11-mavzu. Shaxsning kasbiy kamoloti. (2 Soat)
Download 37.38 Kb.
|
11-mavzu. Shaxsning kasbiy kamoloti. (2 Soat) Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasbiy tanlov
- Fiziologik tanlov
Mutaxassislik-kasb ichidagi kasbiy faoliyat ko„rinishlaridan biridir. Biroq birmuncha qisman, oraliq natijalarni erishishga yo„nalgan (muhandis-tadqiqotchi, muhandis-o„qituvchi, muhandis-konstrkutor).
Professionallik - ahamiyatli kasbiy natijalarga erishish va faoliyatini yuqori darajada amalga oshirish imkonini beruvchi, psixik sifatlarni zarur me‟yoriy to„plamiga ega bo„lgan shaxsning ichki tavsifnomasidir. Har qanday holatda xam shaxs kasb tanlash jarayonida 2 ta savolga to„qnash keladi va unga javob berishga harakat qiladi. Xususan, tanlayotgan kasbim menga qay darajada to„g„ri keladi yoki men tanlagan kasbimga mosmanmi? Boshqacha qilib aytganda, menga tanlagan kasbim qay darajada yoqadi? Menda ushbu kasbga nisbatan layoqat, qobiliyat, imkoniyatlarim yetarlimi? Yuqoridagi savollarga javob berish shaxs kasbiy ta‟limining samaradorligini bildiradi va kelgusidagi muvaffaqiyatli faoliyatini ta‟minlaydi. Kasbiy tanlov – insonning aniq kasbga, ish joyiga yaroqliligini aniqlovchi omildir. Kasbiy tanlov 4 jihat bo„yicha farqlanadi: tibbiy, fiziologik, pedagogik, psixologik. Tibbiy kasbiy tanlov tibbiy muolajalar orqali amalga oshiriladi: inson organizmining rivojlanishi, shakllanishi aloxida funksional tizimlarni tekshirish orqali amalga oshadi. Fiziologik tanlov-insonning funksional holatini inobatga oladi: ishchanligi va charchash darajasi stress omillariga munosabati tavakkal sharoitlarda samarali tashkil qilish qobiliyati, kechki smenalar, axborotlarning noaniqligi va boshqalar kiradi. Pedagogik kasbiy tanlov-ishchining maxsus bilimlarini shakllanganligiga baxo berish orqali amalga oshiriladi, malaka va amaliyot kasbiy ko„nikmalar tekshiriladi. Psixologik tanlovda- verbal testlar va so„rovnomalardan, metodik suhbatlardan foydalaniladi. Bu insonning qobiliyati, yo„nalganligi, kasbiy yo„nalishi, motivasiyasi, qiziqishlari va layoqatini tekshiradi. Kasbiy tanlov insonga mavjud faoliyatning yo„nalishlari haqida tavsiyalar beriladi, ularning psixologik, psixofiziologik, fiziologik xususiyatlari natijalari, psixologik, psixofiziologik, tibbiy diagnostikaga asoslangan bo„ladi Hozirgi kunda shaxs oldidagi kasbiy tanlov jarayoni keng qamrovlidir. Shu bilan birga ushbu tanlovni cheklovchi qator sabablar mavjud. Ushbu omillar orasida shaxsga bog„liq bo„lmagan obektiv va muayyan shaxs xususiyatlariga bog„liq bo„lgan subektiv omillar ham mavjud. Download 37.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling