11-mavzu: Moliyaviy vositalar hisobi. Reja


Download 32.38 Kb.
bet2/3
Sana22.12.2022
Hajmi32.38 Kb.
#1042399
1   2   3
Bog'liq
11-mavzu

Moliyaviy majburiyat - bu quyidagilarni ko’zda tutgan shartnoma bo’yicha har qanday majburiyat:
(a)boshqa korxonaga pul mablag’lari yoki boshqa turdagi moliyaviy aktivni o’tkazish;

(b) moliyaviy vositani boshqa korxona bilan bo’lajakda naf keltirmaydigan shartlari bilan almashtirish.


Moliyaviy investitsiyalar harid yoki bozor qiymatidan eng kam bo’lgan bahosi bo’yicha hisobga olgan taqdirda, investitsiyalarning bozor qiymati jami umumiy portfel qiymati asosida, yoki investitsiyalarning guruhlari bo’yicha, alohida har bir investitsiya asosida belgilanishi mumkin.

Qiymatning oshishi qayta baholashdan olingai daromad tariqasida xususiy kapital tarkibiga o’tkaziladi, kamayishi esa - moliyaviy natijalari to’g’risidagi hisobotda xarajat sifatida tan olinadi.


Masalan, 1 aprelda korxona 50,000 qimmatli qog’ozni sotib oldi, bunda brokerga 2,000 to’landi.



1 aprel




Dt Joriy investitsiyalar

52,000

Kt Pul mablag’lari

52,000

Agar kompaniya investitsiyalarni bozor qiymati bo’yicha baholasa, unda hisobda investitsiya qiymatini ko’tarilishi ham, pasayishi ham aks ettirilishi kerak. Faraz qilaylik, 1 mayda ushbu qimmatli qog’ozning haqqoniy qiymati 54,000, 1 iyunda esa 51,000gacha pasaygan.





1 may




Dt Joriy investitsiyalar

2,000

Kt Rezerv kapitali

2,000

Qiymatni pasayishi 1 maydagi qayta baholash natijasini bekor qilib moliyaviy faoliyatdan zararga olib keladi







1 iyun




Dt Rezerv kapitali

2,000

Dt Investitsiyalarni baholashdan zarar

1,000

Kt Joriy investitsiyalar

3,000

Agar kompaniya investitsiyalarni tannarx yoki bozor narxidan eng past bahoda hisobga olsa, 1 may kuni o’tkazma berilmaydi, qiymatni pasayishi esa quyidagicha hisobga olinadi:

1 iyun




Dt Investitsiyalarni baholashdan zarar

1,000

Kt Joriy investitsiyalar

1,000



1- topshiriq Investitsiyalar

Download 32.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling