11-mavzu Mulohaza. Xulosa chiqarish Reja Mulohaza va uning turlari


Hukmlar o‘rtasidagi munosabat (mantiqiy kvadrat)


Download 326.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/17
Sana02.01.2022
Hajmi326.33 Kb.
#199161
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
11- mavzu Mulohaza. Xulosa chiqarish

Hukmlar o‘rtasidagi munosabat (mantiqiy kvadrat) 

Tushunchalar  o‘rtasidagi  bo‘lgani  singari,  hukmlar  o‘rtasida  ham  o‘zaro  turlicha 

munosabat  mavjud.  Chunki,    hukmlar  ham  ob’ektiv  borliqning  aloqa,  munosabatlarini  aks 

ettiradi. 




Hukm munosabatlari chin va xato hukmlar holatini belgilaydi. Hukmlar taqqoslanadigan 

yoki taqqoslanmaydiganlariga bo‘linadi.   Agar hukmlar sub’ekti yoki predikat jihatidan har xil 

bo‘lsa,  taqqoslanmaydigan  hukmlar  deb  ataladi.        Masalan,  «Falsafa      fandir»  degan 

hukmlarning predikatlarini munosabatga kiritib bo‘lmaydi  va ularni o‘zaro taqqoslash mumkin 

emas. 

Agar hukmlar har xil miqdorga ega bo‘lsa ham bir xil terminga (sub’ekt va predikatga) 



ega  bo‘lsa,  taqqoslanadigan  hukmlar  deb  ataladi.  Masalan,  «Alisher  Navoiy  O‘rta  asr  Sharq 

mutafakkiri»,  «Alisher  Navoiy  O‘rta  asr  Sharq  mutafakkiri  emas»  taqqoslanadigan  fikrlar 

o‘rtasida  sig‘ishadigan  va  sig‘ishmaydigan  aloqalar  mavjud.  Sig‘ishadigan  aloqalar  uch  turdan 

iborat. To‘liq mos kelishi (ekvivalent) munosabati, qisman mos kelish munosabati va bo‘ysunish 

munosabatlari. 

1.   To‘liq mos  kelishi  (ekvivalent)  munosabati.   Bunda ikki  hukmning sub’ekti yoki 

predikati har xil so‘zlarda ifodalansada, bir xil predikatni ifodalaydi. Masalan, Dalida ma’ruzani 

yaxshi o‘qidi, Dalida ma’ruzani yomon o‘qigani yo‘q.  

2.    Buysunish  munosabati.  Umumiy  hukmlar  (A,E)  bilan  ju’ziy  (J  va  O)  hukmlar 

o‘rtasida  buysunish  munosabati  bor.  Agar  umumiy  hukmlar  to‘g‘ri  bo‘lsa  unga  bo‘ysinuvchi 

juz’iy  hukmlar  ham  to‘g‘ri  bo‘ladi.    Masalan,    «Hamma  o‘zbek  oilalarida  bir  -  birini  hurmat 

qilish bolalar tarbiyasi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish lozim». 

Agar  umumiy  hukm  xato  bo‘lsa,  qisman  (juz’iy)  hukm  ham  xato  bo‘ladi.  Masalan, 

bizning hamma rahbarlar byurokrat emas. Ba’zi rahbarlar byurokrat emas. 

3. Qisman mos  kelishi  munosabati. Sifat  jihatdan farq qiluvchi  juz’iy  hukmlar (j va O) 

o‘rtasida qisman mos  kelishi  munosabati bor. Bunda fikrlar birdaniga to‘g‘ri bo‘lishi mumkin, 

biroq  birdaniga  xato  bo‘lishi  mumkin  emas.  Masalan,  «ba’zi  o‘simliklar  suvda  o‘sadi»  (j)  va 

«Ba’zilari esa suvda o‘smaydi» (O). Bu fikrlarning har ikkalasi ham to‘g‘ri, biroq birdaniga xato 

emas. 


Download 326.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling