11-Mavzu. Kredit bo‘yicha foiz stavkalar va ularga ta’sir qiluvchi omillar reja


Tijorat banklarida kredit foiz stavkalari va ularning turlari


Download 127.41 Kb.
bet4/20
Sana20.12.2022
Hajmi127.41 Kb.
#1039215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Kredit bo’yicha foiz stavkalar va ularga ta’sir qiluvchi omillar

11.2. Tijorat banklarida kredit foiz stavkalari va ularning turlari.


Banklarda uzoq muddatli kreditlashni kengaytirish, iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlovchi asosiy shart-sharoitlardan biriga aylanmoqda. Banklar tomonidan iqtisodiyot ning real sektoriga yo‘naltiriladigan kredit qo‘yilmalari hajmi ularga belgilanadigan foizlar bog‘liq bo‘lib hisoblanadi.
Qarz beruvchi va qarz oluvchilar o‘rtasida moliyaviy vositachi sifatida qatnashib, banklar birinchidan olingan mablag‘larni ikkinchilariga vaqtinchalik foydalanishga beradilar.
Bank kredit foizlarini o‘rnatish jarayonida ularni tasniflash va ma’lum belgilariga ko‘ra guruhlash muhim hisoblanadi.
Banklarda kredit foiz stavkalarini tasniflash va ma’lum belgilariga ko‘ra guruhlash muhim hisoblanadi. Quyidagi rasmda kredit foiz stavkasini kredit shakllariga muvofiq tasniflanishi keltirilgan.


11.2-rasm. Kredit foiz stavakasining kredit shakllari bo‘yicha turkumlanishi.


Kredit shakllari bo‘yicha guruhlash:

  • Tijorat krediti foizi;

  • Bank kredit foizi;

  • Iste’mol krediti foizi;

  • Lizing bo‘yicha foiz;

  • Davlat kredit bo‘yicha foiz;

  • Ipoteka krediti bo‘yicha foiz;

  • Xalqaro kredit bo‘yicha foiz.

Kredit shakllari ichida foizlari yuqoriligi va belgilanishi jihati bilan tijorat, iste’mol va bank kreditlari ajralib turadi.
Taniqli iqtisodchi O.Lavrushin kredit foizini belgilar bo‘yicha quyidagicha turga ajratadi:
Kredit shakllari bo‘yicha - tijorat foizi, bank foizi, iste’mol foizi, lizing bitimlari bo‘yicha foiz, davlat krediti bo‘yicha foiz.
Investitsiya turi bo‘yicha- aylanma mablag‘lariga kredit bo‘yicha foiz, asosiy fondlarga investitsiya bo‘yicha foiz, qimmatli qog‘ozlarga investitsiya bo‘yicha foiz.
Kreditlash muddatlari bo‘yicha foiz
Kredit foizlari tijorat krediti, bank krediti, iste’mol krediti, davlat krediti, lizing bitimlari, ipoteka va xalqaro kredit shakllari bo‘yicha turkumlangan. Kredit shakllari ichida bank krediti keng tarqalganligi bois va uning bahosini shakllanish jarayonini tadqiq qilish muhim hisoblanadi.
Quyida keltirilgan rasmda bank kreditlari bo‘yicha foizlarni turli mezonlar asosida tasniflanishini ko‘rib o‘tamiz.



Download 127.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling