11-mavzu. Metal va qotishmalarga kimyoviy termik ishlov berish. Reja


Po‘lat buyumlar yuzasini uglerodga to‘yintirish


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana23.01.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1113415
1   2   3   4   5
Bog'liq
11-mavzu

Po‘lat buyumlar yuzasini uglerodga to‘yintirish 
Ma’lumki, po‘latning toblanish xossasi uning tarkibidagi uglerod miqdoriga 
bog‘liq bo‘ladi. Po‘lat buyum tarkibida uglerod miqdori 0,3% dan kam bo‘lsa, u 
toblanmaydi. SHuning uchun bunday po‘latlarning yuza qismi uglerodga 
to‘yintiriladi. Bunday jarayon sementitlash deyiladi. Odatda, tarkibida 0,08–0,3 % 
uglerod bo‘lgan uglerodli yoki legirlangan po‘latlarga kimyoviy-termik ishlov 
beriladi. Bu jarayon natijasida buyum yuzasidan o‘rta qismiga tomon uglerod 
miqdori kamayib boradi. 
Sementitlash uch xil, ya’ni qattiq, suyuq va gaz muhitlarida amalga 
oshiriladi. 
Qattiq muhitda sementitlash karbyurizatorda olib boriladi. Karbyurizator 
temir quti bo‘lib (10.1–rasm),uningichiga 60–90% pistako‘mir, 40–10% VaCO

yoki CaCO
3
tuzlari solinadi. Sementitlanadigan buyumlar karbyurizator ichiga 
solinib, og‘zi zich qilib bekitiladi. Pech 920–960°C haroratgacha qizdirilib, unga 
zich bekitilgan temir quti kiritiladi. Temir quti shu haroratda 1–10 soat ushlab 
turiladi. Karbyurizatorda quyidagi kimyoviy reaksiya sodir bo‘ladi: 
2C + O = 2CO 
So‘ngra 2CO = CO + C ga parchalanadi. Ana shu atomarholatdagi C 
buyumsirtiga singadi (diffuziyalanadi). 
Sementitlanga nyuzadagi uglerod miqdori 0,8–1,0 % atrofida bo‘ladi, 
yuzadan ichkari qatlamga borgan sari uglerod miqdori kamayib boradi. Mashina 
detallariga bir qancha mexanik ishlov berilgandan so‘ng ular sementitlanadi. Keyin 
toblanadi va past haroratda bo‘shatilib, oxirgi 
mexanik ishlov beriladi. 


11.1–rasm. Sementitlash qutisi: –qopqoq; 2 – namuna;
–sementitlanayotgan buyum; –karbyurizator
Agar mashina detallarining yuzasida sementitlanishi kerak bo‘lmagan joylari 
bo‘lsa, o‘sha joylari olovbardosh loy yoki asbest bilan bekitib qo‘yiladi. 
Sementitlash usuli aniqlangandan keyin harorat belgilanadi. Sementitlash harorati 
austenit fazasining mavjudligi bilan belgilanadi. Sababi, uglerod austenitda ko‘p 
eriydi. Buyumning yuza qatlamidan ichkariga borgan sari uglerodning miqdori 
kamayib boradi. YUzadan ichkariga qarab perlit–sementit, keyin perlit–ferrit va 
materialning asosiy strukturasi joylashadi. Buyum yuzasida uglerod miqdorining 
ortishi qatlamning mo‘rtligini oshiradi. SHu sababli buyum yuzasida uglerod 
miqdori 1,1–1,2 % dan oshmasligi kerak. 
Sementitlangan qatlamning xossalari harorat va shu haroratda ushlab turish 
vaqtiga bogiiq bo‘ladi (11.2–rasm).
11.2–rasm. Po‘lat yuzasini uglerodga to‘yintirish jarayonining harorat va 
vaqtga bog‘liqligi grafigi. 
Po‘latlarni uglerodga to‘yintirish jarayoni texnikada ta’mirlash sohasida ham 
qo‘llaniladi. Bunda pistako‘mir hamda faollashtiruvchi birikmalar ishlatiladi va 
koks bilan shixta materialini tashkil etadi. SHixtadagi VaCO
3
, tuzi uglerodning 
atomar holatda ajralib chiqishini tezlashtiradi. SaCO
3
tuzi esa shixta materiallarini 
bir–biriga yopishib qolishidan saqlaydi. Ishlatilgan shixta materiali elanib, yaroqli 
qismi yana yangi shixta materialiga qo‘shib ishlatiladi. 
Po‘latni sementitlash haroratida ushlab turish vaqti talab etilayotgan 


qatlamning qalinligiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, qatlamning qalinligi 0,8 mm ga 
teng bo‘lishi talab etilsa, yuqori haroratda tutib turish vaqti 7–8 soatni tashkil etadi. 
Agar dastlabki austenit donalari mayda bo‘lsa, sementitlash haroratini ko‘tarish 
mumkin. 
Gaz muhitida (CO) buyum yuzasini uglerodga to‘yintirish, qattiq muhitda 
to‘yintirishga qaraganda bir qator afzalliklarga ega. Bunda kerakli qatlam 
qalinligini 
ta’minlash 
oson, 
jarayonni 
bajarish 
vaqti 
kam 
va 
uni 
mexanizasiyalashtirish, avtomatlashtirish mumkin. Sementitlash uchun maxsus 
uskunalar qo‘lanilmaydi, shu pechdan foydalanib termik jarayonlarni ham 
o‘tkazish mumkin. 
Suyuq 
muhitda 
karbyurizatorda 
sementitlashda, 
qattiq 
muhitda 
karbyurizatorda sementitlashga nisbatan ish unumdorligi 3–5 marta yuqori bo‘ladi. 
Bunda ko‘pincha tuz eritmalaridagi elektroliz jarayonidan foydalaniladi. Mashina 
detallarining ish yuzalari uglerodga to‘yintirilgandan keyin toblanadi va past 
haroratda bo‘shatiladi. 
Toblash natijasida uglerodli po‘lat yuza qatlamining qattiqligi 60–64 NRC 
ga, legirlangan po‘latlarniki esa 58–61 NRC ga teng bo‘ladi. Keyin ular past 
haroratda bo‘shatiladi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling