11-mavzu. To’G’riqanotlilar turkumi reja
Download 90.93 Kb.
|
11. entomologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-bosh turkum: Gemipteroidlar-Hemipteroidea
Bosh oila: Chigirtkalar
Chigirtkalar 6-7 sm kattalikda bo’ladi. Ularning ovozi orqa oyog’ining ust qanot tolalariga ishqalanishi natijasida hosil bo’ladi. Timpanel organi ust qanot tolalariga ishqalanishi natijasida hosil bo’ladi. Timpanl organi bularning oldingi qorincha bo’g’imi yon tomonida xitin bilan uralgan maxsus parda shaklida tuzilgan. Ular tuxumlik, lichinkalik yoki voyaga yetgan davrida qishlaydi. Chigirtkalar tuxum quygichi bilan yerni kovlab, maxsus bezdan ajratilgan suyuqlikdan «ko’zacha» hosil qiladi har bir kuzachada 150 tagacha (1mm yerda 1800 tagacha ko’zacha bo’ladi) tuxum qo’yadi. Tuxum qo’yishi 1 oy va undan ko’proq cho’ziladi, tuxum qo’ygandan keyin erkagi ham, urg’ochisi ham o’ladi. Kelgusi yili bahorda tuxumdan lichinka chiqadi. Tuproq yuziga navbatlashib tuxumdan chiqqan lichinka 4-5 marta po’st tashlaydi va shuncha yosh yashaydi. Lichinkalarning turli yoshi tuzilishiga ko’ra bir-biridan farqlanadi. Ular to’da-to’da bo’lib yashaydi va ko’paygan davrida juda xo’ra bo’lganligidan ko’plab o’simliklarga katta zarar yetkazadi. To’qay ko’chmanchisi-locustamigratori degan chigirtka O’rta Osiyoda keng tarqalgan. Ular g’alla va bedalarga katta zarar yetkazadi. Lichinka tuxumdan aprel may oylarida chiqadi. Marokash chigirtkasi O’rta Osiyoda, Ozorbayjon, Armaniston, Gruziya va Qozog’istonda yaylov va qishloq xo’jalik o’simliklariga katta zarar yetkazadi. Lichinkasi mart oyida chiqadi. Bundan tashqari. Tetragidasimonlar bosh oilasi vakillarida eshitish organlari yo’q ust qanotlari qisqargan, orqa qanotiga nisbatan kalta bo’ladi. O’rta Osiyoda 50-70 kunda rivojlanadi. O’simlik bilan oziqlanadi. Triperstosimonlar bosh oilasi vakillarida gavda kichik, oldingi juft oyoqlari kovlovchi tipda, panjalari 1-3 bo’g’imli bo’ladi. Ba’zi turlari nam joylarda yashab sholiga zarar yetkazadi. 4-bosh turkum: Gemipteroidlar-Hemipteroidea Bularda og’iz apparati so’ruvchi yoki kemiruvchi tipda, oldingi qanotlari keyingisiga nisbatan yaxshi rivojlangan va uchish vaqtida asosiy vazifani bajaradi. Malpigi naychalari 2-6 ta bo’ladi. Bu bosh turkum 6 ta turkumga bo’linadi: Download 90.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling