11-mavzu: qon va qon aylanish sistemasining yosh xususiyatlari va gigiyenasi reja


Eritrotsitlarning cho‘kish reaksiyasi


Download 27.18 Kb.
bet3/10
Sana18.06.2023
Hajmi27.18 Kb.
#1582882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11 maruza

Eritrotsitlarning cho‘kish reaksiyasi. (COE) Agarda qoning ivishidan saqlab, shishadan yasalgan kapilyarda bir necha soatga qoldirsak, qon tarkibidagi eritrotsitlarni kapilyar trubkada trupkalar tubiga cho‘kib qolganini ko‘ramiz. Eritrotsitlarni cho‘kish tezligi turli yoshdagi kishilarda, ayollarda, bolalarda turlicha bo‘ladi. Bundan tashqari turli xil kasalliklar tufayli ham o‘zgarishi mumkin. Eritrotsitlar 3-9 mm erkaklarda, ayollarda 7-12 mm soatiga cho‘kadi. Organizm holatining o‘zgarishlarida eritrotsitlar tezligining o‘zgarishi kuzatiladi.
Eritrotsitlarning ma’lum tezlikda cho‘kishidan foydalanib, tibbiyotda kasalliklarni belgilashda foydalaniladi. Buni tibbiyotda COE deyiladi. Organizm qattiq shamollaganda, sil kasalligida, homilador ayollarda yalig‘lanish kasalligi boshlanganda va boshqa o‘zgarishlarda eritrotsitlar cho‘kish reaksiyasi tezligi ortadi.
Leykotsitlar, ya’ni oq qon tanachalari yadroli amyobaga o‘xshagan harakatlanuvchi hujayralardir. Leykotsitlar 4-14 mikron bo‘lib, har 500 eritrotsitga taxminan bitta leylkotsit to‘g‘ri keladi. 1 mm3 qonda 6-8 ming dona leykotsit bo‘ladi. Leykotsitlarning soni organizmning holatiga, ovqatlanishga, muskullar ishi va boshqalarga qarab o‘zgarib turadi.
Leykotsitlar donador va donasiz leykotsitlarga bo‘linadi.
Donador leykotsitlarga eozinofillar, bazofillar va neytrofillar, donasiz leykotsitlarga monotsitlar va limfotsitlar kiradi. Leykotsitlar suyak iligida, taloqda va limfa bezlarida hosil bo‘ladi va organizmni turli mikroblardan himoya qilib turadi, unga tushgan yot moddalarni parchalaydi va mikroblarni yutadi. Leykotsitlarning yot moddalarni yutish xususiyatini I.I.Mechnikov fagotsitoz deb atagan.
Qon plastinkalari. Qon plastinkalari, ya’ni trombotsitlarning diametri 3 mikron. 1 mm3 qonda 200-400 mingtagacha trombotsit bo‘ladi, bular qon ivishida muhim rol o‘ynaydi. Trombotsitlar suyak ko‘migida mayda plastinka shaklida ishlab chiqarilib qonga o‘tadi. Qonning ivish xususiyati kamayib ketganda odam arzimagan jarohat tufayli qon yo‘qotib, halok bo‘lishi mumkin. Shikastlangan tomirdan oqayotgan qon aksari 3-4 daqiqada iviydi. Qon ivish jarayonining asosiy mohiyati uning plazmasi tarkibidagi qonda erigan fibrinogen oqsilining erimaydigan fibrin ipchalari hosil bo‘lishidir. Fibrinogen faol trombin fermenti ta’sirida fibringa aylanadi. Qonda passiv protrombin bo‘lib, u trombokinaza fermenti va kalsiy tuzi ta’sirida faol trombinga aylanadi. Qonning ivish sxemasini quyidagicha izohlash mumkin.
I faza: protrombin +Ca+trombokinaza = trombin;
II faza: fibrinogen + trombin = fibrin.

Download 27.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling