11-mavzu Mulohaza. Xulosa chiqarish Reja Mulohaza va uning turlari
Download 326.33 Kb. Pdf ko'rish
|
11- mavzu Mulohaza. Xulosa chiqarish
Modallik tushunchasi. Hukmlarda ifodalangan fikrlar buyumning belgisi unga
taalluqliligi to‘g‘risidagi haqiqatni bayon etish darajasiga ko‘ra farqlanadi, ya’ni hukm buyum bilan uning predikati orasidagi bog‘lanish aniqligining tabiati bilan, ya’ni uning zaruriy yoki ehtimoliyligi bilan farqlanadi. Bu esa hukm modalligidir. Modallik (lotincha «modus» - mezon, og‘ish ma’nosida) dagi zaruriy bog‘lanish buyum va uning belgilari to‘g‘risida aniq bilimlarni beradi. Ehtimoliy bog‘lanish esa muammoli bilimlarni keltirib chiqaradi. Boshqacha aytganda, hukm buyumi bilan uning predikati orasidagi zaruriy va ehtimoliy bog‘lanish hukmda ifodalangan fikrlar to‘g‘risida qo‘shimcha axborotni, bilimlarni beradi. Shunga ko‘ra, hukm buyumi va uning belgilari o‘rtasidagi bog‘lanish zaruriy yoki tasodiflik, aniqlik yoki muammoviylik, qiymatdorlik, maromiylikka oid va boshqa xususiyatlarga egadir. Bu muammolar mantiqda qadimdan o‘rganiladi. Har bir hukmda ifodalangan fikrlar u yoki bu tarzda haqiqiylikka nechog‘lik muvofiq kelish-kelmaslik darajasi ikki xil, ya’ni kuchli va kuchsiz bo‘lishi mumkin. Kuchli darajaga ijobiy va salbiy tavsiflar, kuchsiz darajaga o‘rta tavsif tegishli bo‘ladi. Masalan, kishini u yoki bu vazifani ado etishga burchli etadigan deontik (buyurish) mantiqdagi «majbur qilinadi», «taqiqlanadi», «man etiladi» fe’llari bilan keladigan hukmlar kuchliga, «yo‘l qo‘yiladi», «ruxsat beriladi» kabi fe’llar bilan keladigan hukmlar kuchsizga tasnif etiladi. Qiymatdorlik mantig‘ida buyumlar haqidagi tasdiq va inkor bog‘lanishlardagi "yaxshi» va «yomon» belgilari kuchli, «loqayd», «o‘rtahol», baholari esa kuchsiz tavsiflardir. Mantiqda hukmlar modallikka ko‘ra uch guruhga bo‘linadi. Bular: imkoniy (problematik - muammoli), hukmlar voqelik, (assertorik) hukmlari va zaruriy (apodiktik) hukmlar. Imkoniy hukmlarda ifodalangan buyum belgilarining unga mansub yohud mansub emasligi to‘g‘risidagi ehtimoliyliklar. Mazkur hukmda hali sodir bo‘lmagan voqea to‘g‘risida taxminiy fikr bayon etiladi. Voqelik hukmlarida buyumda u yoki bu belgi xususiyatining taalluqliligi yoki taalluqli emasligi ifodalanadi. Masalan, «O‘zbekiston IIV Akademiyasi - jumhuriyat markazida joylashgan» deyilganda, mazkur hukm buyumi «O‘zbekiston IIV-Akademiyasi»ga muayyan belgi (jumhuriyat markazida joylashganlik)ning taaluqliligi qayd etiladi. Zaruriy hukmlarda hukm buyumiga mansub belgi barcha sharoitlarda ham uning o‘ziga mansub bo‘lib qolishi ta’kidlanadi. Masalan, «Demokratik davlat huquqiy qonunlarsiz yashay olmaydi». Bu o‘rinda ham hukm sub’ekti (demokratik davlat)ga ma’lum belgi (huquqiy qonunlarsiz yashay olmaslik) barcha shart -sharoitlarda ham taaluqli bo‘lib qolishi ifodalanadi.
Download 326.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling