11-mavzu. To’G’riqanotlilar turkumi reja
-Turkum: Teng qanotlilar-Homoptera
Download 90.93 Kb.
|
11. entomologiya
4-Turkum: Teng qanotlilar-Homoptera
Bu turkumga xilma-xil hasharotlar kiradi. Ular dala-bog’, poliz, o’rmon ekinlariga katta zarar yetkazadi.bularda jag’ va lab paypaslagichlari yo’q, og’iz apparti sanchib-so’ruvchi tipda tuzilgan. Gala bo’lib yashaydi va o’simlik shirasi bilan oziqlanadi. Bular xilma-xil bo’lishi bilan birga ular uchun umumiy belgi og’iz apparatining tuzilishidir. Hartumchasi 1-4 bo’g’imli, cho’ziq pastki lab yig’ilib ko’krakka. Oyoqlar orasiga qisilib turadi. Pastki lab yuqori tomondan kaltaroq, ustki lab bilan yopilib turadigan tarnovchadan iborat. Yig’iladigan hartumda 4 ta uzun qilchalardan iborat sanchuvchi apparat bor. Bu qillar yig’ilib turganda 2 ta kanal hosil bo’ladi.: so’lak kanalidan so’lak oqib o’tadi, so’rish kanalidan ovqatni so’rib oladi. Yuqori lab yaxshi taraqqiy etmagan. O’rta ko’kragi yaxshi taraqqiy etgan. Qanotlari uchburchak shaklda bo’ladi. Oyoqlari sakrovchi, kalta yoki yaxshi taraqqiy etmagan. Ularning ichagi o’ziga xos tuzilgan. Oldingi ichakning oxirgi o’rta ichak oxiri yoki orqa ichakning boshlanish qismi bilan tutashgan bo’lib, o’rta ichak mustaqil pufakchaga o’xshaydi. Bular o’simlikning shirasini so’rib quritadi, hosilini kamaytiradi, shishlar hosil qiladi. Chiqindilari o’simlikning qismlarini qoraytirib tashlaydi, natijada zamburug’lar bilan kasallanadi. Bu turkumning 3000 ga yaqin turi bor. Ular quyidagi kenja turkumlarga bo’linadi: 1.Saratonlar-Cicadinea 2.Oq qanotlilar-Aleyrodinea 3.Barg burgachalari-Psyllinea 4.O’simlik bitlari yoki shiralar-Aphidenea 5.Koktsidlar yoki qalqondor bitlar-Coccinea. 1-Kenja turkum: Saratonlar-Cocadinea G.K.Dubovskiy (Farg’ona universiteti) tsikadasimonlarni O’rta Osiyo sharoitida 150 dan ortiq yangi turini aniqlangan. Bularning 7000 turi bo’lib, boshining tepasi bet tomondan burchak hosil qiladi. Mo’ylovlari kalta, 3 bo’g’imli, uchi qilsimon, ko’zlari taraqqiy etgan. oyoq panjalari 3 bo’g’imli, orqa oyoqlari sakrovchi tipda, ust qanotlari xitinlashgan, pardasimon tiniqdir. Tuxumlarni tuxuim quygichi bilan o’simlik poyasini tilib ichiga qo’yadi. Lichinkalari 5 ta yoshni bosi bo’tadi. Sayroqi saratonlar (tsikada)ning lichinkasi tuproqda yashaydi. Rivojlanishi 6 oy, 1 yil, ba’zilarida bir necha yil, Janubiy Amerikada yashovchi turlarida 15-17 yil davom etadi. Saratonlarning ko’pchiligi o’simliklarga virus kasalligini tarqatadi. 2-Kenja turkum: Oq qanotlilar-Aleyrodinea Gavdasi 1.3-1,8 mm, mo’ylovlari 3-7 bo’g’imli, qanotlari oq rangda, shuning uchun ham shunday nomlangan. Oyoq panjalari 2 bo’g’imli. Og’iz apparati so’ruvchi tipda, tuxumlarini barg ostiga qo’yadi. O’zbekiston sharoitida 6-10ta avlod beradi. Sabzavot-poliz ekinlariga katta zarar yetkazadi. Barg ostida yashab, uni yopishqoq (shirin) qoldiqlari bilan ifloslantiradi. Natijada u yerda zamburug’lar ko’payadi. Barg teshikchalari (og’izlarini) bekitib tashlaydi. 3-Kenja turkum: Barg burgalari-Aleyrodinea Ular o’simlik bitlariga o’xshaydi, lekin gavdasining shakli, sakrovchi keyingi oyoqlari bilan farqlanadi. Gavdasi 3-6 mm, mo’ylovi 10 bo’g’imli, oyoq panjalari 2 bo’g’imli. 1 yilda 1-5 marta avlod beradi. 1500 turi bor. Lichinkalari o’simlik bitlariga o’xshab «asal shudring» chiqarib olma, nok va boshqa mevali daraxtlarga zarar yetkazadi. 4-Kenja turkum: O’simlik bitlari yoki shiralar-Aphidinea Kattaligi 0,5 mm, polimorf hasharotlardir. O’simlik bitlari shirinchalar yoki shiralar deb ataladi. Shakli oval, tsilindirsiomn, yumshoq, tukli oq mumsimon modda ishlab chiqaradigan bezlari bor. Rangi sarg’ish, yashil, qora bo’lishi mumkin. mo’ylovlari 3-6 bo’g’imli. Hartumi 3 bo’g’imli, qanotlari orqa ko’krak bilan tutashib ketgan. Qanotlari nozik pardasimon, keyingisi kichik, oyoqlari tuklar bilan qoplangan, panjalari 2 bo’g’imli bo’ladi. Qorni 9 bo’g’imli bo’lib, 6-bo’g’imining yuqori tomonida «shira bo’rtmalari» yoki «shira naylari» bor. Voyaga yetganlari quyidagi shaklda bo’ladi: tirik tug’uvchi qanotsiz, tirik tug’uvchi qanotli urg’ochi, qanotli (ba’zan qanotsiz) erkak individlari uchraydi. Shiralarda jinsiy va jinssiz ko’payish mavsumiy gallanadi. Bahor va yoz oylarida faqat partonogenez, kuzda jinsiy ko’payuvchilari paydo bo’ladi. Ular urug’lantirilgan tuxum qo’yadi. Tuxum qishlaydi. Bahorda ulardan shiralar hosil bo’ladi. Ular kelgusi avlod uchun asos bo’ladi. Shuning uchun ularni asoschilar deyiladi. Ularning qanoti bo’lmaydi va partonogenez usulda qanotli va qanotsiz individlar tug’adi. Ular turning tarqalishini taminlaydi. Shuning uchun ular tarqatuvchilar deb ataladi. Demak, bahor-yoz oylarida jinssiz, kuzda jinsiy ko’payadi. Lichinkalari 4 marta po’st tashlaydi. Ular bahorda 15-20 kunda, yozda 4-8 kunda voyaga yetadi. Bir mavsumda 15-20 marta avlod beradi. Shiralar uchun asosiy va 2-darajali o’simliklar bo’ladi. Ular asosiy o’simlikda yashab ko’payadi va 2-darajali o’simlikka ko’chib o’tadi. Qishlaydigan tuxumlarni asosiy o’simlikka qo’yadi. Shiralar asosan bir tur yoki bir gruppa o’simliklarda yashaydi. Shiralarning quyidagi biologik belgilari katta ahamiyatga ega: 1.Bir uyli hayot kechirish tsiklini tamomia bir tur o’simlikda o’tkazuvchi tur yoki formadaligi; 2.Ikki uyli (2 jinsli) bo’g’ini, qishlovchi tuxumi, asoschisi va uning avlodlari asosiy ho’jayinida (doimo daraxt o’simliklar), migratsiyadan keyingi bo’g’inlari esa ikkilamchi ho’jayinda (o’tlar, ba’zan daraxt) rivojlanuvchi tur yoki formadaligi; 3.To’liqsiz bo’g’ini va u bilan aloqador qishlovchi tuxumi va asoschilarini yo’qotgan va faqat partenogenez yo’li bilan ko’paygan tur yoki formadaligi. Shiralar o’simlik shirasini so’rib oladi, natijada to’qima jarohatlanadi. Ular ajratgan chiqindi o’simlik barg, mevalarini ifloslantradi. O’simliklarga virus, zamburug’ va boshqa kasalliklar tarqaladi. Shiralar son jihatdan juda ko’p bo’lib, ularning 20 000 turi bor. Tojikiston FA. Akademigi, professor M.N.Narziqulov va uning shogirdlari O’rta Osiyoda 100 ga yaqin shiralarning yangi turlarini aniqladilar. Shiralarning terimsidan ajraladigan modda ximoya funktsiyasini bajaradi. Shiralar o’zidan shirin modda ajratadi. Uni chumolilar iste’mol qiladi va u «medvyanaya rosa» deyiladi. Shiralar chumolining «sog’in sigiri» deb ham ataladi. Shuning uchun ham shira bor joyda chumoli ham bo’ladi. Tok fillokserasi-Pnylloxeravastatrix (Vietlusvitijolir) Shimoliy Amerikadan ko’chat bilan butun dunyoga tarqatilgan. Taraqqiyoti jins gallanishi bilan o’tadi va faqat tokda yashaydi. Bargda, ildizida uchraydi. suyuqlik so’rib o’simlikning qurib qolishiga sabab bo’ladi. Qon shirasi-Eriosomalanierumolmaning o’suvchi qismiga katta zarar yetkazadi. Agar ularni o’ldirilsa qizil dog’ qoladi, shuning uchun shunday nomlangan. Olma shirasi-Aphispoomi olmaning bargi va novdasini zararlaydi. Karam shirasi-Brevicorynebrallicaebegona o’tlarda yashab, karamga o’tadi. Karam boshini zararlaydi va undan foydalanib bo’lmaydi. 5-Kenja turkum: Koktsidlar yoki qalqondor bitlar-Coccinea O’rta Osiyoda 300 turi bo’lib, ulardan 30 turi mevali ixota daraxtlariga zarar yetkazadi. Ularning foydali turlari ham bor. Masalan, Shimoliy Amerika, Kavkaz va Meksikada uchraydigan daktiolapiuslardan tabiiy tuk pushti bo’yoq karmin yoki lak olinadi. Bular qurtchalar yoki qalqondor deb ataladi, ularda jinsiy demorfizm yaxshi taraqqiy etgan. Urg’ochilarida qalqoni bor, og’iz apparati yaxshi taraqqiy etgan hartumdan iborat. Erkaklarida og’iz taraqqiy etmagan va ularda oziqlanmaydi. Ola qurtchasi-Lepidosapneulmi olma va boshqa daraxtlarga zarar yetkazadi. Limon qurtchasi-Pseubcocccitri tsitrus o’simliklariga zarar yetkazadi. Polьsha koshenilidan-(Margarodespolonicu) bo’yoqlar qadimdan olinib kelingan. Ularning zararli turlariga qarshi rodoliya, xogqizi, xilokorus kabi yirtqich qo’ng’izlardan foydalanish mumkin. Download 90.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling