|
11-Mavzu o\'zg
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chuchuk suvning umumiy hajmiga nisbati, (%)
Biosferadagi suv resurslarining zahirasi
Yer osti suv zahiralari ham talaygina – 23,4 mln km.kub. Lekin ularning foydalanish mumkin bo‘lgan qismi bor-yo‘g‘i 4 mln. km. kub bo‘lib, ulardan ham amalda kam foydalaniladi. Inson uchun kundalik hayotda bevosita foydalaniladigan chuchuk suv - bu daryo suvlari bo‘lib, ularning zahirasi juda kam - bor-yo‘g‘i 1200 km.kub. yoki chuchuk suv zahirasining 0,04% ni tashkil qiladi. Buning ustiga mavjud daryolar qit’alar bo‘ylab notekis joylashgan: dunyo aholisining 70% yashaydigan Yevropa va Osiyo qit’alarida jami daryo suvining 39% joylashgan, xolos. Daryo suvlari miqdori hamdo‘stlik mamlakatlari hududlarida, shu jumladan alohida olingan bir mamlakat hududida ham turlicha joylashgan. Ulardagi jami suv 4350 km.kub bo‘lib, bu dunyo miqyosidagi daryo suvlari miqdorining 14% ni tashkil qiladi. Bu suvning 82% jami aholining 20% joylashgan Shimoliy muz okeani va Tinch okeani havzalarida, qolgan 18% aholi nisbatan zich joylashgan Qora dengiz, Boltiq dengizi, Kaspiy va Orol dengizlari havzasida joylashgan. Markaziy Osiyo respublikalari, ayniqsa O‘zbekiston, Turkmaniston va Qozog‘iston hududlari ham kamsuv rayonlar qatoriga kiradi. O‘zbekiston respublikasi hududida vujudga keladigan daryo suvlari atigi 10 km.kub bo‘lib, bu hamdo‘stlik mamlakatlari jami daryo suvlarining 0,23%ni tashkil qiladi. Bu va bunga o‘xshagan ma'lumotlar qurg‘oqchil hududlarda suvni iflosmaslik, undan tejamkorlik bilan foydalanishni taqozo qiladi. Chuchuk suv tabiatdagi biologik jarayonlarning asosini tashkil qilibgina qolmay, undan xalq xo‘jaligining turli sohalarida, kishilarning kundalik turmushida keng foydalaniladi. Sanoat ishlab chiqarishi, qishloq xo‘jaligi va kommunal sohalarni suvsiz tasavvur qilish mumkin emas. Zamonaviy korxonalarda ishlab chiqarish jarayonlariga sarflanayotgan suv miqdori ishlab chiqarilayotgan mahsulot og‘irligiga nisbatan yuzlab va minglab marta ko‘pdir. Masalan, 1 tonna po‘lat ishlab chiqarishga 250 tonna suv ishlatiladi, qog‘oz ishlab chiqarish ham taxminan shuncha suvni talab qiladi, 1 tonna alyuminiy ishlab chiqarish uchun 1500 tonna, 1 tonna nikelga 4000 tonna, 1 tonna sintetik tolaga 5000 tonna suv sarflanadi. Sanoatda ishlatiladigan suv asosan texnologik uskunalarni sovutishga ketadi. Atom elektrostantsiyasida ming megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun reaktorlarni sovutishga 3 mln. litr suv sarflanadi. Dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish ayniqsa ko‘p miqdorda chuchuk suvni talab qiladi. Ma’lumotlarga qaraganda turli xildagi o‘simliklar 1 kg. quruq massa hosil qilish uchun 150-1000 m. kubgacha suv sarflaydi. 1 tonna bug‘doy olish uchun 1500 tonna, 1 tonna sholiga 8000-10000 tonna, 1 tonna paxtaga esa 10000 tonnagacha suv sarflanadi. Yer sharida sug‘oriladigan yerlar maydoni 220 mln. gektar bo‘lib, har bir gektarni sug‘orishga yilida o‘rtacha 12-14 ming. m. kub suv sarflanadi. Masalan, 1 gektar makkajo‘xori uchun vegetatsiya davomida 3 mln. litr suv sarflanadi, 1 gektar karamga 8 mln litr, 1 gektar sholiga esa 20 mln. litrgacha suv sarflanadi. Bunga qo‘shimcha ravishda yerlarning sho‘rini yuvishda ham anchagina suv sarflanadi. Hisoblarga ko‘ra dunyo dehqonchiligi uchun suvning yillik sarfi o‘rtacha 2,8 ming km.kub bo‘lib, bu suv daryolardan va yer ostidan olinadi. Bu ko‘rsatkich yer sharidagi daryolar yillik oqimining 7% dan ortiqdir. Chuchuk suv zahiralardan kommunal maqsadlarda ham keng foydalaniladi. Dunyo miqyosida olib qaraladigan bo‘lsa, bu maqsadlarda sutkasiga odam boshiga 220-230 litr suv sarflanadi, shundan 5% yeb-ichishga, qolgani yuvish va yuvinish ishlariga sarf bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich markazlashgan suv quvurlari bilan ta'minlagan shaharlarda (280 litr) qishloq joylariga (50-60 litr) qaraganda ancha yuqori bo‘ladi. Aholining kundalik turmushi uchun suv sarfi dunyoning rivojlangan kapitalistik mamlakatlarida nisbatan ko‘p. Bu borada AQSH yetakchi o‘rinni egallaydi. Bu mamlakatda jami aholining 99% markaziy quvurlar suvidan bahramand qilingan bo‘lib, sutkalik suv sarfi shaharlarda jon boshiga 330 litr, qishloqda esa 250 litrni tashkil qiladi. Xalq xo‘jaligining rivojlanishi va aholi sonining beto‘xtov o‘sishi chuchuk suv zahiralaridan tobora ko‘proq foydalanishni taqozo etadi. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda nafaqat yer usti chuchuk suvlari, balkim yer osti suv zahiralari ham ko‘plab ishlatilmoqda. Bu zahiralar ba'zi mamlakatlarda ularning hosil bo‘lishiga qaraganda tezroq sarflanayapti. Masalan, AQSH da yer osti suv zahiralarining miqdori 1910 yilda 490 km. kub bo‘lgan bo‘lsa, 1959 yilda 62 km. kubga tushib qoldi. Bu mamlakatning Kaliforniya, Arizona va Texas shtatlarida yer osti suvlarining zahirasi hozirgi kunda qariyb tugadi. Boshqa mamlakatlarda, masalan, Avstriya va Daniyada aholining suvga bo‘lgan ehtiyoji to‘liq ravishda, Gollandiyada ehtiyojning 80% va Germaniyada uning 40% yer osti suvlari hisobiga qondirilmoqda. Hisoblarga ko‘ra chuchuk suv zahiralaridan foydalanish bo‘yicha oldingi o‘rinda qishloq xo‘jaligi (66%), undan keyin sanoat va energetika (27%), oxirgi o‘rinda aholining kommunal ehtiyojlari (7%) turadi. Dunyo miqyosida sanoat ishlab chiqarishi va energetikaga yilida 1000 km. kub suv sarflanadi. Issiqlik va atom elektr stantsiyalarining agregatlarini sovutishda ham juda ko‘p suv ketadi. Masalan, quvvati 2,5 mln. kvt bo‘lgan issiqlik elektr stantsiyasi agregatlarini sovutish uchun Dnepr daryosi o‘rta qismining yoz faslidagi o‘rtacha suv miqdori (90-100 m. kub G sek.) ga teng suv sarflanadi. Holbuki dunyoda bunga o‘xshash yuzlab elektr stantsiyalari to‘la quvvat bilan ishlamoqda. Sayyoramiz aholisining kundalik turmush ehtiyojlariga sutkasida 7 mln. tonna suv sarflanmoqda. Shunday qilib, xalq xo‘jaligining rivojlanishi va aholi sonining beto‘xtov o‘sib borishi bilan ularga sarflanadigan suv miqdori ham ko‘paymoqda. Buning ustiga daryolar bo‘yidagi o‘rmon va to‘qayzorlarning yo‘qotilishi, o‘tloq va botqoqlarning quritib o‘zlashtirilishi bilan daryolarning suv saqlash qobiliyati pasayib ketdi. Buning oqibatida, bir tomondan, ularning suvi tez oqib o‘tib dengiz va okeanlarga quyilayapti va nihoyat, yalang‘och sohillardan suvning havoga bug‘lanishi tezlashmoqda. Shuning uchun ham, garchi quruqlikdagi suv zahiralari tabiatda aylanib turishi tufayli to‘xtovsiz tiklanib tursada, hozirgi kunda ba’zi joylarda chuchuk suv tanqisligi keskinlashib bormoqda. Chunki bu joylarda suvning sarflanish tezligi tiklanish tezligidan jadallab ketdi. Bu hol ayniqsa rivojlangan mamlakalarda yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Yevropaning qator rivojlangan mamlakatlarida, jumladan Angliya, Germaniya, Fransiya, AQSH va Kanadada sanoat va turmush ehtiyojlari uchun toza suv yetishmay qolmoqda. Ba’zi joylarda chuchuk suv hatto eksport predmetiga aylandi. Masalan, Gonkkong chuchuk suvni quvurlar orqali Xitoydan oladi. Jazoyir mamlakati ham tashib keltiriladigan suv hisobiga kun kechirmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Jahon Bankining ma'lumotlariga5 ko‘ra hozirgi kunda Yer shari aholisining 40% joylashgan 80 ta mamlakatda ichimlik suvining tanqisligi sezilmoqda. Ayniqsa 1 mlrd. aholini qamrab olgan rivojlanayotgan mamlakatlarda kishilar toza ichimlik suvi yetishmasligidan jiddiy qiynalmoqdalar. Bu mamlakatlarda yetarlicha tozalanmagan suvni iste'mol qilish oqibatida turli kasalliklarga chalinib, har yili taxminan 10 mln kishi hayotdan ko‘z yumadi. Bunday tashvishli signallar jahon jamoatchiligini hushyorlikka undaydi, kishilar tasavvurida «bitmas-tuganmas» bo‘lib ko‘ringan chuchuk suv zahiralarining hisob-kitobi borligidan, unga xo‘jasizlarcha munosabatda bo‘lish, ularni isrof qilish va ifloslash global masshtabda suv tanqisligini keltirib chiqarishi mumkinligidan ogoh qiladi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra suvlarning ifloslanishi oqibatida aholi o‘rtasida kelib chiqayotgan yuqumli kasalliklar miqdor va sifat jihatidan tobora ko‘payib bormoqda. Tibbiy statistika tasdiqlashicha odamlarda sodir bo‘layotgan jami kasalliklarning 30% ichimlik suvining sifati yomonligidan kelib chikmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 80% gachani tashkil qiladi. BMT va Jahon banki bergan ma'lumotlarga ko‘ra sifatsiz suvni iste'mol qilish oqibatida Sayyoramizda yilida 50 mln. kishi suv iflosligidan kasallanadi va uning beshdan bir qismi hayotdan ko‘z yumadi. Bunday noxush jarayonning oldini olish, uning rivojlanishga yo‘l bermaslik maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2003 yilni jahonda «Chuchuk suv yili» deb e'lon qildi. Insoniyat oldida turgan ko‘pdan-ko‘p vazifalar orasida suv resurslarini toza saqlash va ulardan oqilona foydalanish alohida o‘rin tutadi. Suvning tabiatda aylanib turishi nafaqat suv miqdorining barqarorligini ta'minlaydi, balki uning sifatini ham tiklab turadi. Tekshirishlar ko‘rsatishcha, tabiatda aylanish jarayonida atmosfera namligi 8-10 kun davomida to‘liq yangilanadi ya’ni shu davr mobaynida u to‘liq aylanadi. Bu jarayon daryo suvlarida 12-16 kunni, ko‘l suvlarida 200-300 yilni, okean suvlarida esa 3000 yilni o‘z ichiga oladi. Ifoslangan suvni biotexnologik yo‘l bilan tozalash bo‘yicha Buxoro davlat universiteti mutaxassisilari keyingi yillarda qator tavsiyalar ishlab chiqmoqdalar. Ularga ko‘ra biofiltr sifatida mikroskopik suv o‘tlaridan (masalan, stsenodermusdan) foydalanib yengil sanoat oqavalarini ammiak, nitrit va nitratlardan tozalash mumkin. O‘rta Osiyo respublikalari daryolarining suvlari Tyan-Shon va Pomir-Oloy tog‘ tizmalarida vujudga keladi. Bu suvlarning umumiy hajmi 136 mlrd m. kub bo‘lib, shundan 110,4 mlrd m. kubi (81,2%) O‘rta Osiyo hududida vujudga keladi; 25,6 mlrd m. kub suv Afg‘oniston va Eron mamlakatlari hududidan kelib qo‘shiladi. Daryolarning ko‘pchilida oqadigan suvlar qor-yomg‘ir suvlari bo‘lib, ozrog‘i muzlik-qor suvlaridir. Yer osti suvlarining umumiy hajmi yer usti suvlari hajmining taxminan 13,5% ga teng. Yer osti suvlarining yarmidan ko‘prog‘i O‘zbekiston respublikasi hududida, qolgani Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston respublikalari hududida joylashgan. O‘zbekistondagi yer osti suvlarining ko‘p qismi Farg‘ona va Toshkent atrofidagi vodiylarda, Qirg‘izistondagi yer osti suvlarining 77% respublikaning shimoliy hududlarida, Tojikistonda uning janubiy-g‘arbiy qismida, Turkmanistonda esa Kopetdog atroflarida hamda Murg‘ob va Tedjen daryolari boshlanadigan hududlarda joylashgan. O‘rta Osiyo respublikalarida, ular ma'muriy jihatdan shakllangan vaqtdan boshlab, irrigatsiya ishlariga e'tibor berildi. 1926-1927 yillarda irrigatsiya tarixida birinchi marta suvdan rejali foydalanish, ya’ni tuproq sharoiti va ekin turlari xususiyatlarini hamda maydon miqdorini hisobga olgan holda sug‘orish tadbirlari ishlab chiqildi. Bu tadbirlarni amalga oshirish maqsadida keng ko‘lamda ilmiy-tekshirish va qidiruv ishlari olib boriladi. Bularning natijasi o‘laroq daryolarda tug‘onlar, suv ayirgichlar va suv omborlari qurildi, ko‘rik va bo‘z yerlar o‘zlashtirilib, ularga suv chiqarildi. 1927 yilda Zarafshon daryosida ko‘rilgan Damxo‘ja tug‘oni O‘rta Osiyoda dastlabki eng yirik inshoot bo‘ldi. 1926-1928 yillarda Sirdaryo bo‘yida Dalvarzin cho‘li, Qirg‘izistonda Krasnorechensk va Samsoniyev ko‘riklari o‘zlashtirildi. Shu yillarda Turkmanistonda Tedjen daryosida Karo‘bent tug‘oni qurildi. 1929-1933 yillarga muljallangan birinchi besh yillikda O‘zbekistonda sug‘oriladigan yerlar maydoni 246,4 ming gektarga yetkazildi, daryolardan kanal va ariqlarga suv ko‘tarib berishda chigiriklar o‘rnini suv nasoslari egallay boshladi. Tojiksitonda Vaxsh vodiysi, Qirg‘izistonda Chu, Talas vodiysi va Issiqko‘l kotlovinasi yerlarini suv bilan ta'minlash uchun kanallar qurildi. Chu daryosida O‘rtato‘qay, Chumo‘sh va Tashutkul suv omborlari barpo etildi. Keyingi besh yilliklar davomida yangi yerlarni o‘zlashtirib, ularga suv chiqarish ishlari sur'ati yanada oshirildi. Faqat 1939 yilning o‘zida O‘zbekistonda xalqning qo‘l kuchi bilan umumiy uzunligi 1332 km bo‘lgan 55 ta kanal qurildi. Shundan birgina Katta Farg‘ona kanalining uzunligi 344 km. bo‘lib, u 45 kun ichida qazib bo‘lindi. 1940 yilda Janubiy Farg‘ona kanali qazildi. Shu yillar davomida Tojikistonda Vaxsh va Xisor vodiylari, Turkmanistonda Amudaryoning o‘rta va quyi oqimlari hamda Murg‘ob vohalari dehqonchiligini suv bilan ta'minlashda katta ishlar qilindi. Qirg‘izistonda Aravan kanali qurildi. Ikkinchi Jaxon urushi yillarida O‘zbekistonda hajmi 100 mln. m. kub bo‘lgan Kattaqo‘rg‘on suv ombori qurildi. Shunday qilib, xalq xo‘jaligining rivojlanishi, ayniqsa qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining beto‘xtov o‘sishi juda katta hajmdagi suv inshootlarining barpo etilishini, daryolardan olinadigan suv miqdorining keskin oshishini talab qildi. 1969 yildagi ma'lumotlarga ko‘ra O‘rta Osiyoda 3 mingta sug‘orish shoxobchalari qurilgan bo‘lib, shundan 997 tasi Qirg‘izistonda, 974 tasi O‘zbekistonda, 500 tasi Tojikistonda va yana shunchasi Turkmaniston hududida barpo etildi. Keyinchalik esa ularning umumiy soni va uzunligi yanada ko‘paytirildi. Bu, o‘z navbatida, daryo suvlarini tobora ko‘p olib ishlatishga imkon berdi. Ayniqsa keyingi yillarda Amuduryo suvini katta hajmda olish quvvatiga ega bo‘lgan Qoraqum kanali (250 m. kub sek., 1954-1966 yillar) hamda Amu-Buxoro mashina kanalining (124 m. kubsek., 1963-1966 yillar) qurib ishga tushirilishi Zarafshon vodiysi quyi qismini va Turkmaniston respublikasi hududining katta qismini daryo suvi bilan ta'minlash imkoniyatini berdi. O‘zbekistonning asosiy suv arteriyalari Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Chirchiq va Ohangaron daryolari bo‘lib, bu daryolarda oqadigan umumiy suv hajmining juda oz qismi- 10 km. kubi respublika hududida vujudga keladi. Bu miqdor respublikada sarflanadigan yillik suv hajmining atigi 15% ini tashkil qiladi. O‘zbekistondan oqib o‘tadigan daryolar suvining asosiy qismi respublika tashqarisidagi hududlarda vujudga keladi. Amudaryo O‘zbekistondagi eng yirik daryo hisoblanadi. Uning uzunligi 1440 km bo‘lib, undan yilida o‘rtacha 78 km. kub suv oqadi. Bu suv tog‘lik hududning 227 ming kv. km. maydonidan yig‘ilib keladi. Sirdaryo garchi uzunligi jihatdan oldini o‘rinda tursada (2140 km), unda yillik oqim miqdori Amudaryoga qaraganda ikki baravar kam- 36 km. kub. Uning suvi 150 ming kv. km. maydondan to‘planadi. Respublikadagi kattayu-kichik suv omborilarining umumiy soni 53 ta bo‘lib, ularda 16 km. kub suv to‘planadi. Tekislikda joylashgan ko‘llar suvi 70 km. kubni tashkil qiladi. O‘zbekistonda suvning yillik sarfi 62-65 km. kub atrofida bo‘lib, bu suvning 25 km. kubi Amudaryodan, 11 km. kubi Sirdaryodan, 19 km. kubi qolgan boshqa daryolardan va 9-10 km. kubi yer ostidan olinadi. Sarflanadigan ana shu suvlarining 85% (53-55 km. kub) sug‘oriladigan dehqonchilikka, 12% (6 km. kub) sanoat ehtiyojlariga va 3% (1,7 km. kub) kommunal zaruriyatlarga ishlatiladi. Foydalanilgan bu suvlarning qariyb yarmi (23-25 km. kub) zovurlar orqali chiqarilib, ochiq suv havzalariga, qolgan 8-10 km. kubi esa kichik daryo va ko‘llarga tashlanadi. Keyingi yillarda qishloq xo‘jalagida mineral o‘gitlar va kimyoviy zaharlarni qo‘llash bir muncha tartibga tushdi. Shunga ko‘ra yer usti va yer osti suvlarining bunday chiqindilar bilan ifloslanishi sezarli darajada kamaydi. Lekin shunga qaramay respublikadagi suv resurslarining sanoat va turmushdan chiqqan oqava suvlar bilan ifloslanishi davom etmoqda. Respublika hududida faoliyat ko‘rsatayotgan 600 ta suv tozalagich inshootlarining ishi to‘liq samara bermayapti-ularning yarmi qoniqarsiz ishlamoqda. Suvning ifloslanishi ayniqsa sanoat korxonalari ko‘p joylashgan hududlarda, jumladan Toshkent va Fargona viloyatlarida yuqori bo‘lmoqda. Respublikaning suv manbalaridagi suv tozaligi bo‘yicha 6 tipga bo‘linadi: 1) toza suvlar – tog‘ jilg‘alarining suvlari (Pskom, Oqbuloq, Qizilsoy, Toshkesken, Terakli, Oqsuv va Geledaryo). Bu suvlarda biogen moddalar miqdori kam, minerallashish darajasi past, og‘ir metallar va pestitsidlar belgilangan me'yordan oshmaydi; 2) kuchsiz ifloslangan suvlar – tog‘ oldi hududlarining soylari (Oqtoshsoy, Ugam, Ohangaron, Gavasoy, Omonqo‘ton, soylari, Chorvoq va Xisor suv omborlari). Bu suvlarda biogen moddalar va minerallar miqdori oldingi tipdan ko‘ra ko‘proq; 3) kamroq ifloslangan suvlar – tog‘ oldi hududlari va tekislikda joylashgan aholi punktlaridan oqib o‘tadigan suvlar (Chirchik, Ohangaron, Norin, Qoradaryo, Zarafshon (Samarqand shaxridan yuqori qismi) daryolari, Chimqo‘rg‘on, Qayroqxum va Tuyamuyin suv omborlari). Bu suvlarda minerallashish, biogen moddalar va boshqa iflosliklarning miqdori belgilangan me'yordan 2-3 baravargacha yuqori; 4) biroz kamroq ifloslangan suvlar - asosan daryolarning quyi oqimlarida uchraydi (Chirchik daryosining Chirchik sanoat majmuidan quyi qismida, Qo‘qon daryosining Qo‘qon shahridan quyi qismida, Siyob va Shimoliy Bag‘dod kollektorlarida). Bu suvlarda pestitsidlar miqdori me'yordan 3-5 marta, minerallashish esa 4-5 martagacha yuqori; 5) ifloslangan suvlar - sho‘rlangan tuproqning sizot suvlari to‘planadigan zaxkashlar hamda sanoat va turmushdan chiqadigan oqava suvlar qo‘shilib ifloslangan suvlardir. Bu suvlar asosan Amudaryo havzasida, Orolbo‘yi hududlarida, Buxoro vohasida, kamroq Farg‘ona vohsida uchraydi. Bu suvlarda minerallanishish me'yoridagidan 3-5 baravar yuqori bo‘lib, ular tarkibida oqava suvlardagi murakkab iflos birikmalar mavjud; 6) o‘ta ifloslangan suvlar - aholi zich joylashgan va sanoati rivojlangan shaharlarda va ular atrofida uchraydi. Bu suvlar ayniqsa Toshkent shahridan oqib o‘tadigan Solor daryosining shahardan quyi qismida, Chirchiq daryosining Solor bilan qo‘shilgandan keyingi qismida ko‘p uchraydi. Bu suvlarda og‘ir metallar me'yordan 40-50 baravar yukori bo‘lib, turli xildagi murakkab birikmalar va zaharli moddalar miqdori ko‘p. Aholi sonining ko‘payishi, shaharlarning kengayishi, sanoat ishlab chiqarishining o‘sishi va qishloq xo‘jaligida zaharli moddalarning tobora ko‘p qo‘llanishi bilan keyingi yillargacha suvlarning ifloslanishi yuqorilab kelayotgan edi. 1994 yil yer usti suvlarining sifatini yaxshilashda burilish yili bo‘ldi. Ana shu yildan boshlab suvlarning ifloslanish darajasi to‘xtatildi va ba'zi joylarda hatto kamaytirishga erishildi. Masalan, Amudaryo va Buxoro viloyati hududidagi zaxkashlar suvining ifloslik darajasi bir oz pasaydi. Respublikada sanoatdan chiqadigan oqava suvlarining yillik miqdori 300 mln. m.kub bo‘lib, shundan 230 mln. m.kub tozalanmasdan ochiq suv havzalarga tashlanar edi. Sanoat ehtiyojlari uchun suvdan foydalanishda yopiq tsiklning rivojlantirilishi sanoat oqava suvlari miqdorini kamaytirish imkonini berayapti. 1994 yilda oldingi yilga qaraganda oqava suvlar 69 mln m.kubga kamaydi. Yer usti suvlarining sifati yaxshilanishi, sugoriladigan dehqonchilikda suvga nisbatan xo‘jasizlik oqibatlarining kamaytirilishi natijasida 1994 yildan boshlab yer sug‘orishdagi yillik suv xarajatlarining amaldagi me'yori ancha kamaydi. Bu ko‘rsatkich 1993 yilda gektariga 13,2 ming m. kubni tashkil qilgan bo‘lsa, 1994 yilda 12,6 ming m.kubga tushdi. O‘zbekistonda yer osti suvlarining yillik zahirasi, 19 km. kub bo‘lib, shundan har yili o‘rtacha 9,5 km. kubi olib ishlatilyapti. Ishlatilayotgan bu suvning asosiy qismida minerallashish 3 mgl. dan oshmaydi. Bu ko‘rsatkich suvning sifati yaxshiligidan dalolat beradi va shuning uchun ham uning uchdan bir qismi (3,43 km.kub) aholini ichimlik suvi bilan ta'minlashga, qolgani texnik maqsadlarga sarflanmoqda. Lekin umuman olganda respublikaning ba'zi hududlarida yer osti suvlarining sifati tobora yomonlashib bormoqda. Keyingi 15-20 yil davomida respublikaning g‘arbiy va janubiy-g‘arbiy hududlarida, jumladan Qoraqalpog‘iston avtomnom respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlari hududida yer osti suvlarining minerallashish darajasi bir necha martaga oshib ketdi. Hozirgi paytda respublikaning sharqiy hududida sanoat markazlari atrofida ham ahvol tashvishli bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa Qo‘qon, Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlari yer osti suvlarining sifati juda yomon bo‘lib, bu suvlarda azot birikmalari me'yordagidan 10 baravargacha, neft mahsulotlari va fenollar esa 100 baravargacha ko‘p. Yer osti suvlari tarkibida nitratlar, fosfatlar, tsianidlar va turli minerallarining ko‘payib ketishi Toshkent viloyatidagi Pskem vodozaborini butunlay ishdan chiqardi. Keyingi yillarda Zarafshon shahrida tog‘-kon sanoatining rivojlanishi, ulardagi texnologik jarayonlar natijasi o‘laroq Navoiy va Buxoro viloyatlarida ham yer osti suvlarining sifati yomonlashib bormoqda. Hozirgi kunda bu suvlarda molibden, tsianidlar, ammiak va nitratlar miqdori me'yordan 7-30 martagacha oshadi. Bu esa o‘z navbatida Zarafshon shahri aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlashda uzilish xavfini tug‘dirmoqda. Keyingi yillarda O‘zbekistonda aholini markazlashgan tartibda quvurlar orqali ichimlik suvi bilan ta'minlashga katta e'tibor berilmoqda. Shu maqsadda 1990-1994 yillar davomida 13,5 ming km. suv quvurlari tortildi. 1990 yilda shahar aholisining 81% va qishloq aholisining 52% markazlashgan tartibda ichimlik suvi bilan ta'minlangan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1994 yilda shaharliklar uchun 84% va qishloq ahli uchun 58,9% ni tashkil qildi. Uzunligi 210 km.ni tashkil qilgan Damxo‘ja-Buxoro suv quvurining ishga tushirilishi Zarafshon vohasining quyi qismida yashayotgan xalqlarni sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlash muammosini birmuncha hal qildi. Yer osti suvlarining foydalanilmay qolayotgan zahirasi mavjudligi kelajakda xalqning toza ichimlik suviga bo‘lgan talabini qondirishda muhim o‘rin tutadi. 11.6 Shahar elektr transporti rivojlanishining indekativ rejasi hisob kitoblarida qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar: transport tarmoqlari uzunligi, tashiladigan passajirlar soni, texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlar. Urbanizasiya jarayonining jadallashuvi, megapolis shaharlarning ko‘payishi, aholi sonining o‘sishi natijasida jamoat transportiga bo‘lgan talab va ehtiyoj yil sayin oshib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida, jamoat transporti xizmati sifatini oshirish, madaniyatini yuksaltirish, uni bugungi davr va sharoitga moslashtirishni taqozo etmoqda. Prezidentimiz soha mutasaddilari oldiga jamoat transportini tubdan isloh etish, mamlakatimizning tuman va shaharlarida jamoat transportini rivojlantirish, hududlarning unga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, transport infratuzilmasini tashkil etish, transport-logistika masalalariga ilmiy jihatdan yondashish, xususan, xorijiy tajribani o‘rganish, sohaga zamonaviy kadrlarni tayyorlash va jalb etish vazifalarini qo‘ydi. Tahlillar bugungi kunda jamoat transportidan samarali foydalanish bilan bog‘liq bir qator muammolar o‘z ilmiy echimini kutayotganini ko‘rsatmoqda. Jumladan, aholiga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalari parkini yangilash va ulardan foydalanish darajasini oshirish, yo‘lovchi tashish xarajatlari va avtomobillarni ishlatish ko‘rsatkichlari o‘rtasida oqilona mutanosiblik o‘rnatish, jamoat transportidan foydalanish tariflarining asossiz o‘sib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kabi muhim masalalar shular jumlasidandir.Respublikamiz hududi keng, aholi soni ortishi asnosida ular istiqomat qiluvchi katta-kichik punktlar soni ham tobora ko‘payib boryapti. Oldimizda aholi punktlarini tuman va shahar markazlari bilan bog‘lovchi yangi yo‘nalishlar tashkil etish, yo‘nalishlarda yo‘lovchilar oqimi va ekspluatasiya sharoitiga mos harakat tarkibini shakllantirish kabi vazifalar turibdi. Shuningdek, yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, tashish va texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlarini qamrab oluvchi tezkor axborot tizimini shakllantirish, aholini belgilangan yo‘nalishlarda yo‘l infratuzilma ob'ektlari bilan ta'minlanganlik darajasini oshirish hamda yo‘lovchi transporti xizmati ko‘rsatuvchi korxonalar xodimlari malakasini oshirishni yanada takomillashtirish zarur. Transport universitetida mazkur muammolar echimiga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari bazasi shakllantirilgan. Professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar tomonidan tizimli ilmiy ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda ilg‘or mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, yirik shaharlar va ularning aglomerasiyasi, chekka aholi punktlarini tuman markazlari bilan bog‘lovchi jamoat transporti yo‘nalishlarini ochishda davlat va xususiy sheriklik amaliyotini keng joriy etish lozim. Masalan, qishloqlar bilan tuman markazini bog‘lovchi yo‘nalishlarni ochishda harakatdagi tarkibni xarid qilish, yo‘nalish bo‘ylab bekatlar va boshqa infratuzilma ob'ektlarini ishga tushirish, ularni axborot ekranlari bilan jihozlashni kichik biznes vakillariga ma'lum bir imtiyozli shartlarda berish yo‘lovchilarga o‘z vaqtida va sifatli transport xizmati taqdim etishni ta'minlaydi. Bu borada bir guruh tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlanayotgan “Davlat va xususiy biznes sherikligi asosida tuman (shahar) jamoat transportini rivojlantirish dasturining raqamlashtirilgan modeli” mavzusidagi yirik loyiha yakuniga etay deb qoldi. Loyiha dasturiy ahamiyatga ega bo‘lib, u respublikamizning barcha qishloqlari bilan tuman markazlari o‘rtasida jamoat transporti faoliyatini yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan. Ushbu dasturni amalga oshirish asnosida to‘liq xususiy kapitalni jalb etish orqali 1000 ga yaqin yangi yo‘nalishlarni ochish va mavjudlarini optimallashtirish hisobiga 20 mingdan ortiq yangi ish o‘rni tashkil etish imkoniyati paydo bo‘ladi.Qishloqlarda jamoat transporti ahamiyatini oshirish hisobiga har bir yo‘nalishga investorlarni jalb qilishga erishish mumkin. Yangi ochiladigan barcha yo‘nalishda tashish jarayoni yagona elektron platformada, avtomatlashtirilgan tarzda tashkil etiladi. Yo‘lovchilar uchun mobil` ilovalar, aqlli (smart) bekatlar, mahalliy operatorlarning o‘zaro autsorsing, insorsing operasiyalarini tezkor amalga oshirish platformalari operatorlar faoliyati, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilaydi, baholash jarayonida korruptsiya va inson omili ta'sirini bartaraf qiladi. Eng muhimi, yo‘lovchilarga kerakli hajmda, hamyonbop, kafolatlangan va sifatli transport xizmati ko‘rsatishni ta'minlaydi.Yirik shaharlarda transport oqimi yuqori bo‘lishi hisobiga tirbandlik vujudga keladi. Bu esa avtobuslarning belgilangan qatnov jadvalidan chiqib ketishiga, harakat intervalining buzilishiga, bekatlarda yo‘lovchilarning kutib qolishiga sabab bo‘ladi.Bunday holatlarda, tabiiyki, rivojlangan mamlakatlar tajribasiga murojaat qilinadi. Muammolarning echimi sifatida hozirgi kunda rivojlangan davlatlarning yirik shaharlari, masalan, Kuritiba (Braziliya), Istanbul (Turkiya), Manxetten (AQSH) va boshqa shaharlarda “BRT” (Bus rapid transit — Tezyurar avtobus) tizimi keng qo‘llanilmoqda.Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 martdagi qarorida Toshkent shahrining Farg‘ona yo‘li ko‘chasida tezkor avtobus qatnovini tashkil etish maqsadida tajriba tariqasida maxsus yo‘lak (BRT)ni amalga oshirish yuzasidan eng yaxshi takliflarni tanlab olish, 20 ta zamonaviy elektrobus va ularni quvvatlash uskunalarini xarid qilish belgilangan. Bunday tizimning qator afzallik jihatlari mavjud. Birinchidan, avtobus alohida yo‘lda harakatlangani sababli tirband holat yuzaga kelmaydi, ikkinchidan, haydovchi yo‘lkira to‘plash uchun chalg‘imaydi. Chunki yo‘lkira oldindan amalga oshiriladi: yo‘lovchi unga bekatdan turniket orqali chiqadi.“BRT” tizimini qo‘llash jamoat transporti jozibadorligini, ish samaradorligi va ishonchliligini oshiradi, transport tirbandligi, shovqin, atrof-muhitga chiqariladigan zaharli gazlar miqdori, yonilg‘i sarfini kamaytiradi.Ammo shuni aytib o‘tish kerakki, “BRT” tizimini shaharning barcha ko‘chalarida qo‘llab bo‘lmaydi. Mazkur tizimni qo‘llashda yo‘lning qatnov qismi kengligi, undagi transport vositalari harakati jadalligi, vujudga kelishi mumkin bo‘lgan transport tirbandligi, yo‘lovchilar oqimi kabi ko‘rsatkich va omillar asos qilib olinadi. “BRT” tizimi yo‘lovchilar, transport vositalari, piyodalar oqimi harakati yo‘nalishi, jadalligi, tezligiga ta'sir ko‘rsatadigan darajadagi yirik loyiha hisoblanadi. SHu bois, mazkur tizimni shahar hududining qolgan barcha jamoat transporti ishi bilan muvofiqlashtirish lozim. Bu, albatta, anchayin murakkab masala. Murakkabligi shundaki, yo‘lovchilarning ham, transport vositalarining ham, piyodalarning ham harakat ko‘rsatkichlariga (yo‘nalishi, miqdori, tezligi va hokazo) yuzaga kelish mumkin bo‘lgan turli ehtimolli holatlar o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Ya’ni, soddaroq qilib aytganda, keyingi bekatda avtobusga nechta yo‘lovchi chiqmoqchi, ertaga qor yoki yomg‘ir yog‘sa, yo‘nalishda yo‘lovchilar oqimi qancha miqdorga oshadi yoki kamayadi, “Paxtakor” stadionida xalqaro darajadagi futbol musobaqasi o‘tkazilishi qaysi yo‘nalishlarda yo‘lovchilar sonini oshiradi, qaysi yo‘nalishlarda kamaytiradi, degan savollarga maxsus algoritm, hisoblash modeli asosida javob topiladi. Transport qatnovi muammolarini hal etishda zamonaviy texnologiyalar muhim o‘rin tutadi. Ilgari jahon tajribasida megapolis shaharlarda har 10 yilda yo‘lovchilar oqimi o‘rganilar edi. Hozirgi kunda bunga deyarli hojat qolmadi. Chunki jamoat transporti uchun yagona to‘lov kartalarining joriy etilishi mazkur muammoga echim bo‘lmoqda. Ma'lumki, Toshkent shahrida jamoat transportining bir nechta turi uchun yagona to‘lov kartasi joriy etilmoqda. Bu, o‘z navbatida, yo‘lovchilar oqimi, yo‘nalishi, hajmi va boshqa ko‘rsatkichlarni vaqt kesimida (onlayn) aniqlash imkonini yaratadi. Buning natijasida jamoat transporti ishini rejalashtirish osonlashadi. Mazkur tizim ishga to‘liq tushganidan so‘ng shaharni transport bilan yuklanganlik darajasini hududlar kesimida bir maromda taqsimlanishiga erishish, ya’ni yo‘lovchilar oqimini boshqarish imkoniyati paydo bo‘ladi. “Qizil”, “sariq”, “yashil” hududlar bo‘yicha alohida tariflar joriy etish, yo‘lkirani shaharning markaziy qismi uchun qimmatroq, markazdan chetlashgan sari arzonroq qilish mumkin. Ko‘pchilik shahar va qishloqlarda yo‘lovchi transporti qatnovini yaxshilash haqida so‘z ketganda, albatta, velosipeddan foydalanish bo‘yicha ham gapiriladi. Chunki u har tomonlama foydali va samarali transport vositasi sanaladi. Dunyodagi bir qator ilg‘or mamlakatlarda jamoat transportini rivojlantirishda velotransport tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Xorijdagi ana shu ilg‘or velotransport infratuzilmasining rivojlanish tajribalarini tahlil qilish va ularni mamlakatimiz amaliyotida qo‘llash dolzarb hisoblanadi. 11.7 Gaz bilan ta’minlashda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar hisob-kitoblari: gazlashtirilgan kvartiralar soni, shahar va qishloqlardagi gaz tarmoqlarining uzunligi, istemolchilarga sotiladigan gazning hajmi Gaz yetkazib berish gaz yetkazib beruvchi va iste’molchi o‘rtasida tuzilgan gaz yetkazib berish shartnomasi asosida, ushbu Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. 1. Yetkazib beruvchi gazni o‘rtacha sutkalik norma doirasida oy mobaynida bir xil miqdorda yetkazib berishi, iste’molchi еsa uni olishi, iste’mol qilishning sutkalik normasidan chekinish zarurati bo‘lgan holatlarda еsa - tomonlar o‘rtasida kelishilgan dispetcherlik grafiklari bo‘yicha yetkazib berishi shart. 2. Iste’molchi tomonidan gaz ta’minoti tashkilotidan tartibga solinadigan narxlar bo‘yicha olingan gazdan faqat ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladi va u qayta sotilmaydi. 3. Gaz ta’minoti tashkilotining taqdimnomasi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari iste’molchilarga gaz yetkazib berish jadvallarini va avariyalar ro‘y berishi yoki magistral va taqsimlovchi gaz quvurlari ishida texnologik rejim buzilishlari oqibatida gaz tarmoqlaridan ularni (qisman yoki to‘liq) uzib qo‘yish navbatini tasdiqlaydilar. Tasdiqlangan avariyalar paytidagi gaz yetkazib berish jadvallari tegishli tashkilotlarga yuboriladi va yetkazib beruvchining ob’ektlarida, magistral va taqsimlovchi gaz quvurlarida avariya vaziyatlarida gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan amalga kiritiladi. Avariyalar natijasida yetkazib beruvchilarning ob’ektlarining, magistral va taqsimlovchi gaz quvurlarining texnologik ish rejimlari buzilgan taqdirda gaz ta’minoti tashkilotlarining dispetcherlik boshqarmalari iste’molchilarga ko‘rsatib o‘tilgan avariyalar paytidagi grafiklarni amalda joriy еtish to‘g‘risida, iste’molchilarga sutkalik gaz yetkazib berish hajmlaridagi tegishli o‘zgarishlar bilan birga ko‘rsatmalar beradilar, bundan mahalliy davlat hokimiyati organlarini hamda ommaviy axborot vositalari orqali aholini xabardor qiladilar. Gaz yetkazib berishning mo‘ljallanayotgan qisqarishi yoki to‘xtatilishi to‘g‘risida: yetkazib beruvchilar gaz uzatish tashkilotini - 2 soat mobaynida; gaz uzatish tashkiloti gaz ta’minoti tashkilotlarini - 2 soat mobaynida; gaz ta’minoti tashkilotlari iste’molchilarni - 1 soat mobaynida xabardor qilishi kerak. 4.Gaz yetkazib berish shartlari yetkazib beruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida tuziladigan shartnomalarda nazarda tutiladi. 5. Gazni qazib olish, qayta ishlash, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish rejimining yagona uzluksiz texnologik jarayonini hisobga olib, yetkazib beruvchining, gaz uzatish va gaz ta’minoti tashkilotlarining ko‘rsatmalarini bajarish iste’molchilar uchun majburiy hisoblanadi. 11.8 Korxonalarning daromadlari, xarajatlari va rentabelligi. Uy-joy, kommunal xo‘jaligi korxonalarining rejalarida moliyaviy ko‘rsatkichlar tizimi. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati yuridik maqomga ega bo‘lgan mustaqil korxona bo‘lib, uning moliyaviy xo‘jalik faoliyati tegishli uy-joy fondini ekspluatatsiya qilish va undan foydalanishni tashkil etishni ta’minlashga yo‘naltiriladi. Shirkatning moliyaviy mablag‘lari asosan shirkat a ’zolarining majburiy badallari, xonadon egalarining ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to ‘laydigan maqsadli to‘lovlari, tadbirkorlik hisobidan daromadlar (ijaraga joy berish, tashqariga xizmat ko‘rsatish, tegishli yerdan daromad olish va boshqalar), kommunal to‘lovlarni yig‘ishda yordam ko‘rsatish evaziga kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalardan olingan daromadlardan, homiylik va vasiylik mablag‘laridan tashkil topadi. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining moliyaviy mablag‘lari uy-joy fondini foydalanishga yaroqli holda saqlash, shirkat ishchi -xodimlari mehnatlariga haq to‘lash va binoni kapital ta’mirlash va qayta tiklash uchun zahira fondiga mablag‘ yig‘ish uchun sarflanadi. Shirkat moliyaviy xarajatlari asosan ikki guruhga: ishlab chiqarish xarajatlariga va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlarga bo‘linadi. Shirkatning moliyaviy faoliyatini tashkil etish boshqa korxona va tashkilotlarnikidan keskin farqlanadi. Buning sababi, xususiy mulkdorlar shirkat oldiga ikki muhim vazifani qo‘yadilar. Birinchi vazifa, uy-joy fondini talab darajasida ekspluatatsiyaga yaroqli holda saqlash, barcha turdagi bajarilishi lozim bo‘Igan joriy ta’mirlash ishlarini sifatli va o‘z muddatida bajarilishini ta’minlash bo‘lsa, ikkinchisi yashovchilardan yig‘iladigan majburiy to‘lovlar miqdorini kamaytirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Shu sababli 334 shirkatning moliyaviy faoliyatini rejalashtirish yillik xarajatlar miqdorini o ‘rganishdan boshlanadi. Shirkat xarajatlar smetasining birinchi varianti turarjoy binosining texnik va sanitariya holatini baholash davomida aniqlangan va uy-joy mulkdorlari tomonidan xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash b o ‘yicha bildirilgan, Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati to monidan m o‘ljallangan barcha ishlar hajmi (to‘liq) ro‘yxatini (rejaning birinchi loyihasini) bajarish ehtimoliga asoslanadi. Xizmat ko‘rsatish, saqlash, ta’mirlash va ehtiyot qismlarni almashtirishlar bo‘yicha ishlarni har xil uslubda baholash (muayyan turdagi ishning qiymati shirkat shtatidagi xodimlar tomonidan bajarilganda, yoki bir martalik shartnoma asosida yollanadigan mutaxassis bajarganda uning qiymati qanday bo‘lishini aniqlash), orqali ishlar ijrosi rejalarining turli variantlari xarajatlarini aniqlash turli pudratchilar raqobatlashadigan bozorda bu ishning qiymati qancha turishini bilish tavsiya etiladi. Ijro turlari bo‘yicha bajariladigan ishlarning to‘liq ro‘yxati va hajmi uchun xarajatlar smetasi. Rejalashtirilayotgan davrda yirik xarajatlar ko‘zda tutilayotgan bo‘lsa, bu ishlar uchun xa raj at laming smetasini tayyorlash tavsiya qilinadi va u umumiy yig‘ilishda, shirkatning yillik smetasini muhokama qilishda uni asoslashga yordam beradi. Shirkat a ’zolari umumiy yig‘ilishi vakoiatiga shirkat shtatidagi xodimlarning oylik miqdori va mehnatiga haq to‘lash va mukofotlash to‘g‘risidagi Nizomni qabul qilish kiradi, shuning uchun shtat jadvali va ish haqi hajmi bo‘yicha, shuningdek, shirkat xodimlarning har bir toifasi, jumladan, shirkat mulkini malakali boshqarish uchun chetdan yollangan (yoki yollamoqchi) bo‘lgan ijrochi direktor (boshqaruvchi)ni mukofotlash bo‘yicha alohida takliflar tayyorlash tavsiya etiladi. Smetaning Xususiy uy joy mulkdorlari shirkati xodimlari va jalb qilinadigan mutaxassislar mehnatiga haq to‘lashni nazarda tutuvchi qismida maxsus fondlarga chegirmalar bilan bog‘liq xarajatlarni ham ko‘rsatish lozim. Agar umumiy yig‘ilish qarori bo‘yicha saylangan shirkat raisi, boshqaruv va taftish komissiyasi a ’zolariga mehnatlari uchun haq 335 to‘lanadigan boisa, shu haq miqdori daromadlar va xarajatlar smetasida alohida band bilan aks ettiriladi. Smeta loyihasida shirkatning ishlab chiqarishga oid bo‘lmagan xarajatlarini ham ko‘zda tutish lozim, shuningdek, kutilmagan xarajatlarga haq to‘lash yoki badallarni vaqtida to‘lanmasligini qoplovchi zahira fondini ko‘zda tutish tavsiya qilinadi. Ishlar rejasi hamda daromadlar va xarajatlar smetasini tuzishda shirkatning hisobot hujjatlarida foydalanilgan shakllardan foydalanish mumkin. Ishlar rejasining birinchi loyihasi bo‘yicha barcha mo‘ljallanayotgan xarajatlar summasi aniqlangach, shirkat yillik smetasining daromad qismi tuziladi va kelgusi yilga shirkat a ’zolari majburiy to‘lovlarining mo‘ljallanayotgan hajmi hisoblab chiqiladi (ularga tegishli bo‘Igan umumiy maydonning 1 kv.m.ga xizmat ko‘rsatish tannarxidan kelib chiqqan holda). Smetaning daromad qismi uning xarajat qismidan kam bo‘lmasligi kerak. Smetaniig daromad qismi shirkat a ’zolarining majburiy badallari (doimiy, oylik badallari), noturarjoylar mulkdorlarining binoni saqlash va ta’mirlashga qaratilgan badallari, shirkatning boshqa daromadlari (masalan, xonalar ijarasi va boshqa turdagi tadbirkorlik faoliyati) va hokazo tushumlar (masalan, homiylik yordami) hisobidan shakllanadi. Shirkat a ’zolarining yashashga mo‘ljallanmagan (noturarjoy) xonalar mulkdorlarining majburiy to‘lovlarini hisoblashda shirkatning qo‘shimcha ravishda jalb qilinadigan daromadlarini e’tiborga olish kerak, ushbu qo‘shimcha daromadlar ko‘p bo‘lsa, a ’zolarining majburiy badallari hajmi kamayishi mumkin. Majburiy badal miqdorini turarjoy binosining 1 kv.m. maydoniga xizmat ko‘rsatish tannarxini aniqlash formulasi asosida hisoblab chiqish mumkin. So‘ngra joriy yilga mo‘ljallangan majburiy to‘lovlar hajmi o‘tgan yilgi badallar miqdori bilan qiyoslanadi va xonalar mulkdorlarining bunday xarajatlarni qoplash uchun to‘lov qobiliyati baholanadi. Agar shirkat boshqaruvi mulkdorlar rejalashtirilayotgan xarajatlarni to‘lashga layoqatli, deb topsa, daromadlar va xarajatlar smetasi loyihasini (va tegishli ishlar rejasini) umumiy yig‘ilish e’tiboriga havola qilish mumkin. Agar shirkat boshqaruvi rejalashtirilayotgan xarajatlarni to‘lashga turar .336 joylar mulkdorlarining ko‘pchiligi layoqatli emas, deb topsa, ishlar rejasi loyihasini takomillashtirish (qisqartirish) ustidagi ish davom ettiriladi. Bunday holda boshqaruv ayrim ish turlarini kechiktirilgan ishlar ro‘yxatiga o‘tkazishi (ularning muhimlilik darajasini va shirkat a ’zolari xohishini e ’tiborga olib), yoki ayrim ish turlarini bajarish usullarini o‘zgartirish haqida asoslangan qaror qabul qilishi lozim. Shu tarzda ishlar rejasining ikkinchi varianti va tegishli xarajatlar smetasi (ishlar ro‘yxati hajmini qisqartirib) ishlab chiqiladi. Rejalar va xarajatlar smetasi ishlar rejasi va xususiy uyjoy mulkdorlari shirkatining moliyaviy resurslari mos kelmaguncha davom ettiriladi. Smetada albatta kelgusi kapital ta’mirlashlar uchun markaziy fondiga to ‘lovni (hozirgi kunda umumiy to ‘lovlar miqdorining 30 %i) ko‘zda tutilishi zarur. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining daromadlar va xarajatlar smetasining namunaviy shakli quyidagi tarkibdagi daromad va xarajatlardan tashkil topadi: Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining daromadlar va xarajatlar smetasi namunasi № Moddalar nom lanishi bir oy bir yilga 1 2 3 4 Daromadlar 1.Shirkat a’zolarining majburiy badallari 2.Noturarjoy maydonlaridan foydalanuvchilarning majburiy badallar 3.Xonadon egalarining bir vaqtda to ’laydigan maqsadli to‘lovlari (biror turdagi ta’mirlasli va obodonlashtirisli ishlarini bajarish uchun alohida y ig ‘iladi) 4.Umumiy mulkning ayrim qism laridan alohida foydalanilganligi uchun to 'lo v (foydalanish imkoniyati chegaralangan mulkdan tashqari) 5.Shirkatga tegishli yer maydonining ayrim qismlaridan alohida foydalanilganligi uchun to‘lov 337 6.Shirkatga tegishli yer maydonida joylashgan o b’yektlarning mulkdorlari tom onidan to‘lovlar 7.Umumiy mulk ob’yektlarini (qism ini) ijaraga berishdan tushadigan daromadlar 8 Kommunal to‘lovlarni yig‘ishda ko‘rsatgan xizmatlari evaziga kommunal xo‘jaligi korxonalaridan olingan daromad: - issiqlik bilan ta’m inlovchi tashkilotdan - suv oqava-quvur korxonasidan - gaz ta’minoti tashkilotidan - sanitar tozalash korxonasidan 9. Shartnoma asosida xizm atlar ko‘rsatish va ishlarni bajarish uchun to‘langan haq 10. MablagMarni bank hisobida saqlaganligi uchun foiz daromadlari 11. Boshqa daromadlar (penya va ja m g ‘armalar, metall chiqindilar topshirishdan va h.k.) 12. Kreditlar, qarz mablag‘lari 13. Homiylik yordamlari jami daromadlar: Xarajatlar 1. Ishlab chiqarish xarajatlari 1.1 Umumiy mulk va yer uchastkasiga texnik xizmat ko‘rsatish va sanitariya holatini saqlash, jami shu jumladan: 1.1.1. Ishchilarning ish haqi: ko‘cha supuruvchilar, farroshlar va h.k. 1.1.2. Ishchilarning ish haqiga hisoblangan yagona to‘lov 1.1.3. Ishlab chiqarish va xo‘jalik uchun mayda inventar, asbob va m axsus kiyim (chelak, supurgi, belkurak, xaskash, aravacha, zambar, xalat, qo 'Iqop va h.k.)lar xarid qilish uchun xarajatlar 1.1.4. U m um iy foydalanish joylarini (kirish joylari, yer to 'la, lift, suv ко 'tarish nasoslari va h.k.) yoritish uchun elektr energiyasi xarajatlari 1.2. Chetdan yollanuvchi tashkilotlarning xizm atlari, jami: shu jumladan 1.2.1. Liftlarga xizmat ko‘rsatish 338 1.2.2. M a’ishiy chiqindilarni tashib ketish 1.2.3. Sanitar-epidem ilogik ishlov berish (dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya) 1.3. U m um iy m ulkni joriy ta’m irlash, jam i: shu jumladan 1.3.1. Pudrat usulida bajariladigan 1.3.2. 0 ‘z kuchi bilan bajariladigan Shu jumladan: 1.3.2.1 Ishchilarning (chilangar, santexnik, tom yopiwchi, duradgor, bo ‘yoqchi va h.k.) ish haqi I.3.2.2. Ish haqiga hisoblangan yagona t o io v 1.3.2.3. Material lar 1.3.2.4. B oshqa xarajatlar (jihozlar, asbob-uskunalar, maxsns kiyimlar, texnikaxavfsizligi va h.k.lar uchun) 1.3.2.5. Transport xarajatlari 1.4. U m um iy mulkni kapital ta’mirlash - jami: shu jumladan 1.4.1. Pudrat usuli bilan bajariladigan 1.4.2. 0 ‘z kuchi bilan hisoblanadigan - jami: ulardan: 1.4.2.1. Ishchilarning ish haqi (chilangar, santexnik, tom yopuvchi, duradgor, b o ‘yoqchi va h.k.) 1.4.2.2. Ish haqiga hisoblanadigan yagona ijtim oiy to ‘lov 1.4.2.3. Materiallar 1.4.2.4. B oshqa xarajatlar (jihozlar, asbob-uskunalar, maxsus kiyimlar, texnika xavfsizligi va h.k.lar uchun) 1.4.2.5. Transport xarajatlari 1.5. X U JM SH am ortizatsiyasi Ishlab chiqarish xarajatlari - jami: 2. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq boMmagan xarajatlar 2.1. M a’muriy xarajatlar Shu jumladan: 2.1.1. Rais, boshqaruv va taftish k om issiyasi a ’zolariga to‘lanadigan ish haqi 2.1.2. Ish haqiga hisoblangan yagona ijtim oiy to 'lo v 339 2.1.3. Boshqaruvchi, hisoblovchi, ish yurituvchiga to‘lanadigan 2.1.4. Ish haqiga hisoblangan yagona ijtim oiy to‘lov 2.1.5. Boshqa xarajatlar (kantselyariya buyumlari, mis ha ко ‘paytirish, telefon, kompyuter xizmatlari xarajatlari va boshqalar) 2.2. Boshqaruvi tashkilotlam ing xizm atlari uchun shartnoma b o ‘yicha to ‘lanadigan haq 2.3. Auditor xizm ati 2.4. Kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga xarajatlar 2.5. Axborot xizmatlariga haq to‘lash (gazetalar, maxsus adabiyotlar va h.k.) 2.6. Budjetga majburiy to‘lovlar, soliqlar va boshqa to‘lovlar 2.7. Bank xizmatlari uchun to‘lash 2.8. Kassa xo‘jaligi va inkassatsiya bo‘yicha ish yuritishdagi xarajatlar 2.9. XUMSH lar uyushm asiga to‘lanadigan a’zolik badali 2.10. Ta’mirlash jam g‘arm asiga ajratma 2.11. Zahira jam g‘armasiga ajratma 2.12. Kredit, qarzlarni qaytarish bo‘yicha xarajatlar Ishlab chiqarish bilan bog‘liq b o ‘lm agan xarajatlar. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarida buxgalteriya hisobi xo‘jalikning moliyaviy xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi munosabatlarni hujjatlarda aks ettiriiishini yo‘lga qo‘yish, ularni yig‘ish, tartibga solish, tahlil qilish va shirkatning xo‘jalik faoliyatini ta’minlash vazifasini bajarib, hususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarida soddalashtirilgan shakldagi buxgalteriya hisobi olibboriladi. Buxgalteriya hisobini olib borish orqali quyidagi asosiy vazifalar bajariladi: — moliyaviy-xo‘jalik jarayonlarini hujyatlashtirish; — inventar hisobini olib borish; — baholash va xo‘jalik vositalari qiymatini aniqlash; — uy-joy fondiga xizmat ko‘rsatish ishlarini kalkulyatsiyalash; — kommunal xizmatlar uchun to ‘lovlarning hisobvaraqlar tizimini olib borish; — ishchi-xodimlar mehnatiga haq to ‘lashni ta ’minlash va hisobini olib borish; — buxgalteriya hisobi hisob raqamlari bo‘yicha hisob-varaqlari olib borish; — ikki tomonli buxgalteriya yozuvini olib borish; — buxgalteriya balansi hisobini ta ’minlash; — moliyaviy faoliyat to ‘g‘risidagi hisobotlarni tuzish. M oliyaviy xo‘jalik jarayon larin i hujjatlashtirish — bu amalga oshiriladigan xo‘jalik operatsiyasi to‘g‘risida yozma guvohlik beruvchi hujjat tuzish bo‘lib, u buxgalteriya hisobi m a’lumotlariga yuridik kuch «bag‘ishlaydi». Birlamchi hujyatlar, shu jumladan, moliyaviy jarayonni aniq aks ettirgan axborotning umumlashtirish va qayta ishlash mumkin bo‘lgan, qog‘ozdagi ifodalangan shaklda o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan hujjatlar buxgalteriya hisobini olib borish uchun birlamchi m a’lumot bo‘lib hisoblanadi. Hujjatlar shirkatning xo‘jalik faoliyatini yalpi va uzluksiz aks ettirishni ta ’minlab beradi. Faqat to‘g‘ri rasmiylashtirilgan, ya’ni belgilangan texnik andozalarda nazarda tutilgan barcha rekvizitlari to ‘ldirilgan hujjatlargina hisobga qabul qilinadi. Bunday rekvizitlarga quyidagilar kiradi: korxonaning nomi, hujjatning nomi, uning 341 raqami, sanasi, xo‘jalik operatsiyasining qisqacha va aniq mazmuni, uning miqdoriy va pul ifodasi, mazkur xo‘jalik operatsiyasi uchun mas’ul shaxslarning imzolari. Hujjatlarga qo‘yiladigan birinchi galdagi talab — ularni o‘z vaqtida tuzish, undagi m a’lumotlarning ishonchli bo‘lishi, to‘1iq va to‘g‘ri rasmiylashtirilishi. Bu talablar shirkat xo‘jalik faoliyati ustidan dastlabki va joriy nazorat o‘rnatish va uning ish natijalariga faol ta ’sir ko‘rsatish imkoniyatini ta’minlaydi. Inventar hisobini clib borish — buxgalteriya hisobi oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalardan biri bo‘lib, inventarlash buxgalteriya hisobida moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va moliyaviy majburiyatlarni naturada tekshirish orqali ularning shirkatdagi haqiqiy holatini aniqlash imkonini beradi. Inventarlash buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini tasdiqlashi yoxud hisobga olinmagan boyliklar yoki yo‘l qo‘yilgan yo‘qotishlar, o ‘g‘irlik va kamomadlarni aniqlash imkonini beradi. Shu sababli inventarlarning hisobini olib borish yordamida moddiy boyliklar va pul mablag‘larining butligi nazorat qilinadi, buxgalteriya hisobi va hisoboti m a’lumotlarining to ‘liq va ishonchli bo‘lishi tekshirib turiladi va nazorat qilinadi. Baholash va xo‘jalik vositalari qiymatini aniqlash — xo‘jalik vositalari qiymatini pul ifodasida belgilash imkonini beradi. Shirkatning xo‘jalik vositalarini baholash asosan buxgalteriya hisobida buyum yoki uskunalarni xarid qilishning haqiqiy qiymati (tannarxi)ga asoslanadi. Inflyatsiya sharoitida xo‘jalik vositalarining haqiqiy (tiklash) qiymati statistika organlari belgilangan va hukumat qarorlari bilan tasdiqlangan inflyatsiya indeksi (ko‘rsatkichi) orqali xarid qilishning haqiqiy qiymatini qayta baholash bilan belgilanadi. Masalan, asosiy vositalar buxgalteriya hisobida dastlabki qiymati bo‘yicha aks ettiriladi. Dastlabki qiymat — asosiy vositalar ob’yektlarini barpo etish yoki xarid qilish paytida shirkat amalga oshirgan xarajatlarning pul ifodasidagi qiymatidir, bunga yetkazib berish, montaj qilish va o‘rnatish xarajatlari ham kiradi. Qoldiq qiymati hisoblangan eskirishni dastlabki qiymatdan ehiqarib tashlash bilan belgilanadi. 342 Eskirish Soliq kodeksida belgilangan amortizatsiya ajratmalari asosida aniqlanadi, bundan tashqari erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonada asosiy vositalarga jadallashtirilgan eskirish miqdorini hisoblash imkoniyati beriladi. Hisoblangan amortizatsiya qiymati ulardan foydalanish jarayonida ko‘rsatilgan xizmatlar va ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxiga kiritiladi. Eskirish asosiy vositalarning xizmat qilishi davomiyligida xizmat muddati tugagunga qadar bir tekisda hisoblab boriladi. U y-joy fon digo xizm at ко ‘rsatish ishlarini kalkulyatsiyalash — iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagidan tubdan farqlanadi. Shirkat xo‘jaliklarida kalkulyatsiyalash turar-joy maydonining 1 m2 sahnini saqlash va xizmat ko‘rsatishda qilingan xarajatlarni yalpi hisoblash orqali binoga ko‘rsatilayotgan xizmatning tannarxini belgilash usuli hisoblanadi. Ish va xizmatlarni tannarxini kalkulyatsiyalashda respublika moliya organlari, 0 ‘zbekiston «Kommunxizmat» agentligi, va mahalliy hokimliklar tomonidan belgilab berilgan m e ’yoriy koTsatkichlar asos qilib olinadi. Buxgalteriya hisobida kom m unal xizm atlar uchun to ‘lovlarning h isob-varaqlar tizim i mulkdorlarning ko‘rsatilgan xizmatlar uchun amalga oshirgan to‘lovlarining hisobini olib borish vazifasini bajaradi. Hisob-varaqalar odatda mulkdorlar shirkatiga tegishli har bir xonadon bo‘yicha tuziladi va analitik hisob olib boriladi. Har hisobot oyidan keyingi oyning birinchi sanasida ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar hisoblanib, hisob-varaqilarida qayd etib boriladi. Shirkat bo‘yicha jami hisoblangan kommunal to‘lovlar summasi jamlanib tasdiqlangan smeta ko‘rsatkichlari bilan solishtirib boriladi. Agar, smetada tasdiqlangan ko‘rsatkichdan katta farq yuzaga kelsa, kamomad summani qoplash yo‘llari izlanadi. Shu jumladan kommunal toMovlar miqdorini oshirish yoki kamaytirish to ‘glrisida taklif kiritiladi. Shirkatda ishchi-xodim lar m ehnatiga haq to ‘lashni ta ’minlash va hisobi tasdiqlangan shtatlar jadvaliga muvofiq belgilangan maoshlar miqdoriga asoslanib olib boriladi. Bunda m a ’muriy boshqaruv xodimlari va ishchi xodimlar uchun hisoblangan ish haqi sarfi alohida-alohida olib boriladi. Shirkatda ishbay shaklda xizmat ko‘rsatayotgan xodimlar uchun ish haqi to ‘lovlari ular 343 tomonidan bajarilgan ish hajmini tasdiqlovchi naryadlar asosida hisoblanadi. Ishbay shaklda maosh hisoblashda smetada ajratilgan ish haqi fondi ko‘rsatkichlaridan chetga chiqilmasligi lozim. Agar shirkatda kapital ta’mirlash yoki boshqa turdagi ishlarni bajarish yuzasidan alohida smeta tasdiqlangan bo‘lsa, bunday ishlarga jalb etilgan ishchilar maoshlari mazkur smetalarda tasdiqlangan ish haqi fondi hisobidan amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobi hisob raqam lari b o ‘yicha hisob-varaqalari buxgalteriya hisobining xalqaro stondartlariga muvofiq buxgalteriya schetlarining iqtisodiy belgilariga qarab guruhlashtirishga asoslangan holda olib boriladi. Buxgalteriya hisobi hisob-varaqlari shirkat mol-mulki va mablag‘larini hisobga oladigan aktiv hamda mablag‘-vositalarning hosil bo‘lish manbalarini aks ettiradigan passiv hisobvaraqlarga bo‘linadi. Shirkatda buxgalteriya hisobini o‘matilgan tartibda tashkil etish uchun shirkatning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasidan va har bir hisobvaraq tavsiflangan hamda unga doir hisob varaqlarning namunaviy korrespondentsiyasi berilgan. Hisob varaqlar rejasidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomadan to ‘g‘ri foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Barcha xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobi hisob varaqlarida ikki tomonli yozuv usulida, ya’ni bir hisob varaq debetida va ayni vaqtning o‘zida boshqa hisob varaq kreditida baravar summada yozish bilan aks ettiriladi. Ikki tomonli yozuv olib borish tizitni nazorat ahamiyatiga ega, ya’ni hisobot davri uchun barcha hisobvaraqlar debeti b o ‘yicha oborotlar summasi kredit bo‘yicha barcha hisobvaraqlar oborotlari summasiga teng. Istalgan xo‘jalik operatsiyasida ikki tomonli yozuv usulidan foydalanish buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy qoidasi hisoblanadi. Buxgalteriya provodkasi amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyasini buxgalteriyada rasmiylashtirish usulidir. Buxgalteriya provodkasini tuzish bajarilgan xo‘jalik operatsiyasi natijasida qanday hisobvaraqlar qancha summaga debetlanishi, qaysilari kreditlanishini ko‘rsatish demakdir. Buxgalteriya provodkasi birlamchi 344 rasmiylashtirilgan hujjatlar (yukxatlar, to‘lov topshiriqnornalari, hisob varaqlar, talabnomalar, dalolatnomalar va hokazo) asosida tuziladi. Ikki tomonli yozuv orqali hisob varaqlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni belgilash hisob varaqlar korrespondentsiyasi, hisob varaqlarning o‘zi esa korrespondentsiyalanuvchi hisob varaqlar deb ataladi. Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning asosiy shakllaridan biri bo‘lib, shirkatning muayyan sanadagi moliyaviy holatini, mablag‘-vositalarning hosil bo‘lish manbalari — balans passivi va ularni joylashtirish manbalari — balans aktivini tavsiflaydi. Balansning aktiv va passiv hisoblari yakunlari teng bo‘lishi kerak. Balansda ularning hosil bo‘lish vositalari va manbalari haqidagi m a’lumotlar (tegishli hisob varaqlar saldosi) ikki sanada — yil boshi va hisobot davri oxiriga keltiriladi. Buxgalteriya balansi korxonaning moliyaviy ahvolini tahlil qilish manbayi hisoblanadi. Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi m a’lumotlari asosida tuziladi. Moliyaviy hisobot quyidagilarni o ‘z ichiga oladi: buxgalteriya balansi; moliyaviy natijalar to ‘g‘risidagi hisobot; asosiy vositalar harakati to ‘g‘risidagi hisobot; pul oqimlari to ‘g‘risidagi hisobot; o ‘z sarmoyasi to ‘g‘risidagi hisobot; eslatmalar, hisobkitob va hisobotga tushuntirishlar. Moliyaviy hisobot tarkibi va mazmunini 0 ‘zbekiston Respublikasining Moliya Vazirligi belgilaydi. Download 71.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling