11-mavzu. Sanoat korxonalarining investitsion va innovatsion faoliyati
Download 234.8 Kb.
|
10-mavzu
Investitsiyalar mikrodarajada:
Ishlab-chiqarishni rivojlantirish va kengaytirish; Asosiy fondlarni jismoniy va ma`naviy eskirishiga yo`l qo`ymaslik; Ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirish; Korxona maqsulotini raqobatbardoshligini ta`minlash va uning sifatini oshirish; Qimmatli qog’ozlar sotib olish va boshqa korxona aktivlariga o`z mablag’ini sarflash maqsadlariga erishish uchun zarurdir. O`tish iqtisodiyotida investitsiya manbalarini mulkchilik shakllaridan qat`iy nazar quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: investorlarni o`z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg’armalari, fuqarolar, huquqiy shaxslarni va boshqa manbalar); investorlarni qarzga olgan moliyaviy mablag’lari (zayom obligatsiyalari, bank kreditlari va byudjet ajratmalari); investorlarni jalb qilgan moliyaviy mablag’lari (aktsiyalar va boshqa qimmat baholi qog’ozlarni sotishdan tushgan mablag’lar, fuqaro va huquqiy shaxslarni paylari va turli xil badallar, hamda turli xil maqsaddagi nodavlat fondlar, mablag’lari); davlat byudjetining investitsiya ajratmalari. Umuman olganda investitsiyalar o`z oldiga quyidagi maqsadlarni qo`yadi: Bozorda mahsulotni uzoq davr mobaynida saqlab turish Mahsulot sifatini yaxshilash va ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish Yangi mahsulot ishlab chiqarishni joriy etish Iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni yechish Investitsiyalar iqtisodiy va boshqa faoliyat ob`ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne`matlar hamda ularga doir huquqlar hisoblansa, investitsiyalashda qatnashadigan sub`ektlarning investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq harakatlari majmui investitsiya faoliyati deb yuritiladi. Investitsiya faoliyati tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning bir ko`rinishidir, shuning uchun ham tadbirkorlikka xos bo`lgan belgilar, ya`ni mulkiy mustaqillik, tashabbuskorlik va tavakkalchilik unga ham xos bo`lgan xususiyatdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir investitsiya turining o`ziga xos o`rni bo`ladi. Download 234.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling