11-mavzu. To’G’riqanotlilar turkumi reja


-Turkum: Kandalalar yoki yarim qatiq qanotlilar-Hemiptera


Download 90.93 Kb.
bet6/6
Sana17.06.2023
Hajmi90.93 Kb.
#1528942
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11. entomologiya

5-Turkum: Kandalalar yoki yarim qatiq qanotlilar-Hemiptera

Bularda og’iz apparati sanchib-so’ruvchi tibda tuzilgan., hartumchasi bo’g’imlarga bo’lingan bo’lib, o’simlikning shirasini yoki hayvon yoki odamning qonini so’radi.


Ularning 40 000 dan ortiq turi bo’lib, 100 dan ortig’i odam, hayvon va o’simlik organizmida parazitlik qiladi.
Oldingi juft yoki ustki qanoti ko’pchiligida bir xil qalinlikda emas. Oldingi qismi (2|3) qattiq, terisimon, qalin xitin bilan qoplangan, qolgan 1|3 qismi yumshoq, yupqa va yaltiroq pardasimon ko’rinishda bo’ladi. Yarim qatiq qanotlilar nomi ham shundan olingan.
O’rta ko’krakning yelka tomonidan kichik uchburchak qalqoni ham bor. Ba’zilarida bu qalqon kuchli taraqqiy etgan bo’lib, ust qanoti ham yopadi. Orqa ko’krakning pastki yon tomonidagi bezdan ajraladigan sekret qo’llansa hid tarqatadi.
Ko’pchiligi quruqlikda, o’simliklar sirtida, po’stloq ostida, tuproq ichida yashaydi, suvda uchraydi, ba’zilari yirtqiya, o’simlik, hayvon va odam organizmida parazitlik qiladi.
Ko’pchilik kandalalar 1 yilda 1 marta ko’payadi, tuxumlarini o’simliklarga qo’yadi, suv kandalalari erkaklarining ustiga qo’yadi.

Lichinkasi 5 marta po’st tashlaydi. 3-yoshda qanotlari paydo bo’ladi. Tuxumlik, ba’zilari esa yetuk davridaqishlaydi.
Kandalalar 2 ta kenja turkumga bo’linadi:
1.Ochiq yoki erkin mo’ylovlilar-Zymnoceaa
1-Kenja turkum:Ochiq yoki erkin mo’ylovlilar-Zymnoceaa
Mo’ylovlari normal rivojlangan. Ko’pchiligi quruqlikda, ba’zan suvda yashaydi.
Parazit kandalalar. Bulardan o’rin-ko’rpa kandalasi-Cimexlectularis yotoqxonalarda ko’p uchraydi. Qanotlari orqa-qorin tomoniga yassilangan va rudimentlar holda bo’ladi. Bosh qismida bir juft mo’ylov, bir juft ko’zi va og’iz apparati bor. 3 bo’g’imli hartumi tinch turganda qorin yuzasiga yashirinib turadi. Og’zi sanchib-so’ruvchi tipda.
Gavdasi xitinli po’st bilan qoplangan, tuk jigar rangda, ayrim jinsli bo’lib, erkaklari 4,5-6 mm, urg’ochilari 5-8,5 mm keladi. Ular hayoti davomida bir marta tuxum qo’yadi. 35-370S da 4-6 kunda tuxumdan lichinka chiqadi. Lichinka 5 marta po’st tashlaydi. Har bir po’st tashlashdan oldin bir marta qon so’radi. Lichinkasi 1.5 yilgacha och yashay oladi.
O’rin-ko’rpa kandalasi hayotining hamma davrida issiqqonli hayvonlar va odam qoni bilan oziqlanadi. U tungi hayvon bo’lib, odam va hayvonlarni kechasi chaqadi. Qon so’rishi davrida og’riq seziladi. Chaqqanda nerv tolalarini qitiqlab, uyquga halaqit beradi. Ba’zilar bunga sezgir bo’lib, chaqqanda turli xil toshmalar paydo bo’ladi, qashilganda mikroblar kirib, yaralar hosil bo’ladi. Ularning kasallik tarqatishi isbotlanmagan.
Uyda, jamoat joylarida sanitariya-gigiena qoidalarining buzilishi natijasida kandalalar paydo bo’ladi. Ularni yo’qotish uchun dizenfektsiyalovchi moddalardan (insentitsidlardan) foydalanish kerak.
Janubiy Amerikada odamda uchraydigan va o’limga olib keladigan «chagas» kasalligini keltirib chiqaruvchi triponosomani (Tryponosomaeruti) o’pish kandalasi (Triatomidea oilasi) odamni chaqqanda yuqtiradi.
O’simliklarda parazitlik qiladiganlaridan boshoqli ekin parazit-lari alohida o’rin tutadi. Bular qalqonchalar-Rep a o ae oilasiga kiradi. Yelkasidagi qalqonchasi yirik, mo’ylovlari 5 bo’g’imli, o’simlikho’r, yirtqichlari ham bor.
Bularga zararli xasva-Eurydaintegriceps kiradi. Ular boshoqli o’simliklarda O’rta Osiyo, Ukraina va Kavkazda uchraydi. bahorda qishlagan joyidan uchib borib poyadan shira so’rib o’simlikni o’ldiradi. U yerda ko’payadi. Urg’ochisi 70-100 ta tuxum qo’yadi. Tuxumdan 2 haftada lichinka chiqadi. Keyin ular voyagaetib boshoqni zararlaydi. Lichinkasi 5 marta po’st tashlab voyaga yetadi va yana o’rmonlarga qishlash uchun ketadi.
Ularni qopqon-ho’raklar bilan to’plab keyin qirib tashlash mumkin. Ularning tuxumini yeydigan hasharotlardan ham foydalanish mumkin.
Bundan tashqari. Avstriya kandalasi-E.austiacus, mavryoki qora kandala-E.manrus ham parazitdir.
Eurydema avlodining vakillari karam,xantal (gorchitsa) va rapsga zarar yetkzadi.
Raps kandalasi-E.oleracea yirtqichlar-Reduvreidae oilasi vakillari-da hartumi pastga qarab o’rnashgan. Ko’proq tropik zonalarda tarqalgan. O’rta Osiyoda janubiy zonalarda ko’proq uchraydi. Hashoratlarning ichki suyuqligini so’rib oziqlanadi. Ba’zi turlari odam qonini so’rib, bolalarda falajlik (paralij) kasalligining tarqatuvchisini yuqtiradi.
Ko’zchasizlar (so’riqlar)-Miridae oilasi vakillarining gavdasi cho’ziq, teri qoplagichi yupqa bo’ladi. Ko’zi yo’q, hartumi 4 bo’g’imli, oyoqlari yuguruvchi tipda tuzilgan. Tuxumlarini o’simlik po’stlog’i orasiga qo’yadi. O’simliklarga ktta zarar yetkazadi.


2-Kenja turkum: Yashirin mo’ylovlilar-Cryptocerata

Mo’ylovlari juda qisqargan, yashirin holatda, hid chiqaruvchi bezlari rivojlanmagan. Suvda yashaydi, ko’pchiligi yirtqich. Ular 2-marta suvda yashashga o’tgan.


Suv o’lchovchilar (Hydrometra avlodi), chopqirlar (Limnopozus avlodi) suv betida tez yuguradi, shuning uchun oyoqlaiga suv yuqmaydi, ular quruqlikda qishlaydi. Suvda oziqa uchun yuradi.
Semizak suv kandalasi (Notonectageauca) ning orqa oyoqlari eshkak oyog’iga o’xshab tuzilgan. U yordamida suvda yelkasi bilan suzadi. Ammo ular uzoq masofalarga uchishi ham mumkin.
Hamma suv kandalalar atmosfera havosi bilan nafas oladi. Ularning qornining oxiridagi naysimon o’simta tez-tez suvning yuzasiga chiqib havo olib turadi. Masalan, suv chayoni-Nepacineria da uzun nay bo’lib, u yordamida nafas oladi. Suv chayoni to’kilgan bargla orasida yashaydi.


6-Turkum: Tripslar yoki xoshiya qanotlilar-Tnysanoptera

Tripslarning 1500 ga yaqin turi bor. Uzunligi 0,5-5 mm, yassi, cho’zinchoq shaklda. Mo’ylovlari 6-8 bo’g’imli, og’iz apparati sanchib-so’ruvchi tipda, qanotlari 2 juft, xoshiyali, oyoq panjalarida yopishqoq pufakchalar bor. Nomlari ham shundan olingan. Panjalari 1-2 bo’g’imli. Qanotli yoki qanotsiz turlari bor.


Gavdasi siyrak tukchalar bilan qoplangan. Oldingi ko’kragi yaxshi taraqqiy etgan. Boshi va o’rta ko’kragi harakatchan birlashgan.
Qorincha uch tomoniga ingichkalashib boradi. U yordamida tuxumini o’simlik po’stining ichiga qo’yadi.
Tripslar 2 ta kenja turkumga bo’linadi:
1.Tuxum quygichlilar-4 ta lichinkalik davrini bosib o’tadi, shundan2 tasi qanotsiz, 2 ta qanotlidir. Bularga tamaki tripsi-Tp r a as kiradi. U tamaki, g’o’za, dukkakli, tok o’simliklarini kuchli zararlaydi. Zararlangan o’simlik o’sishdan orqada qoladi, barglari buralib, tirishib qoladi. Trips yashagan joylari turli xil dog’lar bilan qoplanadi. Keng tarqalgan va zararli turlari bor.
Naycha dumlilar kenja turkumida qanotsiz nimfalar 3 yoshni o’taydi 2 tasi qanotli bo’ladi. Yil davomida 7-9 tagacha avlod beradi. Bularga bug’doy tripslari kiradi.
Nazorat savollari va topshiriqlar

  1. Uzun mo’ylovli to’g’ri qanotlilar

  2. Kalta mo’ylovli to’g’ri qanotlilar

  3. Kandalalar yoki yarim qatiq qanotlilar

  4. Tripslar yoki xoshiya qanotlilar

Download 90.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling