11-mavzu. Metal va qotishmalarga kimyoviy termik ishlov berish. Reja
Po‘lat yuzasini azot va uglerodga to‘yintirish
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
11-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.4–rasm. Sianlangan qatlam qalinligining vaqtga bog‘liqligi
- Dissotsiatsiya
Po‘lat yuzasini azot va uglerodga to‘yintirish
Po‘lat yuzasini bir vaqtning o‘zida suyuq muhitda azot va uglerodga to‘yintirish sianlash deyiladi. Tarkibida uglerod miqdori 0,2–0,4% bo‘lgan konstruksion po‘latlar 820–860°C haroratda sianlanadi. Sianlash natijasida buyum yuzasining qattiqligi va eyilishga chidamliligi ortadi. Sianlash suyultirilgan tuzli vannalarda olib boriladi: 2NaCN + O 2 = 2NaCNO 2NaCNO + O, = 2NaCNO 3 + CO + 2Nat 2CO = CO + Cat Ajralib chiqqan uglerod va azot buyum yuzasiga singadi (diffuziyalanadi). Bunda diffuzion qatlamning qalinligi 0,15–0,35 mm ni tashkil etadi. 930–950°C haroratda sianlash orqali diffuzion qatlam qalinligini 2 mm gacha etkazish mumkin. Buyumlar sianlash haroratida to‘g‘ridan-to‘g‘ri toblanib, past haroratda bo‘shatiladi. Bunda qatlamning qalinligi kichik, qattiqligi 58–62 HRC ga teng bo‘ladi. Sianlangan qatlam qalinligining vaqtga bog‘liqlik chizmasi 8.4–rasmda berilgan. 11.4–rasm. Sianlangan qatlam qalinligining vaqtga bog‘liqligi Detal yuzalarini u yoki bu element bilan to‘yintirish uchun uni shu muhitda ma’lum temperaturagacha qizdirish kerak. Qizdirishda muhit o‘zidan aktiv holatdagi to‘yintiruvchi elementlar ajratib chiqarishi kerak. To‘yintiruvchi element chikaruvchi muhit 3 xil bo‘ladi: gaz holatda, suyuq va qattiq. Kimyoviy – termik ishlashning asosiy elementlar jarayonlari quyidagilardan iborat. Dissotsiatsiya – muhit molekulalari parchalanib, to‘yintiruvchi aktiv atomlar hosil bo‘lishi: 2SO → SO 2 + S; 2NH 3 → 3H 2 + 2H. Molekulalarning necha protsenti parchalanishi uning dissotsiyalanish darajasi deyiladi. Absorbsiya: - metall yuzasining to‘yintiruvchi element erkin atomlarini yutishi (eritishi). Harorat ko‘tarilishi bilan metallning absorbsiya qobiliyati oshadi. To‘yintiruvchi element atomlari metall bilan qattiq eritma hosil qiladi. Diffuziya: - to‘yintiruvchi elementning detal sirtidan ichkariga tomon kirishi. Natijada metall yuzasining kimyoviy tarkibi o‘zgaradi: - diffuziya qatlami hosil bo‘ladi. To‘yintiruvchi element konsentratsiyasi qatlam bo‘yicha xar xil bo‘ladi (gradient). Agar qattiq eritma suqilib kirish hisobiga bo‘lsa, diffuziya oson o‘tadi (S, N), o‘rin almashish hisobiga nisbatan. SHuning uchun diffuziyali metallashtirish yuqori haroratda o‘tkaziladi. Termik ishlashni 3 tur bor: Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling