11-mavzu: qon va qon aylanish sistemasining yosh xususiyatlari va gigiyenasi reja


Download 27.18 Kb.
bet2/10
Sana18.06.2023
Hajmi27.18 Kb.
#1582882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11 maruza

10.2. Qonning tarkibi
Qonga ivitmaydigan modda solib, probirkada bir necha soat saqlansa yoki sentrifuga qilinsa bir-biridan keskin farq qiluvchi ikkita qavat hosil bo‘ladi. Yuqori qavatda yarim shaffof sariq suyuqlik - qon plazmasi, pastki qavatda esa qonning shaklli elementlari: qizil qon tanachalari, ya’ni eritrotsitlar, oq qon tanachalari, ya’ni leykotsitlar va qon plastinkalari, ya’ni trombotsitlar hosil bo4ladi.
Qonning taxminan 50-60% ni qon plazmasi, 40-45% ni shaklli elementlar, 8-10% ni turli oqsillar, mineral tuzlar, qand moddasi, fermentlar, gormonlar tashkil etadi. Plazma oqsillari uch guruh bo‘lib, bularning 4,5% albumin, 2,8-3,1% globuminlar va 4-4,5% fibrinogenlardir. Qon tarkibida 0,85-0,9% osh tuzi, kalsiy xlor, bikarbonatlar va 0,12% qand moddasi bo‘ladi. Normal fiziologik sharoitda qon plazmasining tarkibi nisbatan turg‘un turadi. Qon plazmasining osmotik bosimi. Qon plazmasidagi erigan moddalar asosan mineral tuzlar hisobiga hosil bo‘ladi. Bulardan eng muhimi osh tuzidir. Osmotik bosim organizm to‘qimalarida suv va erigan moddalarning taqsimlanishida muhim rol o‘ynaydi. Odam qoni plazmasining osmotik bosimi 7, 7-8 litr atmga teng bo‘ladi, bu eritrotsitlar bilan hujayralar hayot faoliyatining saqlanishida muhim fiziologik ahamiyatga ega. Agar bu tenglik o‘zgarsa, eritrotsitlar bilan hujayralarning faoliyati buziladi. Qon plazmasining osmotik bosimini maxsus retseptorlar boshqarib turadi, muhit doimo bir xil saqlanadi. Qonning muhiti kuchsiz ishqoriy, ya’ni rN-7,36 ga teng.
Eritrotsitlar ikki tomoni botiq ellips shaklidagi yadrosiz hujayralardir. Ularning diametri 7-8 mkm ga, qalinligi 2,52 mkm ga teng, erkaklarda 1 mm3 qonda 4,5-5 mln, ayollarda 4-4,5 mln dona eritrotsit bo‘ladi. Inson organizmida taxminan 25 trillion eritrotsit bo‘lib, har sutkada o‘lgan eritrotsitlar o‘rniga ko‘mikdan taxminan 300 milliard yangi eritrotsit hosil bo‘ladi. Eritrotsitlar hayoti 30-120 kun gacha davom etadi. Eritrotsitlar qizil ilikda yetiladi. Ularning ko‘pchiligini (85-90%) qonga rang beruvchi gemoglobin tashkil etadi. 100 g qonda o‘rta hisobda 16,6-17 g gemoglobin bor. Eritrotsitlar tarkibidagi gemoglobin o‘pkadan kislorod biriktirib olib, organizmning hujayra va to‘qimalariga yetkazib beradi. Gemoglobin gem va oqsil - globindan tashkil topgan bo‘lib, gem qismida G‘e++ saqlanadi. Eritrotsitlar soni yoki uardagi gemoglobin miqdorining kamayib ketishiga kamqonlik deb ataladi. Eritrotsitlar eng muhim bufer rolini o‘ynaydi, qonning faol reaksiyasini saqlaydi. Ular suv almashinuvidagi, oqsillar, yog‘lar, uglevodlar parchalanishidagi fermentativ jarayonlarda ishtirok etadi.

Download 27.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling