11-mavzu: Moliyaviy vositalar hisobi. Reja
Download 32.38 Kb.
|
11-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’riflar. X
- Moliyaviy vosita
- Moliyaviy aktiv
11-mavzu: Moliyaviy vositalar hisobi. Reja: 1.Ma’lumotni taqdim etish 2.Investitsiyalarning ta’rifi 3.BHXSga muvofiq investitsiyalarni turkumlanishi 4.Qarzdorlikga oid qimmatli qog’ozlarga investitsiyalarni hisobi Ta’riflar. Xalqaro moliyaviy bozorlarni jo’shqinlik bilan rivojlanishi natijasida, obligatsiyaga o’xshash an’anaviy dastlabki vositadan boshlab, to foizli svoplarga o’xshash turli hosila shakldagi vositalargacha xilma-xil keng tarqalgan moliyaviy vositalardan foydalanishga olib keldi. Moliyaviy vosita - bu har qanday shartnoma bo’lib, uning natijasida bitta korxonada moliyaviy aktiv va boshqa korxonada moliyaviy majburiyat yoki ulushli vosita bir vaqtning o’zida paydo bo’ladi. Har qanday tomonning majburiyatlari pul shaklida yoki boshqa moliyaviy vosita sifatida qaytarilishini ko’zda tutgan tovarlarni yetkazib berish yuzasidan shartnomalar moliyaviy vositalar shaklida paydo bo’lganidek hisobga olinishi zarur, quyidagi tovarlarni yetkazib berish shartnomalari bundan istisno qilinadi: (a) haridlar, sotilish yoki tovarlarni ichki foydalanish bo’yicha korxonaning kutilayotgan ehtiyojlarini qondirish va ushbu ehtiyojlarga keyinchalik ham muvofiq bo’lishga oid, (b) bitim tuzilganda ushbu maqsadlarni ko’zda tutgan, (v) ular bo’yicha majburiyatlarni qoplash tovarlarni yetkazib berish sifatida amalga oshirilishi kutiladiganlar. Moliyaviy aktiv - bu quyidagi shakldagi har qanday aktiv: (a) pul mablag’lari; (b) pul mablag’lari yoki boshqa moliyaviy aktivlarni boshqa korxonadan olishga oid shartnoma huquqi; (v) bo’lgusida manfaat keltirish imkoniyati bo’lgan moliyaviy vositalarni boshqa korxona bilan ayirboshlashga oid shartnoma huquqi; (g) boshqa korxonaning ulushga oid vositasi. Valyuta (pul mablag’lari) — bu ayirboshlash vositasi bo’lganligi uchun va shunday qilib, moliyaviy hisobotda barcha bitimlarni baholash va taqdim etish asosi bo’ladigan moliyaviy aktivdir. Bankdagi yoki boshqa moliyaviy muassasadagi pul depoziti moliyaviy aktiv hisoblanadi, chunki u ushbu muassasadan pulni olish yoki chek yozib berish yoxud kreditor foydasiga moliyaviy majburiyatni qoplash yuzasidan hisobvaraq qoldig’iga pul qo’yuvchining shartnomaviy huquqini ifodalaydi. Kelgusida shartnoma bo’yicha pul mablag’larini olish huquqini ifodalaydigan moliyaviy aktivlarning, shuningdek, shartnoma bo’yicha kelgusida to’lovni amalga oshirishni ko’zda tutgan moliyaviy majburiyatlarni umumiy misollariga quyidagilarni kiritish mumkin: (a) savdo operatsiyalari bo’yicha debitorlik va kreditorlik qarzdorlik; (b) olinadigan va to’lanadigan veksellar; (v) olinadigan va to’lanadigan zaymlar bo’yicha qarzdorlik; (g) olinadigan va to’lanadigan obligatsiyalar bo’yicha qarzdorlik summalar. Har bir holatda shartnomada ko’zda tutilgan pul mablag’larini talab etish huquqi (yoki to’lov bo’yicha majburiyatlar) bir tomondan to’lov bo’yicha tegishli majburiyat bilan boshqa tomondan pul mablag’larini olish huquqi bilan ta’minlanadi. Download 32.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling