11-mavzu: Moliyaviy vositalar hisobi. Reja
Ulushda qatnashish usuli va qiymat usuli
Download 32.38 Kb.
|
11-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2- topshiriq. Investitsiyalar
Ulushda qatnashish usuli va qiymat usuli
"A" kompaniyasining xo’jalik muomalalarini ulushda qatnashish usuli va qiymat usulida buxgalteriya yozuvlarida aks ettiring: "A" kompaniyasi "B" kompaniyasidan 1,000 dona aktsiyani 50dan sotib oldi. Bu "B" kompaniyasining aktsiyalarining 30 %ni tashkil etadi. "B" kompaniyasi 30,000 sof foydani aks ettirdi. "B" kompaniyasi tomonidan dividendlar e’lon qilindi, va shu jumladan "A" kompaniyasiga tegishli dividendlar 2,500ni tashkil etdi. "B" kompaniyasidan 2,500 dividendlar olindi.
Har bir usulni qo’llaganda investitsiyalar hisobvarag’ida qanday qoldiq qoladi? 2- topshiriq. Investitsiyalar "Maftuna" kompaniyasining ishlari muvaffaqiyatli kechmoqda va unda investitsiyalar kiritish uchun bo’sh mablag’lari bor. Quyidagi operatsiyalarni aks ettiring: 2018 yil 2 oktyabrda emissiyasidan keyin bir qancha vaqt o’tgandan keyin qimmatli qog’oz sotib olingan edi. Uning nominal qiymati 1,000,000, " Maftuna " bu summa bilan birga 50,000 summada qimmatli qog’ozga hisoblangan foizlar va 25,000 brokerga kommision xaqlarini qo’shgan holda to’ladi. Jami to’lanadigan summa - 1,075,000. Qimmatli qog’ozning to’lanadigan muddati 2019 yil 1 sentyabr. Qimmatli qog’oz qisqa muddatli yoki uzoq muddatli hisoblanadimi? 2. Investitsiyaning sotib olinishini aks ettiring. 3. "Maftuna" kompaniyasi o’zining joriy investitsiyalarini haqiqiy bozor qiymati bo’yicha, uzoq muddatli investitsiyalarini - sotib olish qiymati bo’yicha aks ettiradi. 2018 yil 31 dekabrda bu qimmatli qog’ozning bozor qiymati 930,000 bo’lgan. Agar lozim bo’lsa, bozor qiymatining o’zgarishini aks ettirish uchun o’tkazma bering. "Maftuna"qimmatli qog’ozni 2019 yil 30 martda sotdi va uning hisobiga 1,300,000 oldi. "Maftuna" tegishli yo’l bilan sotish sanasiga 350,000 bo’lgan foizlarni hisobladi va ular haridordan olingan summa ichiga kiritilgan edi. Sotish bo’yicha operatsiyani aks ettiring. Pul mablag’larini ushbu obligatsiyaga investitsiyaga berilgandan unga ega bo’lishning butun davrida 225,000 tashkil etdi. 2019 yil 1 aprelda "Maftuna" bu pullarning bir qismini boshqa investitsiya uchun ishlatdi. Bu nominal qiymati 1,000,000 bo’lgan qimmatli qog’oz edi. Birok, "Maftuna" sotuvchiga 1,190,000 to’ladi, chunki bu qimmatli qog’oz chiqarilgandan keyin foiz stavkalari tushgan edi, va yangi qimmatli qog’ozlar bo’yicha ancha pastroq foiz stavkalari taklif qilinar edi. Harid bilan bog’liq boshqa xarajatlar bo’lmadi, va harid o’z ichiga hisoblangan foizlarni olmas edi, chunki sotuvchi sotish kunida muntazam foiz to’lovlarini olgan edi. Qimmatli qog’ozni to’lash muddati 2020 yil 1 dekabr. Bu investitsiya qisqa muddatli yoki uzoq muddatli investitsiyalarga qaraydimi? Bu qimmatli qog’ozning haridini aks ettiring. Agar "Maftuna" foiz stavkalarining o’zgarishlarini kutayotgan bo’lsa, va qimmatli qog’ozni keyingi olti oy davomida foyda olish uchun sotmoqchi bo’lsa, bu investitsiya qisqa muddatli yoki uzoq muddatli bo’ladimi? Agar qimmatli qog’oz uzoq muddatli deb tasniflansa, va uning bozor qiymati 2019 yil 31 dekabrda 1,400,000ni tashkil qilayotgan bo’lsa, bu o’zgarish jurnallarda qanday hisob qilinadi? Qimmatli qog’oz bo’yicha ustamaning hisobdan chiqarilishi bilan bog’liq oylik operatsiyani aks ettiring. 2019yil 31 dekabrga bo’lgan qimmatli qog’ozning balans qiymati qanday? 2020 yil 1 dekabrga bo’lgan qimmatli qog’ozning balans qiymati qanday? "Maftuna" obligatsiyani to’lash muddatigacha sotmaydi. To’lash kunida tegishli yo’l bilan 150,000 miqdorda foizlar hisoblangan edi, biroq ular hali olinmagan. Foizlar va to’lash summasining olinishini aks ettiring. Download 32.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling