11-mavzu. Turkiyaning xalqaro o‘rni va nufuzi Reja
Turkiya – AQSh munosabatlari
Download 17.77 Kb.
|
1-мавзу
2. Turkiya – AQSh munosabatlari
Turkiya AQShning NATO bo'yicha uzoq muddatli strategik hamkori sanalgan. Deyarli har bir amaliy masalada Turkiya AQShni qo'llab-quvvatlagan. Hatto, ba'zan bu qo'llab-quvvatlash milliy manfaatlarga zid kelib qolgan bo'lsa ham. Chunki, AQSh NATO doirasida Turkiya qurolli kuchlarini qayta qurollantirgan, harbiy bazalar barpo etgan va bu bilan bu mamlakat qurolli kuchlarining mustahkamlanishiga yordamlashgan. 2001-yil 11-sentyabrь voqealaridan keyin Turkiya AQShni har taraflama qo'llagan, terrorizmga qarshi kurashishda yelkama-elka turgan. 2003-yilda AQShning Iroq bilan urushida bevosita yonida turmagan bo'lsa-da, Injirlikdagi harbiy bazasida Amerika samolyotlarini saqlash imkoniyatini yaratgan. Amerika siyosatchilari ikki davlat o'rtasidagi munosabatlar har doim mana shunday ketadi, deb o'ylagan. Biroq davr o'zgardi. Bugungi avlod turk siyosatchilari “amerikalik katta akalar”ning hamma aytganini ham qilavermayapti. Bu tabiiy ravishda AQSh tashqi siyosiy muassasasi uchun ko'ngilsiz “yangilik” edi. Ochiq aytish mumkinki, bugungi Turkiya siyosati amerikacha mazmunini o'zgartirgan va qo'rqmasdan aytish joiz – asl turklik mazmuniga ega bo'lmoqda. Buni ko'p yillar davomida Yevropa va AQSh bilan yaqinlashish siyosatini olib borgan Turkiyaning endi turkiyzabon davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash siyosati bilan izohlasa ham bo'ladi. Shuningdek, Turkiya bugun musulmon olamining yetakchi davlati sifatida tashqi siyosat yuritmoqda. Hatto, norasmiy bo'lsa-da, Turkiyaning bir qator musulmon davlatlari tashqi siyosatini belgilab beruvchi davlatga aylanayotgani ham e'tirof etilmoqda. Buning uchun Turkiyada iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyat yetarli. So'nggi yillarda Turkiyaning iqtisodiy jihatdan shiddat bilan rivojlanishi va mamlakatdagi siyosiy hayotning demokratlashishi, uning nafaqat musulmon olamida, balki butun rivojlanayotgan mamalakatlar uchun iqtisodiy-siyosiy modelga aylanishiga sabab bo'lgan. Bu imkoniyatdan foydalangan Turkiya, o'zining siyosiy ambitsiyalarini yaqin qo'shni mamlakatlarga yoya boshladi. Rivojlanishning asosiy sababchisi bo'lgan iqtisodiy va siyosiy tizimga zarar yetkazmaslik va uni ushlab turish maqsadida Turkiya o'zini o'rab turgan siyosiy jihatdan beqaror qo'shni mamlakatlar hamda o'zining Yevropa va Osiyo, Shimol va Janub o'rtasidagi siyosiy-geografik pozitsiyasi (bir vaqtning o'zida ham qulay, ham xavfli joylashish) tufayli to'qnashuvlardan saqlanish maqsadida zamonaviy tashqi siyosiy kontseptsiyasini ishlab chiqdi. Ma'lumki, tashqi siyosiy yo'nalish mamlakat ichki siyosatining uzviy davomi hisoblanadi. Shuningdek, davlatlarning mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar oldidagi majburiyatlaridan kelib chiqib ham tashqi siyosat yuritiladi. Bugungi kunda Turkiya BMT (1945), XVJ (1947), NATO (1952) kabi nufuzli tashkilotlar a'zosidir. Shuning uchun ham Turkiya tashqi siyosatining ko'p qirraliligi - u yoki bu masalalarda milliy manfaatning ustuvorligi bilan belgilanadi. Umuman, ko'p qirralilik Turkiya siyosatining o'ziga xos xususiyati hisoblanadi. Bu ustuvorlik ayniqsa, G'arbga yo'naltirilganlik bilan izohlanadi. Yevropa Ittifoqiga kirish uchun Turkiya 1987-yilda murojaat qilgan bo'lsa-da, G'arb yo'nalishi anchagina avval ma'lum edi. 1952-yilda Turkiya NATO ga, 1995-yilda Yevropa Iqtisodiy Ittifoqiga a'zo bo'lgan. YeI ga kirish masalasi bir necha bor orqaga surilgan bo'lishiga qaramay, 1999-yilda bu ittifoqqa kirishga nomzodlik maqomi berilgan. Biroq ma'lum sabablarga ko'ra 2006 yil dekabrda bu masala “muzlatilgan”. Buning asosiy sababi sifatida yig'ilish ishtirokchilari Anqara bilan olib borilgan muzokaralarda 35 banddan iborat shartlarning 8 tasi bo'yicha kelishmaganini ma'lum qilgan. Ayni paytda, yaqin uch yil ichida muzokaralar jarayoni har yili o'rganib borilishiga kelishilgan. Nima bo'lishidan qat'i nazar, Turkiya G'arb yo'nalishidan yaqin yillarga qadar voz kechmagan edi. Turkiya hukumati AQSh bilan yaqin hamkorlik siyosatini olib bormoqda. Ikkinchi jahon urushidan keyin bu yo'nalishdagi siyosat jadallashgan. Vashington Anqaraga o'zining Yaqin Sharqdagi siyosiy va harbiy ittifoqchisi maqomini berib, harbiy va iqtisodiy jihatdan qo'llab-quvvatlab turgan. Keyingi ellik yil davomida AQSh ora-orada o'tkinchi mazmundagi ba'zi muammolarning chiqib turganiga qaramasdan, Turkiya bilan asosiy strategik va tashqi siyosiy hamkor sifatida munosabat o'rnatib kelmoqda. Masalan, Liviyaga nisbatan qo'llanilgan sanktsiyalarning uzaytirilishiga nisbatan AQSh urinishlari, 2007 yilning oktyabr oyi oxirida AQShning Turkiyadagi Injirlik harbiy bazasining istiqbolini o'ylab Prezident Bush va Davlat kotibi Kandalize Ray tomonidan bildirilgan e'tirozlarga qaramasdan, AQSh Kongressi XX asr boshlarida armanlarga qarshi qo'llanilgan genotsidga nisbatan ijobiy qaror qabul qilingani buning ifodasidir. Yoki, Turkiya o'z hududida mavjud harbiy bazalar masalasida ba'zan-ba'zan bo'lib turadigan AQSh tazyiqiga nisbatan, kurdlar masalasida ham kelishmovchiliklar bo'lib turgan. Shuningdek, Iroqning shimolida o'tkaziladigan harbiy operatsiyalar masalasida “Oq uy” qanchalik qarshilik ko'rsatmasin, Turkiya o'z fikrida sobit turganligi bu fikrlarni yana bir karra isbotlaydi. Shunday bo'lishiga qaramay, Turkiya ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarda uchinchi davlatlarga nisbatan har doim AQSh manfaatini himoya qilishda davom etgan. Bundan tashqari, AQSh Yevropada Turkiyadek ishonchli sherikning bo'lishidan manfaatdor. Birinchidan, Turkiya NATOning a'zosi sifatida AQShning strategik hamkori. Ikkinchidan, Turkiyaning YeIga a'zo bo'lishi “Oq Uy” uchun foydali tomonlari bor. Avvalo, Turkiyaning Yevropa bozoriga erkin kirish imkoniyati Rossiya bilan savdo aylanmasining cheklanishiga olib keladi. Qolaversa, Turkiya davlati suvlari YeI nazoratiga o'tadi va Rossiya tankerlarnining turk bo'g'ozlaridan o'tishini murakkablashtiradi. Bularning barchasi Rossiyaning qandaydir miqdorda izolyatsiyalanishiga olib keladi. Bu o'z navbatida, AQSh va Rossiya munosabatlari yomonlashib turgan bugungi kunda ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Download 17.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling