11-Mavzu: Kommunal xo‘jalik tarmog‘ining rivojlanishi Reja


Download 71.3 Kb.
bet3/8
Sana28.12.2022
Hajmi71.3 Kb.
#1016085
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11-Mavzu o\'zg

Kommunal xoʻjalik — shahar, shaharcha va qishloq aholisiga xizmat koʻrsatuvchi korxonalar, xizmatlar va xoʻjaliklar majmui. Shaharlarda shahar xoʻjaligi tarkibiga kiradi. Koʻpgina shahar va shaharcha Kommunal xoʻjalik korxonalari sanoat korxonalarini suv, elektr energiyasi, gaz va boshqa bilan taʼminlaydi. Mahalliy sharoitlarga qarab sanoat korxonalarining kommunal maqsadlardagi oʻz inshootlari barpo etiladi.
Kommunal xoʻjalikning taraqqiyot darajasi va faoliyati aholining farovonligiga, turmush sharoitiga, suv hamda havoning tozaligiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Kommunal xoʻjalikga quyidagilar kiradi:
1) sanitariya-texnika korxonalari — vodoprovodlar, kanalizatsiya, aholi yashaydigan joylarni tozalash bilan shugʻullanuvchi korxonalar, kir yuvish korxonalari, hammomlar va suzish-choʻmilish hovuzlari;
2) transport korxonalari — shahar passajir transporti (metropoliten, tramvay, trolleybus, osma yoʻllar, avtobus hamda taksilar), mahalliy suv transporti;
3) energetika korxonalari — elektr, gaz va issiqlik taqsimlovchi tarmoqlar, issiqlik elektr markazlari, isitish-bugʻ qozonlari va elektr styalari, aholi yashaydigan joylarga xizmat koʻrsatuvchi gaz zavodlari. Shuningdek, yoʻl va trotuarlar, koʻpriklar, yer osti qamda yer usti oʻtish yoʻllari, umumiy foydalanishdagi koʻkalamzorlar, koʻcha chiroklari, mehmonxonalar, yerdan foydalanish, imoratlar va inshootlarni inventarlash xizmatlari, uy-joy fondiga xizmat koʻrsatadigan taʼmirlash, qurilish tashkilotlari, mozorlar, krematoriylar ham kommunal xoʻjalik tarkibiga kiradi.1
20-asr boshlarigacha Oʻzbekiston Kommunal xoʻjalik umumdavlat xoʻjaligi tarmogʻi sifatida shakllanmagan edi. Aholi ichish uchun buloq, quduq, oqar suvlar (anhor, ariqlar)dan foydalangan. Shaharlardagi dahalarning har bir mahallasida kattakichik hovuzlar boʻlgan. Mahalliy aholi yashaydigan uy-joylar qishda faqat sandal (tancha) bilan isitilgan.
20-asrning 20-yillaridan obodonchilik tadbirlari shaharlar rivojlanishining bosh rejasi boʻyicha olib borildi, har bir tumanda kommunal xoʻjaligi boʻlimlari tashkil etildi. Keyingi oʻn yilliklar davomida Oʻzbekistonda kommunal xoʻjalik yirik sohaga aylandi, sanoat ishlab chiqarishning rivoji va aholining tez oʻsishiga bogʻliq holda ildam surʼatlar bilan rivojlandi. Qishloq joylarida aholi yashaydigan joylarni obod qilishda loyihalash ishlari yoʻlga qoʻyildi, shaharchalar, eksperimental agroshaharlar koʻplab qurildi.
Oʻzbekistonning koʻp tarmoqli kommunal xoʻjalik tarkibida uy-joy xoʻjaligiga xizmat koʻrsatish va uni asrash, suv taʼminoti va kanalizatsiya, issiqlik va gaz taʼminoti, aholi yashaydigan joylarni tozalash bilan shugʻullanuvchi sanitariya-texnika tashkilotlari, shahar yoʻlovchilar tashish elektr transporti (tramvay, trolleybus, metropoliten), elektr, gaz va taqsimlovchi tarmoqlar, shahar xoʻjaligini obodonlashtirish, sanoat, taʼmirlash-qurilish, loyihalash korxonalari, tashkilotlari va boshqa mavjud.
Respublika kommunal xoʻjaligida umumiy quvvati bir kecha-kunduzda 6,4 mln. M3 ichimlik suvni olish kuchiga ega boʻlgan inshootlar, 17245 km uzunlikdagi suv oʻtkazgich shahobchalari va suv uzatgich (vodovodlar), bir kecha-kunduzda umumiy quvvati 3,4 mln. m3 chiqindi suvlarni tozalash kuchiga ega boʻlgan inshootlar, 5114 km kollektorlar va kanalizatsiya shahobchalari, bir soatda 6035 Gkal issiqlik berish quvvatiga ega boʻlgan isitish qozonxonalari, 3716 km issiqlik tarmogʻidan foydalanilmoqda (2001).
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 15-yuldagi “Oʻzbekiston Respublikasida kommunal xizmat koʻrsatishni boshqarishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy kommunal xoʻjalik va undan foydalanish birlashmalari barpo etildi. 1996-yilning boshida respublika kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tizimida 345 korxona va inshoot xususiylashtirildi, kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari negizida 20 ta aksiyadorlik jamiyati barpo etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 18-dekabrdagi “Kommunal xizmatini boshqarish tizimini yanada isloh qilish toʻgʻrisida” Farmoni2 asosida Respublika kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tugatildi va “Oʻzkommunxizmat” agentligi tashkil etildi.
Shahar, shaharcha va tuman markazlarida aholini suv bilan taʼminlash, shuningdek, ichimlik suvi sifatini yaxshilash maqsadida 1988—95 yillarda sutkasiga 381 ming m3 ichimlik suvi yetkazib beradigan vodoprovod shahobchalari qurilib ishga tushirildi (Samarqand, Urganch, Nukus, Jizzax, Termiz, va boshqa shaharlarda). 90-yillarda Tuyamoʻyin — Urganch, Tuyamoʻyin — Nukus, Damxoʻja va boshqa suv quvurlari foydalanishga topshirildi. Respublikada vodoprovod tizimining umumiy quvvati bir kecha-kunduzda 12,0 mln. m3 (1990-yilda — 10,5 mln.m3), koʻcha vodoprovodlari yakka tarmogʻini oʻzida 56231,5 km (1990-yilda — 24204,3 km)ga yetdi.
Uy-joylarni obodonlashtirishda kanalizatsiya muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda arxeologik qazilmalar davrida ayrim yirik shaharlarda (Samarqanddagi Afrosiyob qalʼasi, Toshkentdagi Qoratosh hammomi harobasidan) sopol quvurli tazar (kanalizatsiya) qoldigʻi topilgan. Aholi, asosan, kir oʻralar, xaniqlardan foydalangan. 20-asr oʻrtalaridan kanalizatsiya tarmogʻi kengaya bordi. Kanalizatsiya-tozalash inshootlarining bir kecha-kunduzdagi quvvati esa 3,7 mln. m3 ni tashkil etadi. 1992-yildan respublika shahar va ayniqsa, qishloqlarini gazlashtirish ustuvor davlat siyosatiga aylandi. 1991 — 2001-yillarda aholi gaz isteʼmoli 3,6-marta koʻpaydi va 17 mlrd.m3 ga yetdi (1990-yilda 4,7 mlrd. m3). 3,6 mln. xonadon tabiiy gaz bilan taʼminlandi (2001). Respublikada jami gaz tarmoqlari oʻz. 103 ming km ni tashkil etdi.
Respublika kommunal xoʻjaligining yana bir muhim tarmogʻi — shahar, shaharcha va tuman markazlari sanitariya holatini yaxshilash, qattiq va quyuq chiqindilarni oʻz vaqtida yigʻish va ularni chiqindi maydonlariga olib borib zararsizlantirishdir. Bu xizmat 113 shahar, 97 shaharchada yoʻlga qoʻyilgan. Umumiy maydoni 930 ga boʻlgan 173 chiqindilar zararsizlantiriladigan maydonlar bor. Yiliga 11 mln. m3 qattiq va 5 mln. m3 dan ortiq suyuq chiqindi yigʻiladi va ular 5 mingdan ortiq mashina va mexanizmlar (koʻcha supuradigan, suv sepadigan, axlat tashiydigan, kanalizatsiya va kir oʻralarni tozalaydigan va boshqalar) orqali chiqindixonalarga tashiladi. Yirik shaharlar — Andijon, Buxoro, Namangan, Uchqoʻrgʻon, Fargʻona va boshqalarda maxsus ixtisoslashtirilgan avtobazalar bor.


11.2 O‘zbekiston Respublikasida uy-joy, kommunal xo‘jalik tarmog‘ini boshqarish tizimi. Bu tarmoqni rivojlanishini tartibga solishda mahalliy hokimiyat organlari rolining o‘sishi.

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 18 apreldagi PF-5017 - sonli Farmoni3 ga asosan tashkil etilgan.


O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari:
-uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish va tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish;
-ko‘p xonadonli arzon uylar qurilishi bo‘yicha davlat dasturlari amalga oshirilishini taʼminlash, ko‘p xonadonli arzon uylar, suv taʼminoti, kanalizaciya, issiqlik taʼminoti obʼektlari qurilishi bo‘yicha buyurtmachi funkciyalarini amalga oshirish, eski va avariya holatidagi uy-joylar buzilishini tashkillashtirish;
-ko‘p xonadonli uylarning texnik holatini monitoring qilish, shu jumladan, ko‘p xonadonli uy-joy fondini mukammal va joriy taʼmirlash ishlarini tashkil qilish;
-xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish va eksplutaciya xarajatlarini aniqlash bo‘yicha talablarga, ko‘p xonadonli uylarni texnik eksplutatsiya qilish qoidalari va normalariga, ko‘p xonadonli uylarga tutash hududlarning sanitariya normalari, qoidalari va gigiena normativlariga muvofiq holda saqlanishiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
-suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlari, issiqlik taʼminoti tizimlari, aholi punktlarini rivojlantirish sxemalari va bosh rejalari bilan bog‘lagan holda rivojlantirish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturlarini ishlab chiqish hamda ularning sifatli bajarilishini tashkillashtirish, mazkur soha tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqaruvini taʼminlash;
-uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimiga resurs va energiya tejaydigan texnologiyalar hamda uskunalarni tatbiq etish, jumladan, uy-joy kommunal xo‘jaligi obʼektlarini zamonaviy hisoblash o‘lchov asboblari bilan jihozlash, qurilish-montaj ishlari tannarxining pasayishini taʼminlaydigan zamonaviy va sifatli qurilish materiallari hamda buyumlarini keng qo‘llash;
-uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini inobatga olgan holda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatishning zamonaviy shakl va usullarini ishlab chiqish hamda joriy etish;
-O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda suv taʼminoti, kanalizasiya, issiqlik taʼminoti bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar tarif siyosatini shakllantirish, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi tashkilotlarining iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
-uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha takliflar kiritish, o‘quv amaliyotlarini chet ellarda o‘tkazishni nazarda tutgan holda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy mahsulotlar, idoraviy axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasi joriy etilishini nazarda tutish.
Uy-joy va kommunal xo‘jaligi bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
uy-joy va kommunal xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan islohotlar barqarorligini ta'minlash va sohaning rivojlanishi yuzasidan tayyorlanayotgan tahliliy-prognozlashtirish ishlarini va qo‘llanmalarni takomillashtirish;
xorijiy tajribalarni chuqur o‘rganish, iqtisodiy islohotlarni borishini atroflicha tahlil qilish natijasida uy-joy va kommunal xo‘jaligi sohasida strategik yo‘nalishlarni aniqlash, rivojlantirish va kelgusida mazkur sohada davlat siyosatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
ushbu sohada iqtisodiy rivojlantirishning prognozlashtirish masalalari, shuningdek, xalq xojaligini "uy-joy va kommunal xojaligi" sohada bozor shartlarini bosqichma-bosqich yolga qoyishdagi asosiy funksiyalar va sohada tarkibiy ozgartirishlar va bozor mehanizmlarini takomillashtirish masalalarini amalga oshirilishida vazirlik, idora, xojalik birlashmalari, korxonalar va xududlardagi mahalliy boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
uy-joy va kommunal xo‘jaligida qurilishlarni yanada rivojlantirishda qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlar ishlab chiqish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarni tashkilllashtirish.

Download 71.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling