11-mavzu: qon va qon aylanish sistemasining yosh xususiyatlari va gigiyenasi reja


Qon aylanishi sistemasi fiziologiyasi. Katta va kichik qon aylanish doirasi


Download 27.18 Kb.
bet6/10
Sana18.06.2023
Hajmi27.18 Kb.
#1582882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11 maruza

10.5. Qon aylanishi sistemasi fiziologiyasi. Katta va kichik qon aylanish doirasi
Qon aylanish jarayonining doimiyligi organizmning hayotiyligini belgilovchi faktordir. Yurakning ishlashi, qon devorlarining elastik bo‘lishi, skelet muskullarining qisqarishi, bosimning farq qilib turishi qonning harakatga keltiruvchi faktorlaridir. Bir butun organizm va organlar faliyati qon aylanish funksiyasi bilan bog‘liqdir. Qon aylanish orqali yurak va qon tomirlar faoliyati ta’minlanib turadi. Yurakdan qon olib ketuvchi qon tomirlarini arteriya qon tomirlari, yurakka qon olib keluvchi qon tomirlarini vena qon tomirlari deyiladi. Qon qon tomirlarda harakatlanar ekan, murakkab yo‘lni katta va kichik qon aylanish doirasini bosib o‘tadi. Yurak muskullarining qisqarishi qon harakatini boshlab beradigan turtki bo‘ladi. Natijada qonning tomirlardan to‘qimalarga borishi va yurakka qaytib kelishi, arteriyalardan kapilyarlarga, kapilyarlardan venalarga, venalardan yurak bo‘lmalariga o‘tishda bosimning pasayishiga bog‘liqdir.
Katta va kichik qon aylanish doirasi. Sut emizuvchi hayvonlar va odamda qon aylanishi yopiq bo‘lib, katta va kichik qon aylanish doiralariga bo‘linadi.
Katta qon aylanish doirasi yurakning chap qorinchasidan chiquvchi eng yirik arteriya, ya’ni aortadan boshlanib, bir oz yuqoriga ko‘tariladida, yoy hosil qiladi. Aorta yirik, o‘rta diametrli arterial va kapiljyar tomirlarga bo ‘linadi. Kapillyar, ya’ni qil tomirlar bilan organizm hujayralar orasida moddalar almashinuvi sodir bo‘ladi. Arteriya kapillyarlari, vena kapillyarlarini, so‘ngra mayda venalar, venulalar, keyin уirikroq vena tomirlarini hosil qiladi. Yirik vena tomirlari yuqorigi va pastki kovak venani hosil qilib, yurakning o‘ng bo‘lmachasiga quyiladi. Qon aylanishning bu doirasi katta qon aylanish doirasi deyiladi. U organizmning barcha hujayralarini qon bilan ta’minlaydi.
Kichik qon aylanish doirasi yurakning o‘ng qorinchasidan o‘pka arteriyasi bilan boshlanib, o‘pkaga boradi va u yerda arteriya, yirik arteriya, kapillyarlarga tarmoqlanib, o‘pka hujayralarida gazlar almashinadi, 4 ta o‘pka venasi yurakning chap bo‘lmachasiga quyiladi. Bu kichik qon aylanish doirasi deb yuritiladi. Ona qornidalik davrida homila tug‘ulguncha kichik qon aylanish doirasi funksiyalanmaydi. Homilada modda almashinuvi yo‘ldosh (platsenta) dagi qon tomirlar vositasida sodir bo‘ladi. Bola tug‘ilishi bilan uning qon aylanish sistemasida bir qator chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.

Download 27.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling