Deduktiv xulosa chiqarish
Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati - unda umumiy bilimdan juz’iy bilimga
o‘tishning mantiqan zaruriy xususiyatga egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita xulosa
chiqarishdir.
Faqat birgina mulohazaga asoslangan holda yangi bilimlarning hosil qilinishi bevosita
xulosa chiqarish, deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarish simvolik mantiqda quyidagicha
ifodalanadi: XYSP, bunda X va Y oddiy qat’iy mulohazalarni (A, E, I, O), S va P lar esa
mulohazalarning sub’ekti va predikatini ifodalaydi. XSP– xulosa asosi yoki antesedent, YSP –
xulosa yoki konsekvent, deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarish jarayonida mulohazalarning
shaklini o‘zgartirish orqali yangi bilim hosil qilinadi. Bunda asos mulohazaning tarkibi, ya’ni
sub’ekt va predikat munosabatlarining miqdor va sifat tavsiflari muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Bevosita xulosa chiqarishning quyidagi mantiqiy usullari mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |