11-mavzu Mulohaza. Xulosa chiqarish Reja Mulohaza va uning turlari


Download 326.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/17
Sana02.01.2022
Hajmi326.33 Kb.
#199161
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
11- mavzu Mulohaza. Xulosa chiqarish

Analogiya va uning turlari 

Analogiya  (grek.  –  moslik,  o‘xshashlik)  bavosita  xulosa  chiqarishning  bir  turidir. 

Deduktiv  xulosa  chiqarishda  fikr  umumiylikdan  juz’iylikka  qarab,  induksiyada  juz’iylikdan 

umumiylikka  qarab  harakatlansa,  analogiyada  bir  juz’iy  holatdan  boshqa  juz’iy  holatga  qarab 

harakatlanadi. 

Analogiyada predmetlarning o‘xshash xossalariga asoslanib xulosa chiqariladi. Tabiat va 

jamiyatda ob’ektiv turli-tumanlik bilan bir qatorda, ob’ektiv o‘xshashlik ham mavjud. Ular inson 

ongida o‘z ifodasini topadi. Ob’ektiv reallikning turli sohalariga oid qonun va qoidalar tuzilishi 

jihatidan  o‘xshash  bo‘lsa,  ular  aks  ettirgan  voqelikdagi  turli  narsa  va  hodisalar  ham  ma’lum 

ma’noda o‘xshash bo‘ladi. 

Analogiya  bo‘yicha  xulosa  chiqarish  ob’ektiv  reallikning  cheksiz  ko‘rinishlari  hamda 

unda mavjud bo‘lgan turli sistemalarning xossalari, munosabatlari,  tarkibidagi o‘xshashliklarga 

asoslanadi.  Masalan,  sayyoralar,  davlatlar,  ijtimoiy  tuzumlar  mohiyatida  o‘xshashlik  bor. 

Bilishda  muhim  va  nomuhim  xossalar  o‘xshashligi  asosida  analogiya  bo‘yicha  xulosa 

chiqariladi. 

Analogiya vositasida bir predmetdan (modeldan) boshqa predmetga (prototipga) axborot 

o‘tkaziladi.  Xulosa  asoslari  modelga,  xulosa  prototipga  taalluqli  bo‘ladi.  Masalan,  qadimgi 

greklarning  «Dedal  va  Ikar»  afsonasida  aytilishicha,  ota  va  bola  qullikdan  ozod  bo‘lish  uchun 

o‘zlariga  qanot  yasashadi  va  uchib  ketishadi.  Bunda  xulosa  chiqarish  quyidagi  ko‘rinishda 

bo‘ladi: 

Qush tirik mavjudot, uning qanoti bor, u uchadi. 

Inson ham tirik mavjudot, uning qanoti yo‘q, u uchmaydi. 

Insonning ham qanoti bo‘lsa, u, ehtimol, uchadi. 

Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish boshqa xulosa chiqarishlar kabi asos, xulosa va asos 

bilan  hamda  xulosa  o‘rtasidagi  mantiqiy  aloqadan  iboratdir.  Uning  xulosasi  ehtimoliy  shaklda 

bo‘lib, keyingi tekshirishlarni talab qiladi.  Aniq asoslardan ba’zan aniq, ba’zan ehtimoliy xulosa 

chiqadi. 

Analogiya o‘zining ob’ektiv asosiga ega. Bular predmetlar, ularning xossalari o‘rtasidagi 

aloqa va munosabatlardir. 

Analogiyani  turlarga  ajratganda  xulosaning  aniqlik  darajasiga  ham  e’tibor  beriladi.  Shu 

jihatdan  analogiyani  qat’iy  (aniq),  qat’iy  bo‘lmagan,  noaniq  va  xato  analogiyaga  ajratamiz. 

Qat’iy  analogiyaning  o‘ziga  xos  xususiyati  shundaki,  ko‘chirilayotgan  va  o‘xshatilayotgan 

belgilar o‘rtasidagi aloqa zaruriy bo‘ladi. Aniq fanlardagi modellashtirishda fikr qat’iy analogiya 

shaklida yuritiladi. 

Qat’iy  bo‘lmagan  analogiyada  o‘xshash  bo‘lgan  va  ko‘chirilayotgan  belgi  o‘rtasidagi 

zaruriy aloqa ehtimollik darajasiga ega bo‘ladi. Ijtimoiy, tarixiy voqealarni o‘rganishda va aniq, 

tabiiy  fanlarda  ilmiy  tadqiqot  ishlari  olib  borilganda  fikr  yuritish  qat’iy  bo‘lmagan  analogiya 

tarzida  bo‘ladi.  Masalan,  nemis  olimi  Shpenglerning  ta’kidlashicha,  jamiyat  ham  tirik 

organizmlar  kabi  to‘rtta  rivojlanish  bosqichini  bosib  o‘tadi.  Bular:  paydo  bo‘lish,  rivojlanish, 

yetuklik davri va yemirilish davri. 




Agar yolg‘on hukmni 0  bilan, chin hukmni 1  bilan, xulosaning ehtimollik darajasini R 

(a)  bilan  belgilasak,  qat’iy  analogiyada  R  (a)=1;  qat’iy  bo‘lmagan  analogiyada  1>R 

(a)>0  bo‘ladi. 

Analogiya  bo‘yicha  chiqariladigan  xulosaning  aniqlik  darajasini  oshirish  uchun,  ya’ni 

xulosaning  chin  bo‘lish  ehtimolini  oshirish  uchun  ma’lum  shartlarga  rioya  qilish  zarur.  Bular 

quyidagilardan iborat: 

1. Taqqoslanayotgan  predmetlarning  o‘xshash  belgilari  imkoni  boricha  ko‘proq 

aniqlanishi lozim. Shunda xulosaning chinlik darajasi, chin xulosa chiqarish imkoni ortadi. 

2. Taqqoslanayotgan predmetlarning o‘xshash belgilari predmetlar uchun muhim belgilar 

bo‘lishi kerak. Shunda xulosa chin fikrga yaqinlashadi. 

3. Taqqoslanayotgan  predmetlarning  ko‘chirilayotgan  belgisi  bilan  boshqa  belgilari 

zaruriy  aloqada  bo‘lishi  kerak.  Shunda  xulosaning  ishonarli,  aniq  bo‘lish  shartlari  bajarilgan 

bo‘ladi. 

4. Taqqoslanayotgan predmetlarning ko‘chirilayotgan belgisi bilan o‘xshash belgilari bir 

turda bo‘lishi kerak. 

5. Taqqoslanayotgan  predmetlarning  farq  qiluvchi  belgilari  miqdori  kam  bo‘lishi  va  bu 

belgilar  zaruriy,  muhim  bo‘lmasligi  shart.  Agar  predmetlar  muhim,  zaruriy  belgilari  bilan  bir-

biridan farq qilsa, analogiyaning xulosasi xato bo‘ladi. 

Yuqoridagi qoidalarning buzilishi yolg‘on analogiyaga, ya’ni xulosaning xato bo‘lishiga 

sabab bo‘ladi.  

Analogiya  modellashtirish  metodining  mantiqiy  asosini  tashkil  etadi.  Modellashtirishda 

(konkret  yoki  abstrakt)  ob’ektlar  modellarda,  ya’ni  shartli  obrazlar,  shakllar,  ob’ektning 

kichraytirilgan nusxalarida tadqiq etiladi. 

Ma’lum  sabablarga  ko‘ra  tekshirilayotgan  ob’ektni  tabiiy  sharoitlarda  o‘rganish  qiyin 

bo‘lganda yoki mumkin bo‘lmaganda modellashtirishdan foydalaniladi. Bu o‘z navbatida bilish 

jarayonini yengillashtiradi. 

Modellarni uch turga bo‘lish mumkin: 

1. 


Tabiiy  modellar  –  o‘rganilayotgan  ob’ekt  bilan  bir  turda  bo‘ladi  va  undan  faqat 

o‘lchamlari, jarayonlarining tezligi va ba’zi hollarda yasalgan materiali bilan farq qiladi. 

2. 

Matematik modellar – prototip (asl nusxa)dan jismoniy tuzilishi bilan farq qiladi, 



lekin prototip bilan bir xil matematik tasvirga ega bo‘ladi. 

3. 


Mantiqiy  matematik  modellar  –  belgilardan  iborat  bo‘lib,  abstrakt  model 

hisoblanadi va tafakkur jarayonini o‘rganishda qo‘llanadi. 

Modellarning bu turlaridan alohida-alohida va birgalikda foydalaniladi. 

So‘nggi vaqtlarda modellashtirish ko‘pincha kompyuter vositasida amalga oshirilmoqda. 

Masalan, yangi avtomobilning modeli kompyuterda yasalib, uning o‘lchamlari, turli afzalliklari 

matematik modellashtirish vositasida aniqlanadi. 

 

 

 



 

 

 



Download 326.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling